Mundarija Kirish …… I-BOB Sport jamoalarida liderlik masalalarining nazariy yoritilganligi. 1.1. Zamonaviy psixologiyada liderlik muammosi……betlar 1.2. Liderlik masalasiga turlicha yondashuvlar……betlar 1.3. Sport jamoalarida rasmiy va norasmiy liderlar muommosibetlar II-BOB Tadqiqotning metodologik asoslari va metodlari. 2.1. Tadqiqotning metodologik manbalari betlar 2.2. Tadqiqot bosqichlari, tashkil qilinishi va qo'llanilgan metodikalar tavsifi II- BOB eksperimental tadqiqot natijalari. 3.1. Rasmiy va norasmi liderlarning o'yinga salbiy ta'sirini aniqlash borasida olib borilgan tadqiqotlar natijalari 3.2. Psixokorreksion dastur mohiyati va natijalari … betlar XULOSA……. ADABIYoTLAR RO'YXATI ……. ILOVALAR …… KIRISh Mavzuning dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishishi bilan bugungi kunda olib borilayotgan chuqur islohatlar yosh avlodni har tomonlama aqliy, axloqiy va jismoniy jihatdan rivojlanishida jismoniy tarbiya va sport asosiy o'rinni egallaydi. Mamlakatimizda yosh avlodni sog'lom ruhda tarbiyalash borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Yurtimizda sog'lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, davlat siyosatining ustivor yo'nalishlaridan biri bo'lib, millat genafondini asrash, oilada, jamiyatda sog'lom turmush tarzini shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi. ta'lim muassasalarida jismoniy tarbiya va madaniyat darslarining sifatini yaxshilash, maktabdan tashqari ishlarni tashkil qilish va ularni samaradorligini oshirish, sport turlarini rivojlantirish va ommaviyligini oshirish, iqtidorli sportchilarni tanlash hamda yuqori malakali murabbiylarni tayyorlash dolzarb masalalardan biridir. Umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblangan milliy madaniyatimizni, yoshlarning axloqiy tarbiyasini ongli ravishda yondashishsiz tasavvur etish qiyindir. Inson ijtimoiy hayotda ongli ravishda o'z o'rnini egallashi uning voyaga etishi, farzandlik burchini, ota-onalik burchini ato etishi, o'zidan keyin malum bir iz qoldirishi jamiyat taraqqiyotini belgilaydi. Shuningdek, 2010 yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Barkamol avlod yili Davlat dasturi mamlakatimizda sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, yoshlarning o'z ijodiy va intellektual salohiyatini ro'yobga chiqarishi, mamlakatimiz yigit-qizlarini XXI asr talablariga to'liq javob beradigan har tomonlama rivojlangan shaxslar etib voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratish bo'yicha keng ko'lamli aniq yo'nalgan chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadiga yo'nalgan. Sport jamoalarida sportchilar o'rtasidagi shaxslararo munosabatlarning shakllanishiga obyektiv va subyektiv omillar ta'sir ko'rsatadi, shuningdek, ijtimoiy psixologik omillar ham muhim rol o'ynaydi. Shunday ijtimoiy-psixologik omillardan biri liderlik fenomenidir. Mavzuning dolzarbligi shu bilan asoslanadiki, sport komandasidagi o'zaro munosabatlarning shakllanishidagi ijtimoiy-psixologik xususiyatlarni bilish, sport komandasini boshqarishda maxsus psixologik bilimlarga ega bo'lish komanda faoliyati samaradorligini oshirish garovidir. Komanda a'zolari ichidan liderlarning ajralib chiqishi trener faoliyatini ham samarali qilishi, hamda uni murakkablashtirishi ham mumkin. Sport jamoalarida liderlik sifatlarining namoyon bo'lishi, komandadagi norasmiy va rasmiy liderlarning o'yin faoliyatiga ta'sir ko'rsatishi muammosi sport psixologiyasida hal qilinishi zarur bo'lgan muhim masalalardan hisoblanadi. Afsuski, eng muvaffakiyatli jamoalarda xam shaxslararo nizolardan kochib kutulib bulmaydi. guruhlarda liderlar hamda autsayderlar paydo bo'lishi tayin. Birlari o'z mavkeini ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
70.27 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
70.27 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: doc