Shaxs psixodiagnostikasi Reja: Shaxs psixodiagnostikasida obyektiv va situatsion testlardan foydalanish muammolari Shaxsni qadriyatlar yo'nalganligini diagnostika qilish. Shaxs psixodiagnostikasida obyektiv va situatsion testlardan foydalanish muammolari Shaxs psixodiagnostikasida foydalaniladigan metodlarni uch nuqtai nazardan qarab chiqish mumkin. 1.obyektiv nuqtai nazar - diagnostika faoliyatni bajarishning usullari(xususiyatlari) va muvaffaqiyati (natijaliligi) asosida amalga oshiriladi. 2.subyektiv nuqtai nazar - diagnostika o'zi haqida beriladigan ma'lumotlar, shaxs o'zining xususiyatlari, u yoki bu vaziyatdagi xulq-atvorini tavsiflash asosida amalga oshiriladi. 3.proyektiv nuqtai nazar - diagnostika tashqi neytral, shaxsga taalluqli bo'lmagan ma'lum ma'noda noma'lumligi tufayli proyeksiya obyekti bo'lgan material bilan o'zaro ta'sir xususiyatlarini tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Inson individualligi ko'rinishlarini diagnostika qilishdagi obyektiv nuqtai nazar ikki xil metodikalarning hosil bo'lishiga olib keldi. Bular shaxs testlari va intellekt testlaridir. Ulardan birinchisi insonning intellektual bo'lmagan xususiyatlarini aniqlashga mo'ljallangan. Ikkinchisi esa uning intellektual darajasini aniqlashga qaratilgan. SHaxs testlarini harakat testlari (maqsadga yo'nalgan shaxs testlari) va vaziyatli testlarga ajratish mumkin. Intellektual rivojlanish darajasini diagnostika qilish ko'pgina intellekt testlari yordamida amalga oshiriladi. obyektiv nuqtai nazar doirasida yana ikki gruruh testlarni ajratish mumkin: Bular maxsus qobiliyatlar testlari va yutuqqa erishish testlari. subyektiv nuqtai nazarda ko'proq so'rovnomalar o'tkaziladi, proyektiv nuqtai nazar shaxsni o'rganishning proyektiv metodikalari yordamida amalga oshiriladi. Shaxsning qadriyatlar yo'nalishini diagnostika qilish ROKICH METODIKASI 1-javob varaqasi (terminal qadriyatlar) Yo'riqnoma: Quyida odamlar o'z hayotida ko'zlaydigan asosiy maqsadlar ro'yxati berilgan. Ularning har biri shaxsan siz uchun qanchalik muhim? Muhimlik darajasini 5 balli tizimda baholang. Bunda «1» - eng past ball, «5» - eng Yuqori ball bo'ladi. 2-javob varaqasi (terminal qadriyatlar) Yo'riqnoma: Quyida shaxsga xos asosiy xususiyatlar ro'yxati berilgan. Ularning har biri siz uchun qanchalik muhim? Muhimlik darajasini 5 balli tizimda baholang. Bunda «1» - eng past ball, «5» eng Yuqori ball bo'ladi. Natijalarni qayta ishlash va ularni talqin etish. Eng avvalo qadriyatlar orientatsiyasi (QO ) psixologik mexanizmining shakllanganlik darajasi, ya'ni o'quvchilarning qadriyatlarni tanlay olishga qodirligini aniqlash kerak. O'quvchilarning bunday qobiliyati ularning qadriyatlarga qo'ygan baholari xilma-xilligida namoyon bo'ladi. Agar sinaluvchilar qadriyatlarni baholashda 5 balli tizimdagi barcha ballardan foydalansalar, demak ularda differentsiatsiyalashning psixologik mexanizmi shakllangan bo'ladi. Bordi-yu, ular qadriyatlarni baholashda asosan 2 ta ballni (masalan 4 va 5ni) qo'llasalar, bu differentsiatsiyalash mexanizmi xali shakllanishning ilk bosqichida ekanligini anglatadi. Agar sinaluvchilar baholashda umuman faqat bitta balldan foydalansalar, ularda QO ning psixologik mexanizm sifatida differentsiatsiya qobiliyati shakllanmagan bo'ladi. Shu tariqa psixologik mexanizmning shakllanganligiga ko'ra sinaluvchilar uch guruhga ajratilishi mumkin: 1) QOning differentsiatsiyalashgan tarkibi shakllangan o'quvchilar; 2) QO ning differentsiatsiyalashgan tarkibi endi shakllana boshlagan o'quvchilar; 3) QO ning differentsiatsiyalashgan tarki shakllanmagan o'quvchilar. I.G. SENINNING ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
134.39 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
134.39 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: doc