Shaxsning emotsional olami. Psixologik o'yinlar va mashqlar

Shaxsning emotsional olami. Psixologik o'yinlar va mashqlar

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxsning emotsional olami. Psixologik o'yinlar va mashqlar - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Shaxsning emotsional olami. Psixologik o'yinlar va mashqlar Reja: 1. Emotsiya haqida tushuncha 2. Emotsional holatlar 3. Psixologik o'yinlar va mashqlar Emotsiya - shaxsning bilan bog'liq bo'lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. voqelikka o'z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari Keltirilgan ta'riflardan ko'rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo'lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi. Hissiyotlar o'zining yuzaga kelishi nuqtai nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog'liq bo'ladi. Masalan, odamning organik ehtiyojlarini qondirishi bilan bog'liq bo'lgan hissiyotlar odamda rohatlanish, qanoatlanish tuyg'usini yuzaga keltiradi. Organik hissiyotlarni qondira olmaslik 7 odamning ruhini tushirib, kayfiyatini buzib, azoblanish, toqatsizlanish hissiga sabab bo'ladi. Odamning hissiyotlari uning mazmuni hamda shakllari, ijtimoiy- tarixiy sharoit bilan bog'liq bo'ladi. Ijtimoiy tarixiy taraqqiyot davrida odamning ehtiyojlari o'zgarib boradi. Natijada odamda borgan sari yangi, yangi hissiyotlar, chunonchi, ma'naviy, intellektual va estetik hissiyotlar paydo bo'ladi. Hissiyotlar ham boshqa bilish jarayonlari kabi odamning faoliyatlari davomida namoyon bo'ladi. Masalan, mehnatsevarlik hissini yuzaga keltirish uchun ma'lum muddat davomida ijtimoiy foydali mehnat bilan shug'ullanish kerak. U yoki bu faoliyat davrida yuzaga kelgan hissiyot ana shu faoliyatning o'ziga ta'sir qilib, uni o'zgartiradi. Masalan, hohlamasdan o'zini majbur qilib ishlayotgan odam bilan o'zi hohlab sitqidildan ishlayotgan odam ishining unumdorligi o'rtasida juda katta farq mavjud Odamning kayfiyati yaxshi xursand, ruhi tetik bo'lganda ishi ham barakali bo'ladi, aksincha odamning dili g'am, qandaydir tashvishli yoki g'amgin bo'lganda qo'li ishga bormaydi. Ana shu jihatdan olganda hissiyotning inson hayotidagi roli juda kattadir. Hissiyot boshqa bilish jarayonlariga ham ta'sir qiladi. Masalan, odamning ruhi tetik, xursand bo'lgan paytda, idroki hali juda jonli, esda olib qolishi, tuyg'ularga boy, tafakkuri o'tkir, nutqi burro bo'ladi. «Haloqatga uchragan kema». O'yin boshlanishidan oldin boshlovchi «Javobgarlikning o'zi nima? Siz buni qanday tushunasiz?» degan savolni o'rtaga tashlagani ma'qul.Boshlovchi o'quvchilarning javoblarini flipchartga yozar ekan, o'quvchilar tomonidan «javobgarlik» so'zining ma'nosini tushunishga harakat qilishlarini odilona baholashi va ushbu masala yuzasidan bildirilgan fikrlar kundalik turmush tarzimizda uchrab turishini ta'kidlab, so'ng javoblarni qo'shimcha yangi misollar bilan yanada boyishga harakat qilishi lozim.Bu o'rinda boshlovchi «O'zbek tilining izohli lug'ati»da javobgarlik so'ziga qanday ta'rif berilganligini aytib o'tishi mumkin. Lekin lug'atdagi so'zning ma'nosi faqat bir tushuncha bilan kifoyalanib qolmaydi. Undagi «javobgarlik» tushunchasining izohidan tashqari o'z zimmasiga olingan «javobgarlik mas'uliyati», «javobgarlikni o'z zimmasiga olish», o'z bo'ynidan javobgarlikni soqit qilish, javobgarlikka tortish, javobgarlik kimgadir «tushyapti» kabi javobgarlikka taalluqli umumiy tushunchalar izohi bilan ham yaqindan tanishtirib o'tish kerak. Hissiyot odamda sodir bo'layotgan hodisa va narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo'lganlari haqida darak beruvchi signallar tizimi hisoblanadi. Mazkur ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.61 MB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:04 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.61 MB
Ko'rishlar soni 76 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga