Shaxsning emotsional jabhasini o'rganish metodlari

Shaxsning emotsional jabhasini o'rganish metodlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxsning emotsional jabhasini o'rganish metodlari - rasmi

Material tavsifi

Shaxsning emotsional jabhasini o'rganish metodlari Reja Emotsiya va uning mohiyati Emotsiya ixtisoslashgan miya tuzilmalari Emotsiya bilimlarni o'zlashtirish Emotsiya (frans. lot. - larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) - odam va hayvonlarning tashqi va ichki qo'zg'atuvchilar ta'siriga nisbatan subyektiv reaksiyalari. Emotsiya qoniqish yoki qoniqmaslik, quvonch, qo'rquv va boshqalar shakllarda namoyon bo'ladi. Emotsiya ixtisoslashgan miya tuzilmalarining faol holatidan iborat bo'lib, odam va hayvonlarda bu holatni minimal yoki maksimallashtirish (kuchaytirish, takrorlash) istagini paydo qiladi. Emotsiya xususiyati zarur ehtiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi. Ehtiyojni qoniqtirish ehtimoli kam bo'lganida Emotsiya salbiy (qo'rquv, g'azab) shaklda namoyon bo'ladi. Aksincha uni qondirish ehtimoli kutilganiga nisbatan yuqori bo'lganida Emotsiyaga ijobiy tus (qoniqish, quvonch) beradi. Miyaning turli qismlariga elektr toki ta'sir ettirish orqali dastlab hayvonlarda, keyinchalik odamlarda salbiy va ijobiy Emotsiya paydo qiladigan nerv markazlari aniqlanadi. Bu markazlar, asosan, bosh miya po'stlog'ining oldingi qismida, limbik sistemasi (uzunchoq miya, oraliq miya, o'rta miyaning bir qancha tuzilmalari majmui)da, markaziy kulrang moddada va gipotalamusda joylashgan. Emotsiya o'rganish, hosil bo'lgan shartli reflekslarni mustahkamlash jarayonida benihoya katta ahamiyatga ega. Emotsiya bilimlarni o'zlashtirish (zehn) chegaraskni kengaytiradi; xotirani faollashtiradi, odam va hayvonlar kommunikatsiyasida qo'shimcha vosita (mimika, nutq yoki tovush intonatsiyasi va boshqalar) bo'ladi. Emotsiya - shaxsning voqelikka o'z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog'liq bo'lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta'riflardan ko'rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo'lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi. Nazariyalarning alohida guruhini hissiyotlar tabiatini kognitiv omillar, ya'ni, tafakkur va ong orqali ochib beradigan dunyoqarashlar tashkil etadi. Etiboringiz uchun raxmat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 291.53 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 291.53 KB
Ko'rishlar soni 85 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga