Sezgi va idrokning umumiy tushunchalari. Sezgi va idrokni o'rganishga qaratilgan yondashuvlar

Sezgi va idrokning umumiy tushunchalari. Sezgi va idrokni o'rganishga qaratilgan yondashuvlar

O'quvchilarga / Psixologiya
Sezgi va idrokning umumiy tushunchalari. Sezgi va idrokni o'rganishga qaratilgan yondashuvlar - rasmi

Material tavsifi

Sezgi va idrokning umumiy tushunchalari. Sezgi va idrokni o'rganishga qaratilgan yondashuvlar SEZGI deb-Atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz. Sezish -Oddiy psixik jarayon bo'lib, moddiy qo'zg'atuvchilarning tegishli repseptorlarga bevosita ta'sir etishi yuli bilan moddiy dunyodagi narsa va xodisalarning aloxida xususiyatlarini va shuning bilan birga organizm ichki xolatining aks ettirilishidan iboratdir. Sezgilarni qayerda joylashganligiga qarab 3 ga ajratish mumkin: 1) EKSTRORETSEPTORLAR - bular organizm sirtida bo'ladi, ularga ko'rish, eshitish, hid bilish, ta'm bilish, tuyish sezgilari kiradi; 2) INTERORETSEPTORLAR - tanamiz ichidagi Sezgilar, bularga oshqozon- ichak, jigar, o'pkadagi sezgilar kiradi; 3) PROPRIORETSEPTORLAR - muskul, pay, boylamlarda bo'ladi. Sezgilarning hammasi o'ziga xos xususiyat va qonuniyatlarga ega. Tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalarning turli xil belgi hamda xususiyatlari har doim ham bizning sezgi a'zolarimizga ta'sir etib turadi. Natijada bizda turli sezgilar hosil bo'ladi. Chunonchi, nurlarning ko'zimizga ta'sir qilishi natijasida ko'rish sezgisi, har xil tezlik va kuchlanishdagi havo to'lqinlarining qulog'imizga ta'sir etishi natijasida eshitish sezgisi, nafas olish paytida havo bilan birga burun bo'shlig'iga kirgan har turli modda zarrachalarning ta'siri natijasida hid sezgisi, biror narsani qo'limiz yoki badanimizga tegib ta'sir etish natijasida teri yoki bosim sezgisi va shu kabi sezgilar har doim hosil bo'ladi. Sezgi bilish jarayonlari ichida oddiy psixik jarayon bo'lib, tashqi olamdagi narsa va hodisalarni miyamizda aks ettiradi. Tashqi olamdan kelayotgan qo'zg'atuvchilarning muayyan retseptorlarga bevosita ta'sir etish orqali ayrim belgi va xususiyatlarni va organizm ichki holatini aks ettiradi. sеzgi A'zolariga Bеvosita Ta'sir Etib Turgan Narsa Va Xodisalarning Kishi Ongida Butunligicha Aks Etishi Idrok Dеyiladi. Idrokning sеzgidan farqi, narsalarni umumlashgan xolda, uning hamma xususiyatlari bilan birgalikda aks ettirilishidir. Idrokning muhim xususiyatlari uning prеdmеtliligi, yaxlitligi, strukturaliligi, doimiyligi (konstantligi) va anglashilganligidir. . Biz bir narsani idrok qilayotganimizda uning ayrim xossalarini ham sezamiz.Biror narsaning o'zini idrok qilmasdan hosil bo'ladigan sezgilar yangi tug'ilgan chaqaloq hayotining dastlabki kunlaridagina mavjud bo'lsa kerak; chaqaloq narsaning o'zini idrok qila bilmasa ham undan hosil bo'ladigan sezgilarni ajratadi, masalan, yorug' va qorong'ini, shirin va nordonni sezadi. Odamning murakkab psixik hayotida ayrim sezgilar faqat idrok jarayonida fikrni analiz va abstraktlashtirish yo'li bilan ajratiladi. Sezgilar, odatda sodda, elementar psixik jarayonlar deb hisoblanadi, idrok esa murakkab psixik jarayondir. Biz idrok qilayotgan narsalar g'oyatda xilma-xildir. Bular jumlasiga, avvalo turli buyumlar, chunonchi, binolar, daraxtlar, jihozlar, texnika buyumlari va hokazolar kiradi. Biz musiqa, surat, rasm va boshqa san'at asarlarini idrok qilamiz. Odamning hayotida nutqni - og'zaki va yozma nutqni idrok qilish eng katta va muhim o'rin tutadi. Atrofimizdagi narsa va hodisalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1002.8 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1002.8 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga