Sport psixologiyasi fanini yuzaga kelishi, tarixiy rivojlanishi hamda o'quv va ilmiy fan sifatida o'qitilishi Reja: Sport psixologiyasi Sportchining shaxs sifatida rivojlanishi O'rta asr sharoitida buyuk mutafakkirning jismoniy madaniyat sohasidagi qarashlari Sport fani bo'lajak jismoniy madaniyat fani o'qituvchilari va murabbiylarga har bir sport turi bo'yicha psixologik ta'lim bcrishcln hamda jismoniy madaniyat va sport tadbirlarini tashkil qilishning tashkiliy va tarkibiy tizilmalarini ishlab chiqishda yordam beradi, Bu fan jismoniy madaniyat mutaxassislari tayyorlash o'quv yurtlarida o'qitiladi. Sport psixologiyasi fani psixologiyaning yangi sohasi bo'lib bu soha 1913 yilda Pe'r de Kubertenning Olimpiada qo'mitasi tashkil qilinishi munosabati bilan shakllana boshladi. 1920-40-yillarda Germaniya, Amerika va boshqa davlatlarda Sport psixologiyasi fani ommaviylashdi. Umuman olganda, ikkinchi jahon urushidan keyin Sport psixologiyasi fani tez rivojlandi. Jahon rekordlarining o'sishi bu fanning rivojlanishiga asos bo'ldi. Jahon birinchiligi, olimpiada o'yinlarida kuzatilgan natijalar sportchining psixologik tayyorgarligi ularning yaxshi ko'rsatkichlarga erishishida asosiy omillardan biri ekanligi o'z natijasini ko'rsatdi. 1965-yil Rimda birinchi sport psixologiyasi kongressi o'tkazildi. Bunda doimiy rahbarlik organi va jamiyat prezidenti saylandi. Sport psixologiyasi bo'yicha keyingi kongresslar 1973-yil Madridda, 1977-yil Pragada, 1986-yil Vashingtonda o'tkazildi. Madriddagi kongresda chexoslavakiyalik professor Miroslov Vanek jamiyat prezidenti etib saylandi. 1970-yildan boshlab maxsus xalqaro sport psixologiyasi jurnali chiqarila boshlandi. 1967-yilda Shimoliy Amerikada, 1969-yilda Yevropadavlatlarida sport psixologiyasi tashkilotlari tuzildi. Sportchining shaxs sifatida rivojlanishi murakkab va uzoq davom etadigan jarayondir. Chunki, bir avlod sportchilar tomonidan o'zlashtirilgan xususiyatlar ikkinchi avlod sportchilariga o'tadi va ular tomonidan o'zlashtiriladi. Shuning uchun har kungi tarbiyaviy faoliyat kelajakni nazarda tutgan holda olib borilishi kerak. Sportchi o'z-o'zini tarbiyalash jarayonida o'zini-o'zi nazorat qiladi, o'zini-o'zi kuzatadi va o'ziga o'zi baho berib boradi. O'ziga-o'zi baho berish jarayoni sportchining «o'z imkoniyatlarini hisobga olgan holda u yoki bu maqsadni qo'yish bilan bog'liq. O'ziga-o'zi to'g'ri baho berish sportchida ma'naviy qoniqish hissini tarbiyalaydi va o'z qadr-qimmatini anglash hissini kamol toptiradi. Murabbiy sportchiga tarbiyaviy ta'sir ko'rsatish jarayonida uning emotsiya va his-tuyg'ularini hisobga olishi kerak. Chunki ularning o'zgarish sabablari tashqi ta'sir bilan bir qatorda sportchining o'ziga ham bog'liqdir. Affektiv reaksiyalarning paydo bo'lish qonuniyatlarini va ularni yechish uslublarini bilish, sportchi xulq-atvorini, axloqiyligini ta'minlabgina qolmay, uni turli qiyin va munozarali vaziyatlardan chiqishiga yordam beradi va shu bilan bir qatorda, o'z ruhiy sog'lig'ini saqlab qolishga ham imkon yaratadi. Sport psixologiyasi fani Sobiq Ittifoq davrida biror-bir Respublikada, shu jumladan, O'zbekistonda ham bir tekisda rivojlanmagan edi. Sobiq Ittifoq rahbarlari milliy Respublika vakillarini bu fanni jahon miqyosida ham nazariy, ham amaliy jihatdan o'zlashtirib olishlari uchun chet davlatlarga malaka oshirishga yoki tajriba almashishga yubormas edilar. O'sha davrlarda Sport psixologiyasi fani Rossiya davlati olimlari tomonidan ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.89 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:05
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.89 KB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:05 ]
Arxiv ichida: doc