Shasxlararo munosabatlar psixodiagnostikasi

Shasxlararo munosabatlar psixodiagnostikasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Shasxlararo munosabatlar psixodiagnostikasi - rasmi

Material tavsifi

Shasxlararo munosabatlar psixodiagnostikasi Reja: Oila rasmi metodikasi Jil film testi proyektiv metodikasi Oila rasmi strukturasini tahlil qilish va chizilgan hamda real oila tarkibini taqqoslash Odatda, oilada ijobiy emotsiyalarni his qiluvchi bola oilani to'laligicha aks ettiradi. Tadqiqotlarda ko'rsatilishicha, 6-8 yoshli, normal intellektga ega bo'lgan bolalarning 85 %(oilasi bilan yashovchi) rasmda oila a'zolarining to'liq rasmini chizadi. Agar oila a'zolaridan birortasi tushib qolgan bo'lsa, bunga alohida e'tibor berilishi talab qilinadi. Chunki u emotsional ziddiyat, oiladagi mavjud vaziyatdan qoniqmaslikdan dalolat beradi. Ba'zi hollarda rasmda umuman odamlar aks ettirilmasligi yoki oilaga umuman aloqasi bo'lmagan odamlar aks ettirilganligini ko'rish mumkin.Bunday holatlar juda kam uchraydi. Buning sababi - oila bilan bog'liq bo'gan salbiy kechinmalar, rad etilganlik hissi, himoyasizlik hissi, Yuqori darajadagi havotirlanish hamda psixologning o'rganilayotgan bola bilan yahshi aloqa o'rnata olmaganligi bo'lishi mumkin. Ba'zan bolalar oila a'zolaridan birini tushirib qoldirishlari ham uchrab turadi. Buning sababi - o'sha oila a'zosining emotsional yoqimsizligi, u bilan nizoli munosabatning mavjudligidir. Ko'proq aka yoki singillar rasmi chizilmay qoladi. U yoki bu oila a'zosi rasmi nima uchun chizilmagan degan savolga himoya javobi beriladi - masalan, joy qolmagani uchun chizmadim. Ba'zida esa ochiqdan- ochiq Chizgim kelmadi, chunki u men bilan urishadi. Ba'zan real o'ila a'zolari o'rniga bola biror hayvoncha, qushcha rasmini chizishi mumkin. Bunda psixolog uchun bola ular bilan kimni identifikatsiya qilayotganligi muhim. Ba'zi rasmlarda bola o'z rasmini chizmaydi yoki oilasi o'rniga faqat o'zini aks ettiradi. Bu bolaning o'zini oila tarkibiga qo'shmasligidan, oilada hamjihatlik mavjud emasligidan dalolat beradi. Rasmda Men ning mavjud bo'lmasligi qabul qilinmaslik, rad etilish hissini boshidan kechirayotgan bolalar uchun xarakterli. Oila tarkibining kattalashtirilishi ham bizga ba'zi ma'lumotlar berishi mumkin. Odatda bu psixologik ehtiyojlarning qondirilmaganligi bilan bog'liq. Oilada yolg'iz farzand bo'lsa, affiliyatsiya ehtiyojlari qondirilmasa, qarindosh yoki qo'shni bolalar yoki ba'zida kuchukcha, mushukcha rasmini aks ettirishi mumkin. Oila a'zolarining joylashishi Rasmda oila a'zolarining joylashishi oiladagi o'zaro munosabatlarning psixologik xususiyatlaridan darak berishi mumkin. Oilaning jipsligi, oila a'zolari bir-birlari bilan qo'l ushlashib turishi, umumfaoliyat bilan birlashuvi oilaning normal psixologik muhiti ko'rsatkichi hisoblanadi. Bunga qarama-qarshi xarakteristikali rasmlar emotsional aloqaning past darajaligidan dalolat beradi. Oilaning bir qismi bir guruhda chizilgan, bitta yoki bir necha shaxs alohida tasvirlangan rasmlar psixologik jihatdan qiziqarlidir. Agar bola o'zini alohida ajratib qo'ysa, bu unda ajralib qolganlik hissi mavjudligini bildiradi. Agar oila a'zolaridan birortasi alohida qilib chizilsa, bolaning unga nisbatan salbiy munosabati, undan bolaga kelayotgan xavf haqida taxmin qilish mumkin. Rasmda oila a'zolarini guruhlarga birlashtirish oilaning psixologik mikrostrukturasini aniqlash imkonini beradi. Chizilgan figuralar xususiyatlari tahlili Oila a'zolarining grafik tasvir xususiyatlari bolaning ayrim oila ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.22 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:01 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 57.22 KB
Ko'rishlar soni 48 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga