Sportchilarda yuksak xislarni shakllantirish Reja: O'zbek xalqi jismoniy madaniyatining ildizlari Qadimda jismoniy madaniyat O'zbekiston hududida yashagan xalqlar qadim zamonlardayoq yoshlarning ruhiy, aqliy, axloqiy va jismoniy madaniyatiga alohida e'tibor berishgan. Ular farzandlariga bolalik chog'laridayoq jismoniy tarbiya-ning kurash, o'q-yoy otish, chavandozlik singari mashq turlarini munta-zam ravishda o'rgatib kelishgan. Grek tarixchisi Gerodot (eramizdan avvalgi 484-425-yillar) xorazmiylar bilan yonma-yon yashagan saklar qabilasidagi mohir merganlar haqida bunday deb yozgan: «Saklar dunyodagi barcha merganlar orasida o'qni zoye ketkazmaydigan juda mohir merganlar sifatida shuhrat qozongan edi». Saklar va xorazmliklarning ayollari ham harbiy yurishlar va janglarda qatnashar, mardlik va matonatda erkak jangchilardan qolishmas edilar. Eramizdan oldingi 1- asrda yashagan grek tarixchisi Diodor ular haqida bunday deb yozgan edi: «Umuman, bu qabilaning ayollari mard bo'ladilar va urush xatarlarini erkaklar bilan birga baham ko'radilar». Rim yozuvchisi Kliment Aleksandriyskiy (eramizdan avvalgi II asr) saklar qabilasining ayollari haqida bunday deb yozgan edi: «Sak ayollari ayyorlik bilan qochib ketaturib, ot ustida xuddi erkaklarday orqaga burilib o'q uzar edilar». O'zbek xalqi jismoniy madaniyatining ildizlari uzoq o'tmishga tutashadi. Bizning xalqimiz o'zining butun hayoti davomida ezgulikka intilib kelishgan. Ezgulik yo'lidagi orzularining amalga oshmog'i uchun kurashga bel bog'lagan jasur ayollarimiz xalq yaratgan badiiy tafakkur durdonalarining asosiy qahramonlaridir. Bu obrazlar xalq og'zaki ijodi asarlari (qo'shiqlar, dostonlar, qissalar) orqali ham zamondan zamonga, avloddan avlodga o'tib kelgan. Ular shu sababli odamlar ruhiy hayotining yashirin tomonlarini o'rgana boshlaganlar: sog'lik va kasallik to'g'risidagi umumiy bog'lanishlarni, tana bilan ruhning aloqa yo'llarini izlaganlar. O'sha davrda inson asab tizimi va miyasining vazifalari haqida noma'lum bo'lgan jihatlarni o'rganishga qiziqish o'sa borgan. Tarixiy voqealar asosida yaratilgan, qadimgi Yunon tarixchilarining asarlari orqali yetib kelgan. «Zariadr va Odatida», «To'maris», «Shiroq» kabi qissalarida ham inson qalbini tug'yonga keltiradigan o'ta kuchli ruhiy holatlarning tasviri berilgan. Xorazm va Farg'ona hududlarida otda uzoq masofaga yurish ko'nikmalarini tarbiyalash maqsadida o'tkaziladigan ot poygasi oldidan, shuningdek, Navro'z va boshqa xalq bayramlarida uyushtiriladigan kurash va yakka olishuvlardan avval maxsus psixologik tayyorgarlik ko'rilgan. Bunday psixologik tadbirlar polvonda o'z kuchiga to'la ishonch hosil qilishda, Vatanga bo'lgan muhabbat hissini yanada oshirishda muhim o'rin tutgan. O'sha davrlarda jangchilarning ko'ngil ochish va kayfiyatini ko'tarish vositalaridan biri «chavgon» o'yini bo'lgan. Jangchilarning jismoniy va ruhiy sifatlarini o'stirish maqsadida yirtqich parrandalar yordamida ov qilish kabi musobaqalar o'tkazilgan. Shuning uchun ham o'zbeklar va ularning ota-bobolari qadim zamonlardanoq ruhan va jismonan baquvvat, chidamli, mard va matonatli kishilar sifatida tanilganlar. Xalq pahlavonlari haqida qanchadan qancha afsona va qo'shiqlar to'qilgan. Masalan, Alpomish dostonida o'zbek xalqi hayotidagi uzoq o'tmish voqealari aks ettirilgan. Asar qahramoni Alpomish, uning do'sti Qorajon, o'zbek qizi ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.3 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
15.3 KB
Ko'rishlar soni
53 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: doc