Sport jamoasi kichik ijtimoiy guruh sifatida

Sport jamoasi kichik ijtimoiy guruh sifatida

O'quvchilarga / Psixologiya
Sport jamoasi kichik ijtimoiy guruh sifatida - rasmi

Material tavsifi

Sport jamoasi kichik ijtimoiy guruh sifatida Reja: Diffuz guruh Assotsiatsiya Kooperatsiyalar darajasi Sport jamoasini o'z doirasida muayyan sport faoliyatini amalga oshiruvchi tarkibiy tuzilma sifatida ko'rib chiqish mumkin. Ayni paytda jamoa kichik, tashkillashtirilgan guruh sifatida ham baholanishi mumkin. Zero u kichik guruhlarga xos bo'lgan barcha belgilarga va umumiy xususiyatlarga egadir. Sport jamoasi sportdagi o'ziga xos kichik guruhlardan biridir. Ushbu guruh ixtiyoriy tarzda tarkib topadi. Jamoadagi sportchilar hamkorlikka asoslangan faoliyat bilan mashg'ul bo'ladilar. Ular umumiy maqsad va vazifalarga egalar, hamda o'zaro jismoniy va psixologik muloqotda bo'ladilar. Sport jamoasini muayyan bir tizim sifatida o'rganayotganda asosiy urg'uni alohida sportchilarga emas, balki ularning o'zaro muloqot va munosabatlariga qaratish lozim. Sportchilar ularni bir joyga to'plaganlari uchungina jamoani tashkil etishmaydi, balki o'zaro muloqot va yaqin munosabatlar hisobiga yaxlit jamoaga birlashadilar. Jamoa a'zolarining aynan shunday o'zaro munosabati shakllari jamoaning yaxlitligini ta'minlaydi. Sport jamoasining yaxlitligi uning nisbatan mustaqilligini ko'zda tutadi, ya'ni jamoa boshqa sport guruhlariga nisbatan funksional avtonom holatda bo'ladi. O'zgalardan ajralib chiqar ekan, guruh o'z yaxlitligini saqlab qoladi. Sport jamoasining alohida ajralib turishiga murabbiy shaxsi, alohida sportchilar, o'ziga xos sport libosi, ko'krak nishonlari, emblemalari, shuningdek, jamoa haqidagi afsonalar, uning tarixi kabilar asos bo'ladi. Sport jamoasining alohida a'zosi yagona bir yaxlitlik - sport jamoasining bir elementi sifatida qaraladi. Guruhdagi xulq-atvorning individual shakllari sezilarli darajada o'zgaradi. Ba'zan bunday xulq-atvor faqat guruh tarkibidagi hamkorlik faoliyati doirasida mazmun va mohiyat kasb etadi. Guruhda shaxs o'zining individual hayotida namoyon etmaydigan bir qator psixologik xususiyatlarga egaligini kashf etadi. Kichik guruhning asosiy belgilaridan biri bu uning a'zolari miqdoridir. Odatdagi talablarga ko'ra, kichik guruh a'zolari soni o'ttiztadan ortmasligi, juda ko'pi bilan qirq kishi atrofida bo'lishi kerak. Kichik guruhning eng kam a'zolar soni 2-3 kishidan iborat. Sport jamoasi kichik guruh sifatida uning har bir a'zosi uchun umumiy maqsadning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Maqsadlarning umumiyligi guruh a'zolarini o'zaro hamkorlikka chorlaydi. A'zolarning o'zaro ta'siri jamoaning kichik guruh sifatidagi yana bir jihati bo'lib xizmat qiladi. Zero, jamoa a'zolari faqat o'zaro ta'siri vositasidagina o'z maqsadlariga erishishlari mumkin. Guruh a'zolarining o'zaro hamkorligi sportchilar erishishga intilayotgan maqsad bilan bevosita bog'liq bo'ladi. Shuning uchun ham o'zaro hamkorlik va ta'siri kichik guruh va sport jamoasining samarali faoliyat ko'rsatishi uchun zarur jihatdir. Kichik guruhning yana bir muhim belgilaridan biri - uning har bir a'zosining mazkur guruhga mansubligini his etishidir. (Bu ayniqsa kollektivlar uchun xarakterli xususiyatdir). Sport jamoasining maqsadlari odatda ijtimoiy mazmun kasb etsa-da, (jamoa,tuman, shahar, viloyat, mamlakat sha'nini himoya qilish) shu bilan birga ular shaxsiy va guruhning o'zigagina dahldor bo'ladi (musobaqada aynan mana shu sportchilardan iborat jamoa, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.94 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 16.94 KB
Ko'rishlar soni 38 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga