Shaxsning psixologik xususiyatlari. Temperament.Xarakter. Qobiliyat Temperament o'zi nima? Temperament - (lot. «temperamentum» - aralashma) inson psixikasining individual jihatdan o'ziga xos, shaxs faoliyati va xulqining dinamik, ya'ni o'zgaruvchan va emotsional-hissiy tomonlarini xarakterlovchi xususiyatlar majmuidir. Temperament xususiyatlari aslida - tug'ma hisoblansada, shaxsga bevosita aloqador va anglanadigan bo'lgani uchun ham ma'lum ma'noda dinamik ko'rinishda bo'ladi. Shu bois, har bir temperament xususiyatlarini va uning shaxs tizimiga aloqasini bilish va shunga yarasha xulosalar chiqarish kerak. Temperament - bu insonlarning xulqiga ongli ta'sir qiluvchi jinslari, madaniyatlari va boshqa omillari asosida genetik ta'sir qilingan merosiy qirralarning tug'ma moyilliklari, tendensiyalari, taxminlari hamda yo'llaridir. Insonlar to'rt xil temperament xususiyatlariga bo'linadilar: Xoleriklar (kuchli, irodasiz); Melanxoliklar (ojiz, irodasiz); Sangviniklar (kuchli, irodali, harakatchan); Flegmatiklar (kuchli, irodali, bosiq). Shuni alohida ta'kidlab o'tish kerakki, psixik faoliyatning dinamikasi nafaqat temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg'ularga ham bevosita bog'liqdir. Shundan kelib chiqqan holda temperament tiplarini ko'rib chiqamiz. Temperament haqida ta'limot ilk bora yunon tabibi Gippokrat (eramizdan avvalgi 460 - 356 yillarda) tomonidan yaratilgan bo'lib, uning ta'limotiga asosan «temperament tushunchasi paydo bo'lgan va temperament turlarining nomlari shu kunga qadar saqlanib qolgan. Gippokrat fikricha inson organizmida 4 xil suyuqlik mavjud: safro (yunon - chole), qon (lotin - sangius), qora o't (yunon - meliane chole), shilimshiq ( yunon - 'hlagma). Har bir suyuqlik o'z xususiyati va o'rniga ega. Sangvinik - juda faol, qiziquvchan bo'lib, atrog'dagi narsalar, insonlar diqqatini tez jalb etadi. U imo-ishoralarni ko'p ishlatib, uning chehrasiga qarab kayg'iyatini anglab olish qiyin emas. Juda sezgir bo'lishiga qaramay, kuchsiz ta'sirni seza olmaydi, serg'ayrat, ishchan, toliqmas. Flegmatik - senzitivligi sust, his-tuyg'usi kam o'zgaruvchan, shunga ko'ra bunday shaxsni kuldirish, jaxlini chiqarish, kayg'iyatini bo'zish qiyin bo'lib, ko'ngillsiz hodisa xavf-xatar haqidagi xabarga xotirjamlik bilan munosabatda bo'ladi. Vazmin, kam harakat, imo-ishorasi, mimikasi ko'zga yaqqol tashlanmasada, lekin serg'ayrat, ishchan, faol, chidamli, matonatlidir. Uning nutq va harakat sur'ati sust. Melanholik - senzitivligi yuksak, tortinchoq, g'ayratsiz, arazchan, xafaqon, jimgina yig'laydi, kam kuladi, qat'iyligi va mustaqilligi zaig', tez toliqadi, ishchan emas. Diqqati barqaror, his-tuyg'usi sust o'zgaruvchan. Rigid va introvert. Yuqori senzitivlik, yuqori tuyg'uga beriluvchanlik. Uyatchan, tez xafa bo'ladi. Mimika va jestlar yaxshi namoyon bo'lmaydi. Sust faollik. O'z-o'ziga ishonch yo'q, arzimagan narsalardan tushkunlikka tushadi. Qat'iy emas, tez charchaydi, ishchan emas, diqqati tez bo'ziladi. Holerik - sust senzitivlik xususiyatiga ega bo'lib, juda faol va reaktivdir. Ko'pincha reaktivligi faollikdan ustun kelib, u betoqatlik, serzardalik va giperaktivlikni kutilmaganda portlovchi, qiziqqon, betoqatlikni namoyon qiladi. Temperament va xarakter bir-biri bilan bog'liq holda insonlarda o'ziga xos xarakter xususiyatini namoyon etadi. Temperamentning ba'zi bir jihatlari xarakter xususiyatlarini ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.09 MB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.09 MB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: pptx