Sport jamoasidagi liderlik

Sport jamoasidagi liderlik

O'quvchilarga / Psixologiya
Sport jamoasidagi liderlik - rasmi

Material tavsifi

Sport jamoasidagi liderlik Reja: Rahbarlik tushunchasi Sport amaliyoti uchun liderlikni barqaror psixologik hodisa sifatida tushunish Sportchilarning yagona maqsadga bo'ysungan holda, hamjihatlikda va kelishib faoliyat yuritish zaruriyati jamoani boshqarish ehtiyojini keltirib chiqaradi. Jamoaning rahbari yoki lideri bo'ladigan kishi albatta jamoaning boshqa a'zolari (boshqariladiganlar)ni o'ziga bo'ysundira oladigan shaxs bo'lmog'i lozim. Sotsialpsixologik tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, umumiy vazifani hal etayotgan guruhda liderning mavjudligi faoliyatdagi muvaffaqiyatni ta'minlasa, liderning yo'qligi mazkur guruhning mag'lubiyatiga olib keladi. (N.F.Fedotova) Lider (leader) - inglizcha so'z bo'lib, tarjima qilinganda Yetakchi, boshqaruvchi degan ma'nolarni anglatadi. Liderlik tushunchasining o'ziga xos xususiyati ijtimoiy psixologiyadagi ikkita fenomen - yetakchilik va rahbarlik fenomenlarining qiyosiy tahlilida yanada yaqqolroq namoyon bo'ladi. Ushbu masalani tadqiq etgan olimlar yetakchilik, ya'ni liderlik deganda odatda guruhda hosil bo'ladigan psixologik munosabatlarning yuqoridan quyiga, ya'ni guruhda kimningdir liderlik qilishi va kimningdir unga bo'ysunishi ma'nosini ko'zda tutadilar. Rahbarlik tushunchasi esa guruh faoliyatini tashkil etishda ushbu jarayonni boshqarish bilan bog'liqdir. Ushbu ikkala tushunchalar o'rtasidagi farq ayniqsa B.D.Pariginning ishlarida yanada batafsil ochib berilgan. Mazkur olimning fikrlariga ko'ra bu ikki tushuncha o'rtasidagi farqlar quyidagilardan iborat: Lider asosan ijtimoiy tashkilot bo'lgan guruhda shaxslararo munosabatalarni boshqaruvchi shaxsdir. Liderlikni mikro muhit sharoitida aniqlash mumkin (mikro muhit deyilganda kichik guruh nazarda tutiladi). Rahbarlik - bu makro muhit unsuridir,ya'ni u ijtimoiy munosabatlar tizimi bilan bog'liq. Liderlik stixiyali tarzda, ya'ni o'z-o'zidan yuzaga keladi, har qanday sotsial guruhning rahbari esa yo tayinlanadi yoki saylanadi. Nima bo'lganda ham rahbar bo'lish jarayoni stixiyali tarzda kechmaydi, aksincha, sotsial tarkibning turli qismlari nazorati ostida maqsadli tarzda amalga oshadi. Liderlik hodisasi nisbatan beqarordir, chunki guruhdagi liderlarni saylash ko'proq guruh a'zolarining kayfiyatiga bog'liq bo'ladi. Ayni paytda rahbarlik hodisasi esa ancha barqarordir. Rahbarlik maqomidagi shaxs liderdan farqli o'laroq, o'z qo'l ostidagilar bilan munosabatda bo'lishda turli-tuman sanksiyalarga, ya'ni ta'sir ko'rsatish vositalariga ega, liderda esa bunday imkoniyat mavjud emas. Rahbar tomonidan qarorlar qabul qilish jarayonida bir qator murakkab va turli shart-sharoitlar bilan bog'liq bo'ladigan jihatlar mavjud bo'lsa, lider guruh faoliyatiga aloqador muammolarni ancha erkin va bevosita hal etish imkoniyatiga ega bo'ladi. Liderning faoliyat sohasi asosan u liderlik qilayotgan kichik guruhdir, rahbarning faoliyat sohasi ancha keng bo'lib, u kichik guruhni ham nisbatan kengroq ijtimoiy tizimda ifodalaydi. Shunday qilib, lider deganda guruhdagi norasmiy yoki qat'iy belgilanmagan shaxslararo munosabatlarni boshqaruvchi guruh a'zosi tushuniladi. Rahbar deyilganda esa, liderdan farqli o'laroq guruhdagi rasmiy shaxslararo munosabatlarni boshqaruvchi shaxs tushuniladi. Shu sababli ham aksariyat hollarda liderni norasmiy yetakchi, rahbarni esa rasmiy yetakchi deb atashadi. Ba'zi hollarda rahbarning o'zi norasmiy lider bo'lishi ham mumkin. Ba'zida esa u guruh yoki jamoa tomonidan tan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.41 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.41 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga