Shaxs psixodiagnostikasida proyektiv metodikalardan foydalanish

Shaxs psixodiagnostikasida proyektiv metodikalardan foydalanish

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxs psixodiagnostikasida proyektiv metodikalardan foydalanish - rasmi

Material tavsifi

Shaxs psixodiagnostikasida proyektiv metodikalardan foydalanish Reja: 1.Rorshax siyoh dog'lari proyektiv metodikasi. 2.Oila rasmi, 3.Jil film testi proyektiv metodikalari. Rorshax siyoh dog'lari proyektiv metodikasi Metodika 1921 yilda G.Rorshax tomonidan yaratilgan bo'lib, eng mashhur proyektiv metodikalardan biri hisoblanadi. Ushbu metodikada qo'zg'atuvchi material 10 nafar oq-qora va rangli bo'lgan simmetrik, lekin aniq tuzilishga ega bo'lmagan tasvirlardan iborat. Sinaluvchiga har bir tasvir ko'rsatilib, u nimaga o'xshashi haqidagi savolga javob berishlari lozim. Sinaluvchi aytgan barcha gaplar so'zma-so'z yozib boriladi. Tasvir ko'rsatilganidan sinaluvchi javob bera boshlagan vaqt e'tiborga olinadi. Tadqiqot eksperimentator tomonidan assotsiatsiya hosil qilgan tasvir detallarni aniqlashtirish uchun savollar berish bilan yakunlanadi. Har bir javob quyidagi besh kategoriya bo'yicha qayta ishlanadi: 1) lokalizatsiya (butun tasvirni yoki uning ayrim qismlarini javob uchun tanlash);2) determinantlar (javob berish uchun tasvir shakli, rangi va boshqalar foydalanilishi mumkin); 3) shakl darajasi ( tasvir shakli javobda qanchalik to'g'ri baholangan, bunda mezon sifatida ko'proq berilgan javoblar olinadi); 4) mazmun (javob odamlar, hayvonlar va jonsiz narsalarga taalluqli bo'lishi mumkin; 5) originallik- ommaviylik (juda kam uchraydigan javoblar original, ommaviy deb 30% dan ko'p sinaluvchilarning javoblarida uchraganiga aytiladi. G.Rorshaxning asosiy nazariy g'oyasi shundan iboratki, shaxsning faolligi ichki va tashqi undovchilar bilan belgilanadi. Faollikning ustun turiga ko'ra muallif introversiya va ekstratensiya tushunchalarini kiritadi. Ekstratensiv tip - bu shunday insonlarki o'z xulq-atvori sabablarini Men dan tashqarida izlaydi, introvertlar bo'lsa o'z xulq-atvori sabablarini ichki Mendan izlaydi. Introversiya va ekstratensiya ko'rsatkichlari orasidagi munosabatda Rorshax testidagi muhim ko'rsatkich qayg'urish tipi aniqlanadi.Rorshax testlarining ishonchliligi va validligi 80-90 yillarda o'tkazilgan ko'plab tadqiqotlarda isbotangan. Sotsiometriya, referentometriya metodikalari Sotsiometriya metodining asoschisi amerikalik psixolog D.J.Moreno hisoblanadi. Sotsiometriya yordamida guruhdagi shaxslararo munosabatlar aniqlanadi. Metodika o'tkazishdan maqsad: Metodika guruhdagi shaxslararo munosabatlarda simpatiya(yoqish) va antipatiya(yoqtirmaslik), guruhdagi jipslik, norasmiy munosabatlarni tadqiq qilishga mo'ljallangan. SHuningdek, metodika yordamida guruhdagi norasmiy liderlar, munosabatlarni va boshqa xususiyatlarni aniqlash mumkin. Metodika ikki xil shaklda o'tkaziladi. Birinchi shakli noparametrik tarzda metodikani o'tkazishda sinaluvchilarga o'z guruhidan tanlaydigan kishilarning soni chegaralab qo'yiladi. Sinaluvchining oldiga guruh a'zolarining ro'yxati qo'yilib, shu kishilarga o'ziga yoqish yoki yoqmaslik darajasiga qarab raqamlab chiqish taklif etiladi. Noparametrik metodikaning noqulaylik tomoni shundaki, guruh a'zolari soni 15-16 tadan oshgandan so'ng sotsiometrik tanlovlar sonini hisoblash qiyinlashib qoladi. Bunday vaziyatda kompYuterdan foydalanish maqsadga muvofiq. Noparametrik metodikaning yana bir noqulayligi, shaxs guruhidagi 20-25ta tengdoshlarini obyektiv ravishda baholashga, munosabatini bildirishga qisqa vaqt ichida qiynalib, tasodifiy tanlov bajarishi mumkin. Metodikaning ikkinchi shakli parametrik tarzdagi tanlovlar bo'lib, shaxsga o'zi faoliyat ko'rsatayotgan guruhdan 3-5 tagacha kishilarni tanlash taklif etiladi, ya'ni tanlov soni 3-5 ta kishi bilan chegaralanadi. Parametrik tarzdagi tanlovlar Tadqiqotchilarning fikricha, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.04 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:02 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.04 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga