Qobiliyat 2 - rasmi

Material tavsifi

Qobiliyat . Reja: Qobiliyat haqida tushuncha Qobiliyatning turlari Qobiliyat haqida tushuncha Qobiliyat - shaxsning individual-psixologik xususiyati bo'ladi, muayyan faoliyat yuzasidan layoqati va ishni muvaffaqiyatli amalga oshirish subyektiv shart-sharoitini ifodalovchi individual psixik sifatlar yig'indisidir. Zarur bo'lgan bilim, malaka va ko'nikmalarni egallash dinamikasidagi farqlami aniqlaydi. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyat bo'lgani sababli, shaxsning boshqa sifatlari va xususiyatlariga, ya'ni aql sifatlariga, xotira va xarakter xususiyatlariga, his-tuyg'ulariga qarama-qarshi qo'yilmaydi, balki ular bilan bir qatorga qo'yilishi kerak. Qobiliyat -insonning individual salohiyati, imkoniyatlari. Q. bilimdan keskin farqlanadi, bilim mutolaa natijasi hisoblanadi, qobiliyat shaxsning psixologik va fiziologik tuzilishining xususiyati sanaladi. Qobiliyat ko'nikma, malakadan farq qiladi. Qobiliyat insonga berilgan inom sifatida qaraladi. Aksariyat ilmiy manbalarda mohirlik bilan qobiliyat aynanlashtiriladi. Qobiliyat inson tomonidan ko'nikma va malakalarning egallanishi jarayonida takomillashib boradi. Har qanday qobiliyat turi shaxsga tegishli murakkab psixologik tushunchadan tashkil topgan bo'lib, u faoliyatning talablariga mutanosib xususiyatlar tizimini o'z ichiga oladi. Shuning uchun qobiliyat deganda birorta xususiyatning o'zini emas, balki shaxs faoliyatining talablariga javob bera oladigan va shu faoliyatda yuqori ko'rsatkichlarga erishishni ta'minlashga imkoniyat beradigan xususiyatlar sintezini tushunmoq lozim. Barcha qobiliyat uchun tayanch xususiyat - kuzatuvchanlikda, ya'ni insonni fahmlash, obyektdan u yoki bu alomatlarni ko'ra bilish, ajrata olish ko'nikmasidir. Qobiliyatning yetakchi xususiyatlaridan biri - narsa va hodisalar mohiyatini ijodiy tasavvur qilishdir. U shaxsning shakllanishi va rivojlanishi natijasi bo'lishi bilan birga, tabiiy manbaga ham ega. Bu tabiiy manba ko'pincha zehn tushunchasi bilan yuritiladi. Zehn muayyan bir faoliyatga yoki ko'pgina narsalarga nisbatan ortiqcha qiziquvchanlikda, moyillikda, intilishda namoyon bo'ladi. Zehn nisxonalari deganda qobiliyat ichki imkoniyatlarining tabiiy asosini tushunish lozim. U ishtiyoq, moyillik, mehnatsevarlik, ishchanlik, talabchanlik kabilarning mahsulidir. Qobiliyat umumiy va maxsus turkumlarga ajratiladi. Umumiy qobiliyat deganda yuksak aqliy imkoniyat va taraqqiyot tushuniladi. Qobiliyat tabiiy ravishda shakllanishi va muayyan reja asosida rivojlantirilishi mumkin. Qobiliyatni ma'lum faoliyatga moyillik yoki intilish orqali, tabiiy zehn nisxonalarini aniqlash, mutaxassis rahbarligida uzluksiz faoliyatga jalb etish, Qobiliyatni takomillashtirishning maxsus vositalarini qo'llash, shaxsning faollik alomatlarini maksimal darajada rivojlantirish, inson shaxsiga alohida yondashuvni umumiy talablar bilan uyg'unlikda olib borish va boshqa orqali rivojlantirish yo'llari mavjud. Qobiliyatning yuqori darajasi iste'dod va daholik (qarang Daho) namoyon bo'ladi. QOBILIYATLARNING SIFAT VA MIQDOR XARAKTERISTIKASI. Qobiliyatlar individual-psixologik xususiyatlar sifatida xarakterlanadi, yani bir odamning boshqa odamdan farq qiladigan sifatlarini ochib beradi. Oz-ozida malumki kishilar teng emas. Mana shuning uchun qobiliyatlar haqida gapirganda, bu farqlarni xarakterlab otish zarur. Ular sifat va miqdor jihatdan xarakterlanishi, farq qilishi mumkin. Qobiliyat xususiyatlarining sifat tomonidan qaralishi maqsadga turli yollar bilan borishga imkon beruvchi ozgaruvchan miqdor toplami sifatida, faoliyat muvaffaqiyatini taminlovchi psixologik xususiyatlarning murakkab kompleksi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 143.5 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:00 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 143.5 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga