KIRISh Bitiruv loyiha ishining dolzarbligi. Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad, yurtimizda sog'lom va barkamol, bilimli, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan avlodni shakllantirishdan iborat. Har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash masalasi hozirda hayotimizda mavjud bo'lgan barcha fan yo'nalishlarining muhim o'rganish obyektiga aylanib bormoqda. O'zbekistonda ham fundamental, ham ijtimoiy fanlarning rivojlanishiga etibor beradigan bo'lsak, ularning hayotiyligi va umrboqiyligi xalq turmush farovonligini oshirishga nechog'li ulush qo'sha olish orqali baholanishini bilish qiyin emas. Bu esa o'z-o'zidan har bir fan va uning mutaxassislari oldiga bir qator dolzarb nazariy va amaliy masalalarni qo'yadi. Shunday ekan, bu jarayon psixologiya fanini ham chetlab o'tmaydi aksincha bu holat hozirgi zamon psixologiya fanlariga ham taalluqli bo'lib, u jamiyatning kundalik talablari va buyurtmasiga qarab o'z tadqiqot yo'nalishlarini belgilamoqda. Shaxsni tadqiq etish psixologiya fanidagi asosiy muammo sanaladi. Shaxs keng ko'lamli tadqiqot predmeti sifatida psixolog-tadqiqotchilarning diqqat markazidadir. Ammo mamlakatimizda psixologiyaning jamiyat talabidan kelib chiqib yangi bosqichga qadam qo'yganligi shaxs muammosiga atroflicha etibor qaratishni talab etadi. Buning uchun shaxsni tadqiq etishda jahon psixologiyasi tajribalarini inobatga olgan holda muammoni tahlil etish ko'zlangan maqsadni to'laqonli baholash imkoniyatini beradi. Inson shaxsini tadqiq etish Psixodiagnostika fanidagi asosiy muammo sanaladi. Psixodiagnostika - psixologiya fanining zarur sohalaridan biri bo'lib, shaxsning individual psixologik xususiyatlarini o'lchash va aniqlashga doir metodlarni ishlab chiqadi va tayyorlaydi. Psixodiagnostika - shaxs individual psixologik xususiyatlarining hozirgi holatiga baho berish, rivojlanishini oldindan aytib berish va psixodiagnostik tekshiruv vazifalaridan kelib chiqib, tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyatining so'nggi natijasidir. Malumki, har bir davlat va jamiyatning taraqqiyoti, kelajak istiqboli, uning dunyo hamjamiyatidagi o'rni, fan-texnika yoki ixtirolar muvaffaqqiyati bilan amalga oshayotganligi ehtimoldan holi emas. Zero, muhtaram prezidentimiz I. A. Karimov aytganlaridek, Bugungi kun mustaqil davlatimiz taqdiri, uning ravnaqi, hozirgi davri va kelajagi, jamiyatimiz fanlarida erishilayotgan yutuqlar orqali amalga oshayotganligi shubhasizdir. Bugungi globallashuv jaryonida zamonaviy texnologiyalarning rivojlanish holati birinchi navbatda jamiyatning intellektual salohiyatiga, jumladan, ta'lim sohasining rivojlanishiga bog'liq. ta'lim mazmuni va sifati masalalari jamiyatda ustuvor yo'nalish sifatida qaralmoqda. Dunyoning rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarida ta'limni texnologiyalashtirishga alohida etibor qaratilmoqda. ta'limni rivojlantirish, uning samaradorligini oshirish yo'llari izlanmoqda, ta'limda pedagogik texnologiyalarini joriy etish ta'lim sohasidagi islohotlarning diqqat markazidan o'rin olgan. ta'lim texnologiyasi insoniylik tamoyillariga tayanadi. Falsafa, pedagogika va psixologiyada bu yo'nalishning o'ziga xosligi talabaning individualligiga alohida etibor berish orqali namoyon bo'ladi. Shunday ekan bo'lajak psixolog mutaxassislarni tarbiyalashda psixodiagnostika fanining mazmun-mohiyatni tushuntirishda pedagogika fanining so'ngi yutug'laridan foydalanib fan mavzularining bayonida interfaol texnologiyalarini loyihalashtirish asosida darsni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Bitiruv loyiha ishining maqsadi. Shaxs psixodiagnostikasi mavzusini o'qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlarini yoritib berish. ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.71 MB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
2.71 MB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc