Sportchilarda jismoniy va psixologik harakat malakalarini uyg'un holda

Sportchilarda jismoniy va psixologik harakat malakalarini uyg'un holda

O'quvchilarga / Psixologiya
Sportchilarda jismoniy va psixologik harakat malakalarini uyg'un holda - rasmi

Material tavsifi

Sportchilarda jismoniy va psixologik harakat malakalarini uyg'un holda shakllantirish Reja: Jismoniy mashq jarayonining asosiy maqsadi Sportchilarning vaqt reaksiyasi va harakat tezligi Jismoniy mashq turlari Jismoniy mashq jarayonining asosiy maqsadi sportchida eng yuqori (maksimal) darajada jismoniy sifatlarni o'stirishdan iboratdir. Buning uchun murabbiy o'z tarbiyalanuvchilariga musobaqa vaqtida bor kuchini safarbar qilish malakalarini singdirish uchun ular bilan reja asosida uzluksiz mashg'ulotlar o'tkazib boradi, ularni tinimsiz mashq qildiradi. Sportchining o'zi esa musobaqalarda g'alaba qilish uchun murabbiy yordamida sport faoliyati bilan mustaqil shug'ullanishga odatlanadi, natijada unda sport malakasi va ko'nikmalari takomillashib boradi. Shu o'rinda ta'kidlash joizki, ayrim murabbiylar sportchilarning jismoniy sifatlarini o'stirishda samarador uslublar mavjud ekanligini yaxshi bilmaydilar. Ular mashg'ulotlar jarayonida yuqori malakali sportchilarni sport musobaqasiga tayyorlashda zamonaviy ilmiy yondashuvlarga asos-lanmagan uslublardan foydalanib kelmoqdalar. Bu murabbiyning bi-rinchi xatosi bo'lib, sportchini harakatlantiruvchi faoliyat turlarini chek-lab qo'yadi. Jismoniy mashq dasturi mazmuni har bir sportchida bir xil harakat malakalarini vujudga keltiradi. Yuqori malakali sportchilar bilan ishlashda ushbu dastur mazmuniga amal qilib, ularning individual xususiyatlarini yetarli darajada e'tiborga olmaslik murabbiyning ikkinchi jiddiy xatosi hisoblanadi. Har bir murabbiy odam bolasining muskul tuzilishi, qattiq hayajonlanganda uni o'tkazish qobiliyati, suyak to'qimalarining tuzilishi, yuqori kuchlanish bilan bajarilgan jismoniy mashqlarning sportchi organizmiga ta'siri, turli sportchilar organizmida bu ta'sirning farq qilish xususiyatlarini tushunishi zarur. Ba'zi bir jismoniy madaniyat va sport mutaxassislari sportchi organizmining tashqi ta'sirlarga javobini ifodalashda «aks etilishi», «aks etish vaqti», «tezlik» va «malaka-ko'nikma» kabi atamalardan birining o'rniga ikkinchisini almashtirib ishlatadilar. Masalan, sportchi zo'r tezlikka ega deb gapiradilar. To'g'ri, sportchi murakkab harakatlarni tez, aniq bajara olish xususiyatiga ega bo'lishi mumkin. Ammo so'nggi yillarda o'tkazilgan ilmiy tajribalarning aniqlashiga qaraganda, vaqt rcaksiyasi deyilganda sportchining startdan otilib chiqishi, tepilgan to'pning harakat tezligi, shuningdek, sportchining dastlabki zo'r berib bajargan harakati tushuniladi. Harakat tezligi vaqt bilan, ya'ni ma'lum masofada birinchi harakatning boshlanishidan uni tamom qilish uchun ketgan vaqt bilan o'lchanadi. Bir guruhdagi sportchilarning vaqt reaksiyasi va harakat tezligi har xil ko'rsatkichlarda bo'lishi tabiiy hol. Sportchi harakatni sust, chaqqon yoki o'ta tezlikda bajarishi mumkin. Harakat malakalarini egallashda vaqt reaksiyasi emas, aksincha, harakat tezligi muhimdir. Shuning uchun sportchilarga harakat malakalarini o'rgatishda yuqori harakat tezligini umumiy harakat tezli-giga yaqinlashtirish lozim. Shuning uchun umumiy kuchning ko'p bo'lmagan qismini, harakat tezkorligini oshirishga qaratish lozim. Jismoniy mashq turlarining ayrimlari (masalan, qisqa masofaga yugurish, startdan chiqish, sportchining basketbol to'pini o'yinga tushirishi va to'pni o'zi bilan yerga urib chopishi)da vaqt reaksiyasi muhim o'rin tutadi. Murabbiy vaqt reaksiyasini pasaytirish uchun hamma chora-tadbirlarni ko'rishi lozim. Bu jarayonda u quyidagilarga alohida e'tibor berishi maqsadga muvofiqdir: Murakkab harakatlar bilan o'tkazilgan faol ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.01 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 17.01 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga