Sotsial psixologik tadqiqotlarning metodologik muammolari Zamonaviy fanda metodologik muammolarning mohiyati 2. Ijtimoiy psixologiyada ilmiy tadqiqotning o'ziga xosligi Hozirgi zamonda ilmiy-texnika inqilobi tufayli qiyinlashib borayotgan vazifalarning ilmiy yechimini topish zarurati tufayli har bir fan uchun metodologik muammo masalasi eng muhim masalalardan biri hisoblanadi. Shunisi etiborliqi, metodologiya muammolari bilan faqatgina falsafa emas, balki alohida fanlar, bu fanlardagi mutaxassislar ham shug'ullana boshlashmoqda. Metodologik refleksiyaning ichki ilmiy metodologik refleksiya deb nomlangan alohida turi yuzaga kelmoqda. Bularning barchasi ijtimoiy psixologiyaga ham tegishli, chunki u hali fan sifatida yangi bo'lib, uning kelib chiqishi va maqomini belgilash murakkab, shuning uchun tadqiqotlarda ikki fan psixologiya va sotsiologiyaning metodologik prinsiplarini ham o'rganish ehtiyoji tug'iladi. Bu ijtimoiy psixologiya uchun ijtimoiy rivojlanish va inson psixikasining rivojlanishini o'ziga xos tarzda o'rganish vazifasini yuklaydi. Ijtimoiy psixologiya hali yangi fan bo'lganligi sababli u haqida to'liq ma'lumotlar shakllanmagan bo'lib, uning alohida lug'atlari hali mavjud emas, shu sababli boshqa lug'atlardan foydalanishga to'g'ri keladi. Umumiy metodologiyaning pritsiplari xususiy metodologiyaga, psixologiya metodologiyasiga moslashtiriladi, natijada yakka shaxs, guruh, jamoa, yosh davri, turli muhitga, vaziyatga tatbiq etiladi. Umumiy metodologik pritsiplar turlicha psixologik holatlarda o'z ifodasini topadi: Hozirgi zamon psixologiyasida tadqiqotning o'ziga xos qirralarini va qiyofalarini ochish uchun quyidagi holatlarga ahamiyat berish maqsadga muvofiq. Tadqiqot hamisha muayyan konkret obyektlarga qaratilgan bo'lib, u malum ko'lamdagi empirik ma'lumotlarni umumlashtirgan holda fan predmetiga yoyishga yunaltiriladi. Tadqiqotda differensial holda amaliy, mantiqiy, nazariy muammolar hal qilinishi, o'z yechimini topishi rejalashtiriladi. Tadqiqotda o'rnatilgan, topilgan omillar bilan faraziy mulohazalar o'rtasidagi tafovutlar yaqqol tavsiflab berishga mo'ljallanadi. Tadqiqotning maqsadi omillar va jarayonlar tuzilishini izohlashgina emas, balki ularni oldindan payqash, his etish (sezish) hamda bashorat qilishdir. Tadqiqotda har tomonlama tekshirilgan ma'lumotlarni olish, ularni muayyan prinsip asosida birlashtirish, oldindan aytish (taxmin qilish) prinsiplarini qo'llash va tekshirish. ma'lumotlarni statistik metodlar yordami bilan hisoblab chiqish va ularning negizida umumlashgan xulosalar chiqarish. 2. Ijtimoiy psixologiyada ilmiy tadqiqotning o'ziga xosligi Dastlabki muloqot va mehirli munosabat konsepsiyasi Fanlar tizimida Falsafiy fanlar Psixologiya fanlari Galperin nuqtai nazari PSIXOLOGIK XUSUSIYaTLAR Faoliyat Ong Shaxs ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
108.54 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
108.54 KB
Ko'rishlar soni
49 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: pptx