Shaxsni rivojlantirish treninglari

Shaxsni rivojlantirish treninglari

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxsni rivojlantirish treninglari - rasmi

Material tavsifi

Shaxsni rivojlantirish treninglari Reja: Shaxs va shaxs barkamoligi tushunchalari. Shaxsni rivojlantirish treninglarining maqsadi. Shaxsni rivojlantirish treninglarining mijozlari. ''Men konsepsiyasini rivojlantirish shaxsni rivojlantirish treninglarning asosiy vazifasi. Shaxsni rivojlantiruvchi treninglarning tarixi Shaxsni rivojlantiruvchi (barkamollashtiruvchi) treninglarning tarixi XX asming 60-yillari oxiriga borib taqaladi. Aql dinamikasi (Mind Dynamics) treningi ayni shu nomdagi konaniya tarkibida 1968 yilda AQSHning Texas shtatida yuzaga kelgan bo'lib, uning asoschisi Aleksandr Everettdir. Aleksandr Everettning treningi Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglaridagi turmush tarzidagi haqiqatlami anglash, liderlik tajribalari, guruhiy effektivlik treninglarining prototipi (timsoli) va darakchisi hisoblanadi. Biz yuqorida - trening gumhlarining rivojlanish tarixi haqidagi ma'lumotlarda trening guruhlari dastawal AQSH va G'arbiy Yevropada rivojlanganligini va Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar dastlab A. Everett tomonidan o'tkazilganligi haqidagi maTumotlami tahlil qilgan edik. A. Everett asli Angliyalik bo'lib, 1962 yilda AQSHga keladi va shu yerda o'z ishlarini davom ettiradi. Everett o'zining yetti yillik ish faoliyati davomida Aql dinamikasi shiTkatini Fort Uayt maktabiga aylantirdi. A. Everett o'zining His qilish, Shaxs imkoniyatlarmi ochish mavzulariga yo'naltirilgan eng samarali treninglami vujudga keltirish bilan o'z ishini davom ettirdi. Aynan mana shu treninglar keyinchalik Est, Layfspring, Aktualizasiya kabi treninglarning yuzaga kelishiga sabab bo'ldi. Aql dinamikasi Everettga katta shuhrat olib kelishi bilan bir qatorda, unga omad ham kulib boqqandi. Chunki Xoliday Medjik nomli atir-upalar bilan savdo qiluvchi bir qancha do'konlar egasi boTgan Uilyam Penn Patrik A. Everett va uning ishlari bilan qiziqib qolgan edi. Penn Patrik bir qancha do'konlar egasi bo'ishi bilan bir qatorda Sardorlik dinamikasi trening shirkatining boshlig'i ham edi. 1970 yilda Uilyam Penn Patrik A. Everettning Aql dinamikasi shirkatini sotib oladi va o'zining trening shirkatiga qo'shadi. Buning natijasida 'Tansformasion trening shirkati rivojlanadi. Biroq Uilyam Penn Patrikning atir-upalar bilan savdo qiluvchi do'konlarining marketing ishlari noqonuniy hisoblanib yopiladi. Bu esa Aql dinamikasi trening shirkatining ham ish faoliyati to'xtatilishiga olib keladi. Bu yo'nalishdagi treninglar Rossiyaga XX asming 90-yillarida O 'arbdan kirib kelgan. Bizda esa bu yo'nalishdagi treninglar hali yetarli darajada rivojlangani yo'q va deyarli o'tkazilmaydi, deyish mumkin. Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglarning maqsadi Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar - bu asosiy maqsadi shaxs, inson potensialini har tomonlama rivojlantirish, qirralarini ochishga qaratilgan psixologik treninglardir. Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar o 'z ishtirokchilariga nima beradi, degan savolga quyidagicha javob berish mumkin: Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar shaxsning o'ziga nisbatan ishonchini oshirish imkonini beradi. Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar stressli vaziyatlar va krizislardan iloji boricha kamroq yo'qotishlar bilan chiqib ketishga o'rgatadi. Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar kommunikativ ko'nikmalami yaxshilaydi, muloqot va xulq-atvorda effektiv strategiyasini o'rgatadi. Shaxsni barkamollashtiruvchi treninglar o'z muammolarini, u qaysi doiraga tegishli bo'lmasin - mablag', mansab, ish, o'zaro munosabatlar, shaxsiy va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.96 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 23.96 KB
Ko'rishlar soni 53 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga