Sport jamoasidagi psixologik iqlim Reja: Psixologik muhit Emotsiyalar Uyushganlik Psixologik muhit deyilganda quyidagilar tushuniladi: jamoaning emotsional holati, sportchilar o'rtasidagi ijobiy yoki salbiy shaxsiy munosabatlar, jamoada mojaroli holatlarning yo'qligi yoki mavjudligi kabi guruhiy jarayonlar. Psixologik muhit har bir sportchining kayfiyatidan tarkib topadi: sportchining tetikligi, hotirjamligi yoki aksincha vahimaligi, uning ushbu jamoa tarkibida ekanligidan qoniqishi psixologik iqlimning asosiy omillaridir. Emotsiyalar, psixologik iqlimning bir tomonini aks ettiradi. Uning yana bir muhim tomonlaridan biri bu jamoada shakllangan ma'naviy, axloqiy me'yorlar hamda qadriyatlardan iboratdir. Nohaq va g'irrom yo'l bilan qo'lga kiritilgan g'alaba agar jamoadagi o'yinchilarni xursandligiga sabab bo'lsa, demak ushbu jamoadagi psixologik iqlimni ijobiy baholash mumkin emas. Shu sababli ham jamoada ma'naviy axloqiy me'yorlarni shakllantirish,ya'ni sportchilarning jamoadagi xulq atvorlarini belgilab beruvchi qoida va talablarni shakllantirish sog'lom psixologik iqlimni shakllantirishning eng muhim va bosh vazifalaridan biridir. Jamoaning psixologik iqlimi haqida faqat uning g'alabani qanday kutib olishigina emas, balki muvaffaqiyatsizlikni qanday boshdan kechirishi ya'ni jamoadagilarning mag'lubiyatga sabab bo'lgan omillarni ochiq va oydin ravishda tahlil etishga o'zlarida kuch topa olishi, o'yinda yuz bergan kamchilik va tushkunlikni bartaraf etish xususiyati ham muhim dalil bo'lishi mumkin. Bir xokkey jamoasining mashhur murabbiysi bu haqida shunday yozgan edi: Muvaffaqiyatlar, hammaga ma'lumki, jamoadagilarni birlashtiradi. Bunday holda hammasi oson va tushunarli: murabbiy oqillar oqili-yu, donishmandlar donishmandi, sheriklar esa nihoyatda yoqimli kishilar, omadli, bir so'z bilan aytganda jamoada xech qanday muammo bo'lmaydi hamma narsada olam guliston. Biroq jamoa muvaffaqiyatsizlikka uchraganda-chi unda hammasi juda murakkabalashib ketadi. Bunday paytda har qanday sportchi ham mag'lubiyat sababini o'zidan qidiravermaydi- Uyushganlik - bu guruhga xos maxsus ijtimoiy psixologik hodisadir.Uyushganlik - shunday bir integral jihat-ki, u jamoaning haqiqiy birligi va yaxlitligini ifodalaydi. Uyushganlikning asosida guruh va jamoa a'zolarining maqsadlari, motivlari, dunyoqarashlaridagi yakdillik, ularning umumiy maqsadlarga erishish, umumiy qadriyatlarni qaror toptirish uchun tayyor ekanligi va bu borada kurasha olish qobiliyatlari yotadi. Uyushgan sport jamoasi qiyinchiliklarni osongina yengib o'tish, barcha kuchqudratini o'z maqsadiga safarbar etish, tayyorgarlik mashqlari jarayonida ham, musobaqalar jarayonida ham fikrlarning turli-tumanligiga, mojaroli vaziyatlarning yuzaga kelishiga yo'l qo'ymaslik, har bir sportchining imkoniyatlarini rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yarata olish qobiliyatiga ega bo'ladi. Sport jamoasining uyushganligi sport natijalariga ham, jamoa to'g'risida ijtimoiy fikrning shakllanishiga, g'alabalarni ham, mag'lubiyatlarni ham bir xilda hamjihat bo'lib his etishga, yuqori intizomni tutib turishga, jamoadoshlar orasida o'zaro bir-birlarini tushunishning barqarorligiga, shuningdek, jamoa tarkibining doimiyligiga ta'sir ko'rsatadi. Sport jamoasining uyushganligi tushunchasi guruhga xos bo'lgan yagona jamoaviy kayfiyat, jamoaviy tafakkur kabi o'ziga xos fenomenlar bilan chambarchas bog'liq. Sport jamoalaridagi uyushganlik haqida gapirilganda nafaqat sportchilar o'rtasidagi o'zaro hissiy-emotsional munosabatlarni nazarda tutish, balki ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.33 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
12.33 KB
Ko'rishlar soni
47 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: doc