Shaxsning emotsional jabhasi va uni o'rganish metodlari Ko'pincha emotsiyalar o'zining ta'sirchanligi bilan bir-biridan ajraiib turishiga qaramay, bunday sifatni hissiv holatlar stenik (yunoncha so'zdan olingan bo'lib, kuch degan ma'noni anglatadi) xususiyatli deyiladi. Bunda emotsiyalar dadil xatti-harakatlarga, mantiqiy mulohazalarga, nisbiy izlanishlarga kuch quwat, qanoat bag'ishlaydi. Masalan, xursandchilikdan shaxs parvoz qiladi, yulduzni narvonsiz oladi, kimlargadir xolis yordam qilishga shoshadi. Faollik qilib, tinchimaslik uning sifatiga aylanadi. Q.Turg'unov iug'atida stenik hisga quyidagi ta'riflar uchraydi: stenik hislar - shaxsning hayot faoliyatini kuch-g'ayratimng orttiradigan barcha bilish jarayonlarini faollashtiradigan ijobiy hissiyot turi. Hissiy holatlarning ifodalanishi Hissiy holatlarning ifodalanishi, birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo'l - oyoq harakatlari,) ikkinchidan, organizmdagi turli hodisalarni, ya'ni ichki a'zolar faoliyatining va holatining o'zgarishida, uchinchidan, tabiatda, ya'ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o'zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo'ladigan o'zgarishlarni o'z tarkibiga oladi. His - tuyg'ularning tashqi ifodasiga yuz ifodasi, imo - ishora, vajohat va qaddi - qomatning o'zgarishi, ayrim tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati (yosh, so'lak, ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi o'zgarishlarni kiritish mumkin. Bunga nutqning fonetik o'zgarishlari, ovoz mimikasi va gaplar tartibining sintaksis o'zgarishi, tutilmasdan gapirish yoki alohida silliqlikhamda ifodalilikning yuzaga kelishi, nihoyat hissiyot o'zining to'la yoki qisman ifodasini topadigan xatti - harakatlarga taalluqlidir. Kishining emotsional kechinmalar vaqtida nutqning tezligi o'zgaradi. Ko'pincha nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, tezligi va ohangi o'zgaradi. O'tkazilgan tekshirishlar shuni ko'rsatadiki, g'amginlik va mayuslik hislarini ifodalovchi nutq vaqtida shu nutqning so'zlovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi. Nutqning o'zi susayib qoladi, so'zlayotgan kishining tovushi ham bo'linib - bo'linib chiqadi. Affekt holati Affekt tez paydo bo'ladigan, nihoyat darajada kuchli, g'oyat jo'shqinlik bilan o'tadigan qisqa muddatli emotsional holatlardir. Affekt lotincha bo'lib, ruhiy hayajon, ehtiros degan so'zdan olingan. Affektlar ko'pincha to'satdan paydo bo'ladi va ba'zan atigi bir necha minut davom etadi. Affekt holatida kishining ongini tasavvur qilish, fikr qilish qobiliyati torayadi, susayib qoladi. Affektlar vaqtida odamning harakatlari kutilmagan tarzda portlashsingari birdaniga boshlanib ketadi. Ba'zan affektlar tormozlanish holati tariqasida namoyon bo'ladi va bunday holatda organizm bo'shashib, harakatsiz bo'lib va shalvirab qoladi. Bunday holat ko'pincha odam birdaniga qo'rqqanida, to'satdan quvonganida va shu kabi hollarda o'zini yo'qotib qo'yish ko'rinishida namoyon bo'ladi. Har bir kishi o'zida boshlanayotgan affekt holatiga tushmaslik uchun ko'rashmog'i kerak. Stress Stress - jiddiylik holati. Keskin vaziyat sababli yuzaga keladigan emotsional holatlar stress yoki jiddiylik holati deb ataladi. Jiddiylik - turli jismoniy va aqliy ishlar haddan oshib ketib, havfli vaziyat tug'ilgan paytlarda, zaruriy choralarni tezlik bilan topishga to'g'ri kelganda vujudga keladigan harakatdir. Stress holatining paydo bo'lishi va o'tishining psixologik xususiyatlarini bilish uchuvchilar, ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.25 MB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:04
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
5.25 MB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:04 ]
Arxiv ichida: pptx