Sport turlarining psixologik tavsifi Reja: Sport turlari Eng qadimgi sport turlaridan Barcha sport turlarida ruhiy tayyorgarlik O'zbekiston Respublikasi Mustaqillikka erishganidan so'ng jahon birinchiliklari va xalqaro olimpiada o'yinlarida faol ishtirok etib kelmoqda. Shu bois so'nggi yillarda Respublikamizda ko'pgina sport tur-lari jadal rivojlanib bormoqda. Sport turlarining har biri o'ziga xos xususiyati bilan farqlanadi, alohida e'tibor berish lozim bo'lgan jismoniy va psixologik tayyorgarlikni talab qiladi, har bir sport turi texnik va taktik jihatdan o'ziga xos qonun-qoidalarga ega bo'ladi. Biz sport turlarini sportchining harakat faolligiga qarab quyidagi besh guruhga ajratishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: Birinchi guruh sport turlariga boks, kurashning barcha turlari, gimnastika, yengil va og'ir atletika, suzish, sport o'yinlari, qilichbozlik kabilar kiradi. Ma'lumki, sportning har qanday turida sportchilar musobaqalarda g'alabaga erishish uchun o'zlaridagi butun jismoniy va ruhiy imkoniyatlarni safarbar qilishadi va har qanday og'ir vaziyatlardan chiqib ketish uchun o'zlarini majbur etishadi. Biroq, har bir sport turi bo'yicha o'tkaziladigan musobaqalarda g'alaba qilish mezoni turlicha bo'ladi. Bu me'yor va mezonlarni nazariy jihatdan bilish, sport amaliyotida ularga rioya qilish sportchiga g'alaba keltiradi. Albatta, ball, gol, ochko, masofa, vaqt, og'irlik kabi ko'rsatkichlar asosida har bir sportchi o'zining kuchi, irodaviy va jismoniy sifatlari yordamida g'alaba qilishga harakat qiladi. Ikkinchi guruh sport turlari (motosport, mashina, samolyot va yaxta sporti kabilar) sportchidan texnik jihatdan alohida tayyorgarlikni talab qiladi. Bu sport turlari sportchidan xavfli vaziyatlarda ham o'zini yo'qotmaslik, mustaqil aniq bir qarorga kelish, texnikani dadillik bilan to'g'ri boshqarish, tashqi shamol qarshiliklarini idrok qilish, katta tezlikda ketayotgan mashinani baland-past joylarda qo'rqmasdan mahorat bilan boshqarish uchun jismoniy va ruhiy jihatdan yuqori darajada chiniqishni talab etadi. Uchinchi guruhga mansub sport turlari (kamon va to'pponchadan otish)da sportchilar to'g'ri nishonga olishda hayajonlanish, tashvishlanish, bezovtalanish, vahimaga berilish kabi salbiy hissiyotlarini yo'qotishga alohida e'tibor berishi lozim. Sportchi o'zi otayotgan qurolning texnik jihatlarini yaxshi o'rganishi, musobaqa jarayonida ochkolar soni raqibi hisobiga o'zgarganda ham musobaqadan sovib ketmasligi, g'alabaga intiluvchanlik kabi ijobiy sifatlarini rivojlantirishi zarur. To'rtinchi guruhga aviamodel, avtomodel va shunga o'xshash konstruktorlik qobiliyatlar bilan bog'liq bo'lgan sport turlari kiradi. Sportning bunday turlari sportchidan talant va ijodkorlik qobiliyatlarini o'stirishni talab qiladi. Sportchi o'zidagi ijodiy xayoliy obrazlar yordamida yangidan yangi aviamodel va avtomodel qurilmalarini ixtiro qilish qobiliyatlarini o'stirishga e'tibor beradi. Beshinchi guruh sport turlariga shaxmat va shashka kiradi. Bu sport turlari bilan shug'ullanuvchi sportchilarda fikrlash qobiliyati hamisha aniq maqsadga qaratilgan, ixtiyoriy xarakterga ega bo'ladi. Mahoratli shaxmatchi o'yin paytida o'ta murakkab, qiyin usullarni raqibidan aniqroq, tezroq anglaydi. Sportchi ongida hal etilishi talab qilinadigan mulohazali xayoliy masalalar va ularning yechimi tez-tez paydo bo'ladi. Sportchi ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.62 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.62 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: doc