Sportchilarni bo'lajak musobaqaga tayyorlashning psixologik asoslari

Sportchilarni bo'lajak musobaqaga tayyorlashning psixologik asoslari

O'quvchilarga / Psixologiya
Sportchilarni bo'lajak musobaqaga tayyorlashning psixologik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Sportchilarni bo'lajak musobaqaga tayyorlashning psixologik asoslari Reja: Sport jamoalari Sportchilarda chidamlilikni o'stirish Bolalik va o'smirlik davrida sportchilarni har tomonlama rivojlantirish Sport jamoalari sportchilarda hissiy- irodaviy sifatlarni rivojlantirishda ahamiyati juda katta. Bu masalani kuchli taassurot qoldirarli darajada hal etish uchun irodaviy psixologik qonuniyatlarning rivojlanish jihatlarini hisobga olish zarur. Iroda sportchilarning qiyinchiliklarni yengish jarayonida shakllanib boradi. Bu irodaviy sifatlar sportchilarning quyidagi faoliyat turlarida, ya'ni sport mashg'ulotlari rejasi mazmunini o'zlashtirishlarida, turli xil jismoniy mashqlarni bajarishlarida, tashqi va ichki qiyinchiliklarni yengishlarida hamda ushbu jarayonda namoyon bo'ladigan turli subyektiv munosabatlarda vujudga keladi: Sport mashg'ulotlari rejasi bilan bog'liq bo'lgan qiyinchilik (gimnastika, yengil atletika, basketbol, suzish va h.k.)lar. Mashg'ulotlarni tashkil qilishda sport zali va maydonchalarining yetishmasligi bilan bog'liq bo'lgan qiyinchiliklar. Mashg'ulotlar o'tkazishda sport anjomlarining yetishmasligi bilan bog'liq bo'lgan qiyinchiliklar. Yosh va individual xususiyatlarga bog'liqligi hamda sportchilarning mashg'ulotlarni tashkil qilishda umumiy sharoitlarga subyektiv munosabati. Sportchilarning gimnastika, yengil atletika va harakatli o'yin mashqlarini bajarishda individual va yosh xususiyatlari bilan bog'liq subyektiv munosabatlar. Sportchilarda aniq harakatlarni bajarishda irodaviy sifatlarni vujudga keltirish va yo'naltirishda individual va yosh xususiyatlari bilan bog'liq bo'lgan subyektiv munosabatlar. Aralash uslublardan foydalanib, irodaviy sifatlarni tarbiyalashda ichki qiyinchiliklarni yengib o'tishni hisobga olish lozim. Sport mashg'ulotlari va mashqlar jarayonida tashqi va ichki ruhiy qiyinchiliklarni bartaraf etish o'quv materiallari xarakteriga, rejadagi me'yor talablariga hamda sportchilarning individual xususiyatlariga qarab belgilanadi. Ko'p hollarda yosh sportchilar (13-15 yoshlar atrofidagi o'smirlar) da jismoniy kuch sifatlarining past rivojlanganligi, u yoki bu mashqlarni bajarishda o'ziga ishonchning yo'qligi, jarohat olishdan qo'rqish holati, uyalish, umuman, mashg'ulotlarga salbiy munosabatda bo'lish kabilar ularda umumiy qiziqishning pasayib ketishiga olib keladi. Qiziqarli tashkil etilgan mashg'ulot va mashqlar sportchilarda ijobiy irodaviy sifatlarni shakllantiradi. Shuningdek, har bir mashg'ulotda bajariladigan maxsus jismoniy mashqlar sportchilarning irodaviy faolliklarini o'stirishga kuchli ta'sir etadi. Masalan, sportchilarda mustaqil fikrlashni o'stirish uchun ular bilan birgalikda muskullarni o'stiruvchi bir guruh mashqlar o'ylab topish, shulardan yengil va og'ir jismoniy mashqlarni tanlab olish va birgalikda bajarish, mashg'ulotning asosiy qismida bir nechta mashqlarni taqqoslash kabilar juda muhimdir. Sportchilarda chidamlilikni o'stirish maqsadida mashqlarni yuqori mahorat bilan bajarish, ba'zi bir mashqlarni maksimal darajada bajarish, qisqa vaqt ichida aniq ko'rsatkichlarga erishish, qiyin sharoitlarda mashqlarni yuqori texnik va taktik mahorat bilan bajarish asosida yuqori natijalarga erishish (oyoqlarni almashtirib balandlikka sakrash, qarama-qarshi tomondan chopib kelib sakrash, vaziyatni qiyinlashtirib sakrash mashqlarini takror-takror bajarish) talab qilinadi. Shuningdek, sportchilarda irodaviy sifatlarni vujudga keltirish maqsadida maxsus mashqlarni bor kuchini sarf qilish asosida o'z-o'zini irodaviy majburlashga o'rgatish ham juda muhimdir. Irodaviy kuch uslubini tashqi va ichki turlarga ajratish mumkin: 1) tashqi irodaviy kuch sportchining sezgi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.78 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.78 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga