Ranglar psixologiyasi Oq rang Barcha ranglarning sintezi bo'lganligi uchun ideal rang hisoblanadi. Bu rang hech kimni o'zidan bezdirmaydi, u bir vaqtning o'zida ham yorug'lik, ham sovuqlik hissini ifodalashi mumkin. Shuning uchun oq rangni turli fel-atvor egalari yoqtirishadi. Qora rang Bu rangni sevuvchilari har doim nimadandir havotirlanib yuradigan, uncha-buncha narsaga qoniqavermaydigan fel-atvor egalaridir. Ular hayotda faqat ko'ngilsizlik bo'ladi deb o'ylaydilar. Qora kiyimda yurishni yaxshi Kul rang Yaxshi fikrlaydigan, mulohazali va shu bilan birga bir ishni boshlashdan oldin ko'p o'ylaydigan xosdir. Bu rangni yaxshi ko'radiganlarning ko'pchiligida ishonchsizlik hissi ham mavjud. Olov rang Bu rangni xushlaydigan odamlarda oldindan ko'ra bilish xislati bor. Ularda sezish qobiliyati ham yaxshi rivojlangan, shu bilish bilan birga ko'p xayol suradilar. Bundan tashqari ular ko'zbuyamachilik ham qilib turishlari mumkin. Yashil rang Tabiat,tiriklik, hayot va bahor ramzidir. Bu rangni yaxshi ko'radiganlar. Yer yuzidagi barcha tirik mavjudotlarni yaxshi ko'rishadi. Ular bilan bo'yruq ohangida gaplashishlarini, shu bilan birga - ularning ishlariga aralashganlarni yomon ko'radilar. Yashil rangni xush ko'radigan odamlar hayotda o'z o'rnini topishga intiluvchan bo'ladilar. Yashil va unga yaqin ranglarni yoqtirmaydiganlar hayotdagi barcha qiyinchiliklardan qo'rqib yashaydilar. Siyoh rang His-hayajonlarini yashira olmaydigan, ta'sirchan, shu bilan birga ma'naviy darajasi yuqori bo'lgan insonlarga xosdir. Bu rangni yoqtirmaydiganlar esa iltimos qilishni xushlamaydilar. Ular hamma ishni o'zlari bajarishga harakat qiladilar. Qizil rang O'zining kuchiga ishonuvchan, irodali, hech narsadan qo'rqmaydigan, egalik qilishga intiladigan va shu bilan birga jizakki, tez jahli chiqadigan fel-atvorli insonlarga xosdir. Bu rangni yoqtirmaydiganlar esa ko'pincha o'ziga ishonmaydigan, har doim ham yazshi munosabatlar o'rnata olmaydigan, faqat yakkalikni yazshi ko'radigan bo'ladilar. Sariq rang Bu rang orastalik, madaniyatlilik, insonlar bilan muomalada o'zini erkin his qiladigan insonlarning fel-atvoridan darak beradi. Bu rangni yoqtiradiganlar har narsaga qiziqadilar, odamlar bilan tez til topisha oladilar. Ular sharoitga tez ko'nikuchan bo'lib, birovlarga yoqishni ham, boshqalarni o'zlariga jalb qilishni ham xohlaydilar. Bu rangni yoqtirmaydiganlar kelajakka ishonmaydigan, yangi tanishlar orttirishni xush ko'rmaydigan insonlardir. Jigar rang Bu va shunga yaqin ranglarni sevuvchilar xayol surib osmonda uchib yurmasdan yerda mustahkam turadilar. Ular barcha narsaga o'z kuchlari va mehnatlari bilan erishadilar. Bu rangni yaxshi ko'radigan insonlar oila va urf-odatlarni barcha narsadan ustun qo'yadilar. Aksincha bu rangi yoqtirmaydiganlar esa faqat o'zini o'ylaydigan, odamlar bilan chiqisha olmaydigan insonlardir. Pushti rang Bu rangni yoqtiradiganlar hayotda, kelajakka, barchaga g'amxo'rlik qilishga intiladilar. Ularning ko'ngillari nozik bo'lib, arzimagan narsalarga ham siqilishlari mumkin. ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:32:31
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
237.16 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:00
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:32 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
237.16 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:00 ]
Arxiv ichida: ppt