Shaxsga yo'naltirilgan axborot - psixologik, diniy va madaniy tahdidlar

Shaxsga yo'naltirilgan axborot - psixologik, diniy va madaniy tahdidlar

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxsga yo'naltirilgan axborot - psixologik, diniy va madaniy tahdidlar - rasmi

Material tavsifi

MAVZU : Shaxsga yo'naltirilgan axborot: psixologik, diniy va madaniy taxdidlar Reja : 1. Axborot-psixologik xavfsizlik tushunchasi va tasnifi. 2. Diniy tahdid va ularning kelib chiqish . 3. Ma'naviy tahdid tushunchasi: yondashuvlar va talqinlar. Milliy nizo turlari va taxdidlar. Xavfsizlik tushunchasi bevosita shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy, iqtisodiy, texnik, ekologik, biologik tizimlarida normal faoliyat yuritishini kafolatlovchi tushunchadir. Ijtimoiy tuzilmaning, ya'ni, yaxlit jamiyatning xavfsizligi odamlar hayot tarzining sifatini, uning davomiyligini belgilovchi muhim mezondir. Ijtimoiy xavfsizlik - jamiyatda mavjud bo'lgan turli ijtimoiy institutlar, jumladan, xavfsizlikni ta'minlash organlari, davlat muassalari, oila va mahalla tomonidan aholining turli ehtiyojlari, orzu-istaklari, maqsad-muddaolarini amalga oshirishlariga imkon berish bilan bog'liq vazifalarini o'z ichiga oladi. Milliy xavfsizlik - bu shaxs, jamiyat, iqtisodiyot va davlatchilikning barqaror taraqqiyot etishi uchun xavf solishi mumkin bo'lgan har qanday tahdidlarning oldini olish va ularni bartaraf etishga yo'naltirilgan chora-tadbirlar tizimini bildiradi. Milliy xavfsizlik tashqi va ichki xavflardan yaxlit jamiyatni muhofaza qilishni nazarda tutadi. Tashqi xavfsizlik - ikki bosqichni nazarda tutadi: umuminsoniy yoki global xarakterli va davlatlararo xavfsizlik masalalari. Tashqi xavfsizlik tahlil etilganda avvalo ekologik, harbiy, radiatsion, epidimiologik, kriminal-jinoiy, biologik va madaniy-ahloqiy (ekspansiyalar) turdagi xavflarni oldini olish nazarda tutiladi Ichki xavfsizlik esa mamlakat doirasida inson konstuitutsion xuquq va kafolatlariga aloqador bo'lgan iqtisodiy diversiyalarning oldini olish va ularga yo'l qo'ymaslikka bog'liq bo'lgan maxsus choralarni, terroristik xurujlarning oldini olish va ularnii vaqtida bartaraf etish, kelib chiqishi bo'yicha ijtimoiy, tabiiy, biologik hamda texnik asosli tahdidlardan jamiyat a'zolarini himoya qilishni nazarda tutadi. Axborot xavfsizligi - aslida jamiyatning ob'ektiv, xolis, haqqoniy axborot manbaiga ega bo'lishi uchun yaratilayotgan shartsharoitlarni nazarda tutadi. Albatta, bunga mustaqil axborot vositalari orqali aholiga еtib keladigan ma'lumotlar oqimi ham kiradi. Bu vositalar aynan mustaqil bo'lganliklari uchun ham birinchi navbatda moliyaviy, qolaversa, siyosiy va boshqa tomonlardan hech bir siyosiy kuch, alohida davlat yoki ijtimoiy qatlamning manfaatlariga xizmat qilmasliklari kerak Axborot xavfsizligining vazifalari: 1) shaxs va jamiyatning axborot qabul qilish va undan foydalanishga bo'lgan huquqini ta'minlash; 2) xolis axborotlar makonini ta'minlash (mustaqil OAV tizimini yaratish orqali); 3) informatsion va telekommunikatsion texnologiyalar sohasidagi jinoyatlarni bartaraf etish yo'li bilan ushbu yo'nalishda sodir bo'lishi mumkin bo'lgan terroristik tahdidlar, jumladan, telefon orqali, kompyuter tizimi orqali ro'y beradigan xavflarni, shu orqali noqonuniy mablag'larning bir manbadan ikkinchisiga oqim ketishiga yo'l qo'ymaslik; 4) shaxsni, tashkilot va yaxlit jamiyatni axborot-psixologik tahdidlardan himoya qilish; 5) imidjni shakllantirish, turli bo'hton, mish-mishlar va noo'rin xabarlarga qarshi kurashish. Axborot xurujlari - bu shaxsga, muayyan tashkilot va davlatga yo'naltirilgan ta'sir bo'lib, uning asl maqsadi o'sha shaxs, tashkilot va davlatning normal hayot tarzining buzilishini nazarda tutgan siyosiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 55.19 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:03 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 55.19 KB
Ko'rishlar soni 61 marta
Ko'chirishlar soni 13 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga