Qo'rquvni yengishning samarali usullari Ayting: farzandingiz nimadan qo'rqadi? Sizning farzandlaringizdan olingan so'rovnomalar quyidagicha tahlil qilindi Aksariyat o'smirlar vahimaga tushadigan holatlarni inkor etgancha, qo'rquv hissini begonaday tutishga harakat qilishadi. Aslida esa bu o'z-o'zini aldashdir. Agar farzandingiz ruhiy osoyishtalikka erishishni istasangiz uni nimalar vahimaga solishi va buning sababi nima ekanligini so'rang va ovoz chiqargan holda so'zlab berishga o'rgating Biror narsadan vahimaga tushmagan odam bo'lmasa kerak dunyoda. Kimdir buni his-hayajon bilan ifodalasa, kimlardir buning sababini ruhiy holatdagi o'zgarishlarda deb biladi. Vaholanki, irodani chiniqtirish haqida ko'p gapiriladi. Shunday bo'lsa-da, hayotiy muammolarga sabab bo'layotgan va o'zligimizni anglashga to'sqinlik qilayotgan qo'rquv hissi ta'qib etishini inkor qilolmaymiz. Agar bu his osoyishta hayot kechirishimizga mon'elik qilayotgan bo'lsa, uni engish mumkinmi? Deylik, farzandingiz chaqmoq chaqishidan qo'rqadi. Farzandingiz tasavvuridan kelib chiqib, mana shu manzarani qog'ozda aks ettirsin! Suratning har bir tarkibiy qismni chizar ekan qo'rquvni nazorat qilayotganday bo'lsin! Ishni yakunlagach suratdagi dushmaniga yaxshilab qarasin.Mana farzandingizni dahshatga soladigan hodisa. Istasa uni g'ijimlab, yoqib yuborsin, yoki muzlatgich eshigiga yopishtirib qo'yib, har kuni u bilan yuzma-yuz kelsinda, uni xayolan mahv etsin! Albatta bu tavsiyalarni farzandingizga o'rgating! . Farzandingiz qo'rquvni tan oldi deylik. Hatto u bilan yuzlashdi ham. Demak, uni qo'rqitayotgan holatni his etishi qoldi. Avvallari qo'rquvdan qo'llari titrab, ko'zlari pirpirayotganini sezgansiz. Biroq bu qo'rquvga qarshi kurashayotgani, ya'ni noto'g'ri yondashayotganini belgisidir. Yuqorida biz bo'ron va chaqmoq chaqishini misol qildik. Keling, ana shu manzarani tasavvur etib, shu vaqtdagi qo'rquvni his etib ko'ramiz. Bu hisni qanday boshqarilishini tushungani sari, bu faqat farzandingiz muammosi emasligini ham faxmlaysiz. Avvaliga chaqmoqning gumburlagan ovozi, so'ng shamol g'uvillashi va daraxt barglarini derazaga qattiq urilishini tasavvur qilishi kerak. Bu tovushlarni xayolan eshitib ham eti junjikadi. Shunda chuqur nafas olib, tanasini bo'shashtirsin! har safar mana shu qo'rquv bilan yuzlashsa , u bilan xayolan suhbatlashib, nafas mashqi yordamida tinchlanishga harakat qilsin! Har ishning hikmati bor! Bizning qo'rquvlarimiz noaniq kelajakdagi voqea-hodisalarga qaratilgani bilan ham vahimaliroq ko'rinadi. Misol uchun, ishdan bo'shatib yuborishsa nima qilaman, turmush o'rtog'im boshqasini topib olgan bo'lsa holim nima kechadi kabi savollarning noaniqligi ham qo'rquvga sabab bo'lishi mumkin. O'ylab ko'rilsa aslida har qanday ishning bir hikmati bor. Ishdan bo'shatishsa, demak, qaerdadir siz uchun bo'sh ish o'rni bor Olishuvga tayyormisiz? Siz musiqachi yoki notiqsiz. Biroq jamoatchilik oldida iqtidoringizni namoyish etishdan qo'rqasiz. Sizdagi qo'rquv hissi omadsizlikka uchrash bilan ifodalanadi. Xo'sh, uni engish uchun nima qilish kerak? Ketma-ket, tinim bilmay o'z ustingizda ishlash va mashq qilish! Shunda kunma-kun dadilligingiz ortib, o'z iste'dodingizni zavq bilan namoyish etasiz. Olg'a boring! Balandlikdan qo'rqadigan insonlar odatda ko'zlarini yumib olib, qo'rquvlarini ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:32:31
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.26 MB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:32 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.26 MB
Ko'rishlar soni
69 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: pptx