Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi Reja: Shaxslararo munosabatlar haqida tushuncha. Sotsiometriya.Sotsiometrik vositalar Shaxslararo munosabatlar o'zining dinamikasiga ega: Tarkib topadi; Mustahkamlanadi; Muayyan cho'qqigako'tariladi; Susayadi yoki tugallanadi. Shaxslararo munosabatlar darajalari: Simpatiya,antipatiya asosida vujudga keluvchi munosabatlar. Ish yoki o'qish yuzasidan bo'ladigan o'zaro munosabatlar. Insoniy munosabatlar yoki chuqur, ishonchga asoslangan o'zaro munosabatlar. Simpatiya (grekcha sympatheia - ichki tortish, yoqimlilik) - bu boshqa kishilarga nisbatan barqaror ijobiy munosabat bo'lib, xushmuomalilik, samimiylik kabi muloqotga undovchi xususiyatlarda namoyon bo'ladi va diqqat-e'tiborlilik,yordam ko'rsatishga intilishda (altruizm) ifodalanadi. Kovalev A.G. ta'rificha, simpatiya - insonning boshqa kishiga unchalik anglanmagan munosabati va moyilligi. Simpatiya yuzaga kelish sabablari: 1.Anglangan - qarash, g'oya, qadriyatlar, qiziqishlar, ma'naviy ideallar birligi. 2.Kam darajada anglangan - tashqi jozibadorlik,xarakter xislatlari, xulq-atvor manerasi. Shaxslararo munosabatlar muloqot vositasida amalga oshiriladi. Muloqot - bu ikki yoki undan ortiq kishilaming o'zaro ta'siri, ular o'rtasida bilish yoki affektiv baholash xarakteridagi axborot almashinishdir. Muloqot ko'p qirrali, murakkab jarayon boiganligi sababliuning tuzilishida 3 ta tomonni farqlash mumkin. Bular: Muloqotning kommunikativ tomoni; Muloqotning interaktiv tomoni; Muloqotning perseptiv tomoni. Kommunikatsiya - inglizcha so'z bo'lib, xabar qilish, aytish ma'nosini anglatadi. Kommunikatsiya insonlar o'rtasidagi tasavvur, fikr, his-tuyg'u,kayfiyat almashinuvidan iborat boiib, ularning o'zaro ta'siri orqali amalga oshiriladi. Kommunikator - axborot beruvchi. Retsipiyent - axborotni qabul qiluvchi. Muloqot jarayonida kommunikator va retsipiyent navbatmanavbat o'rin almashadilar.Kommunikatsiya verbal va noverbal vositalar yordamida amalga oshiriladi.Verbal kommunikatsiya - nutqiy.Noverbal kommunikatsiya - imo-ishora, mimika, pantomimika, y'ani belgilaming optiko-kinetik tizimi; intonatsiya, pauza kabi vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Noverbal kommunikatsiya shakllari: 1 Kinestetika - tana,qo'l harakatlari (jestikulyatsiya), mimika, pantomimika. 2.Paralingvistika - bu ovoz tembri,diapazoni, tonalligi. 3.Ekstrolingvistika - nutq tempi, pauzalar, tomoq qirish, yig'-lash, kulgi va h.k. 4.Proksemika - muloqotni vaqt va fazoviy jihatdan tashkil etilish sohasi. Muloqotning interaktiv tomoni - bu insonlarning muloqot jarayonida bir-birlariga o'zaro ta'sir etishidir. Muloqot va birgalikdagi faoliyat ijtimoiy nazorat sharoitlarida amalga oshiriladi. Ijtimoiy nazorat esa ijtimoiy normalar - jamiyatda qabul qilingan,kishilaming o'zaro ta'sir va munosabatlarini tartibga soluvchi xulq-atvor namunalari asosida olib boriladi. Ijtimoiy nazorat mexanizmlari: Ma'qullamaslik. Ayblash. Jazolash. Muloqotning perseptiv tomoni - bu muloqot jarayonida o'zaro bir-birini tushunish va bir-birini idrok qilish. O'zaro bir-birini idrok etishning mexanizmlari: Identifikatsiya. Refleksiya. Stereotiplashtirish. Shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasida qo'l!aniIadigan metodiar: Sotsiometriya So'rovnomalar (T.Liri metodikasi,Tomas metodikasi) Proyektiv metodikalar (Oila rasmi, Rene Jil metodikasi). Sotsiometriya metodi. Ushbu metod shaxslararo munosabatlarda guruh a'zolarining egallagan mavqeini aniqlash imkonini beradi. Sotsiometriya metodining asoschisi J.Moreno hisoblanadi (1934 yilda taklif etilgan). Sotsiometrik tahlil ma'lumotlari shaxsning guruhda tutgan o'mi, guruhdagi shaxslararo munosabatlar xususiyatlari, guruh lideri, (guruhning tan olingan sardori), ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.96 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
57.96 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: doc