ShAXS PSIXOLOGIYaSI VA UNI KASBGA Yo'LLASh Psixologiya fanida inson tushunchasini ochib beruvchi bir necha tushunchalar, yani - subyekt, individ, shaxs tushunchalarini biladi. Shaxsning psixologik xarakteristikasi o'z ichki strukturasiga ega bo'lib, individual-psixologik va ijtimoiy psixologik xususiyatlardan iboratligini tushunadi Shaxs tushunchasi Shaxs - malum bir mamlakat, jamiyat va guruh (ijtimoiy, etnik, diniy, siyosiy va boshqa guruhlar) azosi bo'lib, atrofdagi olam va ijtimoiy borliqqa o'z munosabatini bildiradigan, maxsus faoliyat turi bilan shug'ullanadigan hamda individual va ijtimoiy-psixologik xususiyatlarga ega bo'lgan insondir. Shaxs haqidagi yangi nazariyalar Karl Rodjers (1902-1987) gumanistik psixologiya sardorlaridan biri bo'lib, shaxsning fundamental komponenti sifatida o'z hayotiy konsepsiyasi yotadi deb hisoblaydi. U Men konsepsiyaning asosiy holatlarini taklif etgan. Men-konsepsiyasi va ideal Men o'rtasidagi qarshilik insonni shaxsiy o'sishiga olib keladi. K. Rodjers Men-konsepsiyasini rivojlantiruvchi psixologik mexanizmlarinii ishlab chiqqan. Yangi nazariyalar ichida Merfi taklif etgan Inson uch tabiatining bioijtimoiy nazariyasi ham katta ahamiyatga ega. Merfining fikricha bu tabiatlar quyidagilarni o'z ichiga qamrab oladi: Birinchi tabiat - inson aqlli va eng muhim hisoblangan ijtimoiy instinktga biologik mavjudotdir. Ikkinchi tabiat - insonning dunyoni idrok qilish usuli madaniyat bilan cheklanadi. Uchinchi tabiat - inson doim individual ijod qilishga intiladi. Shaxs haqidagi eng yangi nazariyalar Erik Bern (1902-1970) transakt tahlilning asoslarini ishlab chiqib, uni shaxs sifatlarini takomillashtirishda nazariy va amaliy asos deb taklif etgan. Erik Fromm (1900-1980) gumanistik va radikal-gumanistik psixoanalizga asos solgan. Karl Leongard Shaxsiy aktsentuatsiyalar nazariyasini ilgari surgan. U shaxs psixologiyasida manfaatlar yo'analganligi doirasini (egoizm, altruizm, manmanlik) va hissiy-irodaviy doirani (emotsiyalarning kechish jarayoni, ularning paydo bo'lish tezligi) ajratgan Sirs nazariyaga ko'ra psixologik tahlilning dastlabki birligi - diad tizimdir. Bu tizim bir yoki ikki kishining mujassamlashgan harakatlarini yoritadi; shaxs faqat diad vaziyatlarda shakllanadi; shaxs xususiyatlari diad vaziyatlarda o'lchanishi mumkin; har bir individ harakatlari boshqa inson xulq-atvoriga yo'naltirilgan bo'lib, ularga bog'liq bo'ladi. Djordj Aleksander Kelli «Shaxsiy konstruktlar psixologiyasi»ni yaratgan. Ushbu konsepsiyaga ko'ra psixik jarayonlarning tashkil etilishi shaxs tomonidan kelajakdagi voqealarni ko'ra bilishi (konstruksiyalashi)ga bog'liq. Kellining fikricha har bir inson tadqiqotchidir. Shaxs ijtimoiylashuvi jarayoni Inson tug'ilishi bilan boshqa insonlar bilan ijtimoiy hamkorlikka kirishadi. Muloqot qilishning birinchi tajribasini xali gapirmasdan turib o'zlashtiradi. Boshqa insonlar bilan o'zaro munosabatlarga kirishib, malum bir ijtimoiy tajribani orttiradi va bu tajriba uning subyektiv ajralmas qismiga aylanadi. Shaxs ijtimoiylashuvi - ikki tomonlama xususiyatga ega. Bir tomondan individ o'zi yashayotgan jamiyatning ijtimoiy tajribasini singdiradi, ikkinchi tomondan esa o'zi o'zlashtirgan ijtimoiy aloqa va munosabtlar tizimini faol ravishda qayta tiklaydi va rivojlantiradi. Shaxs rivojlanishini ijtimoiy tajribani orttirish jarayoni sifatida qurib chiqish mumkin. Bu ikki bosqichdan iborat bo'lgan jarayon. Birinchi ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
825.53 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:02
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
825.53 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:02 ]
Arxiv ichida: pptx