CONTENTS Shaxs tiplariga psixologik xarakteristika Reja: 1. Psixologiyada shaxs tushunchasi. 2.Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar. 3. Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar. Inson, odam juda ko'plab fanlarning o'rganish obyekti bo'lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishini va boshqalarni o'rganadi. O'z obyektini belgilash va ta'riflash uchun turli tushunchalar qo'llaniladi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda bo'luvchi ongli faoliyat subyekti sifatida o'rganadi. PSIXOLOGIYADA SHAXS TUSHUNCHASI. Shaxs tushunchasida odamning ijtimoiy xarakteri aks ettirilgan. Lekin shaxsni ijtimoiy muhitning passiv mahsuloti deb qarab bo'lmaydi. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o'zlashtiradi, o'zi uchun o'zgartiradi - bu jarayon davomida o'zi ham shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi uning o'zi hayot uchun yo'l tanlashida, bu yo'lni egallashida, hayotda o'z mavkei va o'rnini anglashida ifodalanadi. Inson shaxsining xarakterli tomonlaridan biri uning INDIVIDUALLIGIDIR. INDIVIDUALLIK - shaxs psixologik, ijtimoiy, fiziologik xususiyatlarining birikmalarining qaytarilmasligidir. Shaxsning individualligi uning xarakteri, temperamenti, psixik jarayonlarining dinamikasi, hissiyotlari, faoliyatining motivlari, qobiliyatlari va shunga o'xshashlarning yig'indisiga bog'liq. Shaxsning psixologik tuzilishi, psixologik xususiyatlarining birikmalari har bir odamda NISBATAN DOIMIYLIKKA ega. Odamning psixik holatlari, o'zini tutishi o'zgarib tursa ham shaxsning psixologik qiyofasi ma'lum darajada barqaror bo'lib qolaveradi. Shaxs xususiyatlarining bunday nisbatan barqarorligi unga shaxs sifatida xarakteristika berish, uning ma'lum vaziyatlarda o'zini qanday to'tishini oldindan belgilashning asosi bo'lib xizmat qiladi. Psixologiyada shaxs tushunchasi. SHAXS TUZILISHIDA BIOLOGIK VA IJTIMOIY OMILLAR. Shaxs xislatlarining bir butunligi va o'zaro bog'liqligi uning psixologik tuzilishini, dinamik strukturasini hosil qiladi. Shaxsni, uning tuzilishini o'rganishdan maqsad nima? Shaxsni, uning tuzilishini o'rganishdan maqsad uni boshqa odamlardan ajratib turuvchi individual xususiyatlarni aniqlashdir. Psixologiya tarixida shaxs rivojlanishi va takomillashuvini harakatlantiradigan kuchlar va manbai masalasini hal etishning ikkita yo'nalishi mavjud bo'lgan. Bu yo'nalishlar rivojlanishning biogenetik va sotsiogenetik konsepsiyalari nomini olgandir. Biogenetik konsepsiya inson shaxsining rivojlanishi biologik, asosan tabiiy omillar bilan belgilanishiga asoslanadi. Shuning uchun ham shaxsning rivojlanishi ichki sabab natijasida (o'z - o'zidan) sodir bo'lish xususiyatiga egadir. Sotsiogenetik konsepsiya shaxsni tevarak - atrofdagi ijtimoiy mohiyatning bevosita ta'siri natijasi deb, muhitdan olingan nusxa deb hisoblaydi. Bunda ham xuddi biogenetik kontsentsiyadagi kabi rivojlanib borayotgan kishining xususiy faolligini inobatga olinmaydi, uning tevarak atrofdagi vaziyatga moslashayotgan mavjudotga xos sust rol o'ynashigina mumkin deb hisoblanadi. Shaxsning rivojlanishining harakatlanuvchi kuchlari kishining faoliyatiga o'zgarib turuvchi ehtiyojlari bilan ularni qondirishning real imkoniyatlari o'rtasidagi ziddiyatlari bilan aniqlanadi. Shaxsning shakllanishida unga maqsadga yo'naltirilgan tarzda ta'sir o'tkazish tarbiya etakchi rol' o'ynaydi. Tarbiya shaxsning rivojlantirishini jamiyat tomonidan qo'yilgan maqsadlarga muvofiq tarzda yo'llantirib boradi va uyushtiradi. Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar. Shaxs haqidagi psixologik nazariyalar uzoq vaqt davomida rivojlanib keldi. Buning ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.25 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:03
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.25 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:03 ]
Arxiv ichida: pptx