Sport musobaqalarining psixologik tavsifi Reja: Sportchilar og'ir sharoitlarda o'zini-o'zi boshqarishi Sportchilarning startdan oldingi ruhiy holati Sportchining musobaqa jarayonidagi ruhiy hayajonlanish holati Sportchining startga tayyorgarlik holati Sportchilar og'ir sharoitlarda o'zini-o'zi boshqarish hamda aqliy, ruhiy va jismoniy imkoniyatlarini oshirish uslublaridan to'la foydalana bilishga, ularni amaliy faoliyatlarida qo'llay olishga yoshlik davridan boshlab odatlanishi lozim. Buning uchun sportchilar o'z a'zolari faoliyat funksiyalarining xilma-xil qonunlarini bilish asosida o'zini-o'zi boshqarish; aqliy, ruhiy va jismoniy imkoniyatlarini oshirish uslublarini amaliy sport faoliyatining eng muhim sharoitlarida qo'llay bilishi kerak. Bu uslublarni bilish aqliy mehnat unumdorligini oshirishda, ruhiy va jismoniy faollik darajasini o'stirishda, insonni kamolga yetishuvida muhim ahamiyatga ega. Bizga shunisi ma'lumki sportchilar hozirgi sportda «autogencha» mashq qilish orqali ichki ruhiy imkoniyatlardan to'la foydalanishga erishmoqdalar. Sportchilarning startdan oldingi ruhiy holatini murabbiylar, fiziologlar, psixologlar ko'p yillardan buyon o'rganib kelmoqdalar. Lekin sportchilarning startdan oldingi ruhiy tayyorgarlik holati haqidagi ko'plab muammolar, masalalar shu kungacha maqsadga muvofiq ravishda ishlab chiqilmagan yoki ilmiy hal qilinmagan. Psixolog olim Z. Myuller ayrim risola va maqolalarida xalqaro sport musobaqalarida sportchilarning qoniqarsiz ko'rsatkichlari faqat ularning jismoniy, texnik yoki taktik tayyorgarligigagina bog'liq bo'lmasdan, balki ularning musobaqadan oldingi ruhiy tayyorgarlik holatiga ham bog'liq ekanligini birmuncha batafsil tushuntirib berishga erishgan. Sportchining musobaqa jarayonidagi ruhiy hayajonlanish holati xilma-xil shakllarda namoyon bo'ladi. Ularning musobaqadan oldingi yuqori darajadagi ruhiy tayyorgarlik holati qiyin vaziyatlarda ham o'zini tuta bilishi hamda o'zini to'g'ri boshqarishida ko'rinadi. Sportchining musobaqadan oldingi ruhiy holati uning oldingi turli xil musobaqalarda erishgan muvaffaqiyatlariga ko'p jihatdanbog'liq bo'ladi. Ayrim olimlarning fikricha, miyada hosil bo'lgan o'rtacha qo'zg'alish musobaqada yuqori natijalarga erishish imkonini beradi. Agar miyadagi qo'zg'alish start olish vahimasi darajasigacha yetib borsa, qo'zg'alish yuqori bo'lib, sportchining musobaqadagi natijalari qoniqarsiz ko'rsatkichlar bilan yakunlanadi. Sportchining musobaqaga tayyorgarlik holati asab tizimining ta'sirchanligiga ham bog'liq bo'ladi. A.S. Puni fikriga asoslanib sportchining startga tayyorgarlik holatini quyidagi uch turga ajratib ko'rsatish mumkin: a) sportchining startda qaltirashi, jonsizlik holati; b) sportchining startga yuqori tayyorgarligi va jangovarlik holati; d) sportchining ruhan tushkunlik va yomon kayfiyatlilik holati. Shulardan sportchi uchun eng muhimlari: startga jangovar tayyorgarlik va startdagi ta'sirchanlik holatlaridir. Kuchli muvozanatsiz asab tizimiga ega bo'lgan sportchilar startda qaltirash, jonsizlik holatiga tushadilar. Kuchli muvozanatli, serharakat asab tizimiga ega bo'lgan sportchilarda startda jangovarlik holati yuqori bo'ladi. Sportchining startga tayyorgarlik holati oldingi musobaqalarda o'z kuchini qanday safarbar etganligiga ham bog'liq bo'ladi. Bulardan tashqari, startga tayyorgarlik holati: 1) musobaqaning xarakteriga; 2) tomoshabinlarning xulqatvoriga; 3) sportchining musobaqa oldidan bajargan jismoniy mashqlari sifatiga; 4) o'z kuchiga ishonch hosil qilishiga; 5) sportchining alohida o'ziga xosxususiyatlari kabilarga ham bog'liqdir. Bu sabablar sportchining startga tayyorgarligiga ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.17 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
17.17 KB
Ko'rishlar soni
62 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: doc