Sport psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Sport psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Sport psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Sport psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja: Sport psixologiyasi Sport psixologiyasi fanining paydo bo'lishi Sport psixologiyasi fanining asosiy vazifasi Sport psixologiyasi jismoniy mashq va musobaqalar sharoitida sportchi psixologik faoliyati qonuniyatlarining mexanizmini o'rganadigan fandir. Bu fan boshqa psixologiya sohalari bilan chambarchas bog'liqdir. Sport psixologiyasi fani sohasida faoliyat ko'rsatayotgan olimlar yoki mutaxassislar umumiy psixologiya, pedagogika, tibbiyot, ijtimoiy psixologiya, jismoniy madaniyat nazariyasi asoslari kabi sohalarda erishilgan nazariy bilimlar va amaliy tajribalarga tayanib ilmiy izlanishlar olib boradilar va natijada bu fan sportchilarning sportda yuqori natijalarga erishishlari yo'lida xizmat qiladi. Sport faoliyati boshqa faoliyat turlaridan farq qiladi. Sport faoliyatining asosini jismoniy madaniyat mashg'ulotlari va sport musobaqalari tashkil etadi. Shuning uchun ham Sport psixologiyasi fanining asosiy vazifalaridan biri sportchilarni sport musobaqalarida qatnashishga tayyorlashdan va yuqori natijalarga erishishidan iborat. Bu tayyorgarlik jarayoni sportchilardagi maxsus jismoniy sifatlarni, ko'nikmalarni, qobiliyatlarni shakllantirish, bilim-larini o'stirish, jismoniy va ruhiy qiyinchiliklarni yengish kabilarda paydo bo'ladigan jismoniy va psixologik tayyorgarlik uslublarini yanada takomillashtirishni talab qiladi. Shuningdek, Sport psixologiyasi fani sportchilarga o'z jamoa a'zolari bilan o'zaro to'g'ri munosabatlar o'rnatish yo'llarini ko'rsatadi, sportchining jismoniy, ruhiy, taktik, texnik tayyorgarligini ham o'rganadi. Sport psixologiyasi fani har bir sport turini alohida hamda turli sport turi bilan shug'ullanayotgan sportchilarni psixologik tayyorgarligini o'rganadi. Sport psixologiyasi fani paydo bo'lishining birinchi bosqichida asosan jismoniy mashq bilan shug'ullangan kishilarning ruhiy jarayoniga ta'sir masalalari (aqliy, irodaviy) o'rganilgan bo'lsa, asta-sekin sportchining boshqa xususiyatlariga ta'sir etishi, masalan, sportga harakat malakalari, hissiyirodaviylik sifatlari, sportchining startdan oldingi ruhiy holati, malakalarni avtomatlashish shakllari kabilar ham o'rganila boshlandi. Ikkinchi bosqichda Sport psixologiyasi fan sifatida pedagogik faoliyat jarayonlarida qo'llanila boshlandi. Sportchining bilish jarayonlari psixologiyasi shakllanadi, ularning irodaviy sifatlarini tarbiyalash, sportchilarning musobaqaga psixologik jihatdan tayyorlash mexanizmlarini ishlab chiqdi. Natijada, sport psixodiagnostika sohalari paydo bo'ldi. Bu bosqichda ko'plab dissertatsiya ishlari bajarildi, ya'ni muhim ilmiy tadqiqotlar amalga oshirildi, sportchilarni umumiy psixologik tayyorlash masalalari ishlab chiqildi. Sportchilarning texnik, jismoniy, psixologik va taktik tayyorgarligini, sportchi shaxsini tarbiyalash, sportchilar jamoasini takomillashtirish masalalarini hal qilishga erishildi. Hozirgi kunda Sport psixologiyasi fani sportchilarning amaliy faoliyati qirralarini yangi shakl, vosita va uslublar vositasida o'rganuvchi fan sifatida sportchilar faoliyatini ilmiy asosda boshqarish ishlarini to'g'ri tashkil etish, sportchilarga yangi nazariy bilimlar berish, ularning shaxsiy muammolarini yechish uchun yo'l-yo'riq ko'rsatadigan fanga aylandi. Sport psixologiyasi fani sportning barcha turlarini qamrab oladi. Bu fan sport musobaqasi davrida sportchilarda namoyon bo'ladigan jismoniy va psixologik mahoratni yanada shakllantirish, tarbiyalash qonuniyatlarini o'rganadi hamda sport mashg'ulotlarini sifatli tashkil etish uslublarini ishlab chiqadi. Sport psixologiyasi fani sportda paydo bo'ladigan muammoli vaziyatlarning yechimini topish uchun quyidagi vazifalarni to'g'ri hal etishni o'z ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.51 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:05 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 21.51 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga