MAVZU: Sezgi RYeJA: Sezgi haqida tushuncha Sezgilarning nerv - fiziologik asoslari Sezgilar tasnifi va turlari. Sezgi turlari Sezgilarning umumiy qonuniyatlari Sezgi borasidagi nazariyalar Sezgi deb, atrofimizdagi narsa va hodisalarning sezgi a'zolarimizga bevosita ta'sir etishi natijasida ularning ayrim belgi va xususiyatlarini miyamizda aks ettirilishini aytamiz. Sezgining hosil bo'lishi uchun quyidagilar zarur: Sezgi a'zolariga ta'sir etadigan narsa va hodisaning bo'lishi. Sezuvchi apparat, yani analizatorning mavjud bo'lishi. Sezgilarning nerv fiziologik asosini I.P.Pavlov tabiri bilan aytganda analizator apparati tashkil etadi. Analizator - tashqi va ichki muhitdan keladigan ta'sirotlarni qabul qilib olib, fiziologik jarayon bo'lgan qo'zg'alishni psixik jarayonga, yani sezgilarga aylantiruvchi nerv mexanizmlari tizimi. Analizator apparati 3 qismdan tashkil topgan bo'lib, ular quyidagilardan iborat: analizatorning periferik bo'limining markaziy analizator bilan bog'laydigan yo'llarni ochadigan afferent (markazga intiluvchi) va efferent (markazdan qochuvchi) nervlar; periferik (retseptor) - tashqi quvvatni nerv jarayoniga o'tkazadigan maxsus transformator qismi; analizatorning periferik bo'limlaridan keladigan nerv signallarining qayta ishlanishi sodir bo'ladigan qobiq osti va qobiq bo'limlari. Ingliz olimi Ch.Sherrington tomonidan retseptorning qaerda joylashganligiga qarab, sezgilarni uch turga bo'ladi: Ekstroretseptiv sezgilar tashqi muhitdagi narsa va hodisalarning xususiyatlarini aks ettirishga moslashgan hamda retseptorlari tananing sirtqi qismida joylashgan sezgilar; Interoretseptiv sezgilar ichki tana a'zolari holatlarini aks ettiruvchi hamda retseptorlari ichki tana a'zolarida, to'qimalarda joylashgan sezgilar; Proprioretseptiv sezgilar tanamiz va gavdamizning holati hamda harakatlari haqida ma'lumot (axborot, xabar) beruvchi muskullarda, bog'lovchi paylarda, mushaklarda joylashgan sezgilar; Interoretseptiv sezgilar u borasida rus psixologi A.R.Luriya tadqiqot ishini olib borgan. Uning fikricha, interoretseptiv sezgilar asl, tub, manodagi sezgilar emas, balki emotsiyalar bilan sezgilar o'rtasidagi oraliq sezgilar sifatida namoyon bo'ladi. Psixologiya fanida mazkur sezgilar to'la o'rganilmaganligi sababli uni nomalum hislar deb atalgan. Interoretseptiv sezgilarning fiziologik mexanizmlari intero-tseptsiya bilan birgalikda K.M.Bikov, V.N. Chernigovkiylar tomonidan atroflicha o'rganilgan. Ularning fikriga ko'ra, bu narsalarning barchasi shartli reflektor faoliyati mexanizmlaridan kelib chiqadi Propriotseptiv sezgilar gavdaning fazodagi holati to'g'risida signallar bilan ta'minlab turadi. Ular inson harakatining boshqaruvchisi hisoblanib va afferent asosini tashkil qiladi. Proprioretseptorlar harakatning afferent asosi ekanligini A.Orbeli tomonidan asoslab berilgan, hayvonlarda P.K.Anoxin, odamlarda esa N.A.Bernshteynlar tomonidan o'rganilgan. Psixologik ma'lumotlarga ko'ra, gavdaning fazodagi holati, sezgirligi statik sezgilarda o'z ifodasini topadi. Uning markazi ichki quloq kanallarida joylashgan bo'lib, ular o'zaro bir-biriga perpendikulyar bo'shliqda tutash holatda yotadi. Sezgining quyidagi turlari mavjud: ko'rish sezgilari; eshitish sezgilari; hid bilish sezgilari; tam bilish sezgilari; teri sezgilari; muskul -harakat (kinestetik); statistik sezgilari; organik sezgilari; Ranglar quyidagi turlarga ajratiladi: Xromatik ranglar psixofiziologik qonunga ko'ra yorug'lik nurlari uchburchak shisha prizma orqali o'tib singanda hosil bo'ladigan rangga aytiladi va ularga kamalak ranglar, yani qizil, zarg'aldoq, sariq, yashil, ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:33:23
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
313.59 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:01
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:33 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
313.59 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:01 ]
Arxiv ichida: pptx