Sportchilarning individual - psixologik xususiyatlarini o'rganish

Sportchilarning individual - psixologik xususiyatlarini o'rganish

O'quvchilarga / Psixologiya
Sportchilarning individual - psixologik xususiyatlarini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

Sportchilarning individual - psixologik xususiyatlarini o'rganish Reja: Sportchilarda irodalilik, g'alabaga intiluvchanlik Sportchi xarakterining rivojlanishi Sportchining shaxs sifatida rivojlanishi Biz sportchilar erishayotgan yutuqlarni o'rganish va tahlil etish jarayonida ularning kelajakda nimalarga qodir yoki qodir emasligi haqida ma'lum darajada tasavvurga ega bo'lamiz. Ammo sportchi ruhiy olamining aqliy, axloqiy, ma'naviy imkoniyatlari to'g'risida oldindan bashorat qilish qiyin. Sportchilarda irodalilik, g'alabaga intiluvchanlik, epchillik, o'zini tuta bilishlik, chidamlilik kabi sifatlarning shakllanishida sport mashg'ulotlarining ahamiyati katta. Shu ma'noda sportchiga xos xarakter xislatlar sport faoliyatida asta-sekin vujudga kela borib, keyinchalik bu xislatlar uning doimiy xarakteriga aylanadi. Masalan, irodaviy sifatlari yaxshi rivojlangan sportchi musobaqalarda yuqori natijalarga erishadi. Bu sportchining ham irodaviy, ham jismoniy jihatdan chiniqqanligidan, ham mustahkam xarakterga ega ekanligidan dalolat beradi. Ammo uning barqaror xarakter xislatlari, ijobiy axloqiy va irodaviy sifatlari sport mashg'ulotlari va musobaqalarda, ta'lim va tarbiya jarayonida, mehnatda shakllanib boradi. Ushbu jarayonning uzluksiz davom etishi esa sportchining yanada yuqori natijalarga erishishiga sabab bo'ladi. Aksincha, sportchining mashg'ulotlarda intizomsizligi, bilim olishga layoqatsizligi, o'qish va mehnatdan bo'yin tovlashi, qo'polligi yoki aldamchiligi kabi salbiy sifatlari uning ham sportda, ham hayotda to'siqlarga bardosh bera olmaslikka, ruhiy tushkunlikka olib keladi. Ibn Sino ta'biricha, kishidagi eng yaxshi sifatlar, avvalo, chidamlilik, axloqiylik va mardlikda ko'rinadi. Mana shu uch ijobiy xislat birgalikda uning xarakterida adolat va mo'tadillikni yuzaga keltiradi. Agar kishida mana shu sifatlar bo'lsa, u hech qachon yomon yo'llarga kirmasdan, o'zini faqat oilasi, jamoasi va jamiyat ravnaqini ta'minlovchi ishlarga bag'ishlaydi. Binobarin, hayotning har bir davri o'ziga xos go'zallikka ega. Shu ma'noda sportchi talabalik yillarida puxta bilim olishi, umuminsoniy xislatlarni o'zida shakllantirishi, ijtimoiy hayotda faol bo'lishi hamda qiyinchiliklardan qo'rqmaydigan shaxs bo'lib yetishishi uchun o'z xarakterini toblab borishi lozim. Buning uchun sportchi o'zida quyidagi xarakter xislatlarni shakllantirishga erishmog'i shart: hayotning hamma sohalarida sermahsul ruhiy faollik holatini vujudga keltirishga odatlanishi; yaxshi xulq, ijodiy bilim va sportchilar uchun zarur xislatlarni egallashi; hayotda qiyin va murakkab sharoitlarga duch kelganida yoki muammoli masalalarni hal etishda, o'z maqsadiga erishishda vijdonli bo'lishi hamda aniq va to'g'ri yo'lni tanlay bilishi lozim. Ba'zi bir sportchilar o'zining xarakteriga mos sport turini tanlashda xatolikka yo'l qo'yadi. Masalan, agar talabalarda insonparvarlik his-tuyg'ulari yaxshi rivojlangan bo'lsa, sportning tajovuzkor harakat qiladigan turlari bilan shug'ullanmagani maqsadga muvofiq. Lekin sportning ayrim turlari uchun tajovuzkorlik juda zarur. Busiz sportda g'alabaga erishish juda qiyin kechadi. Ba'zi bir sportchilar yuqori jismoniy tayyorgarlikka ega bo'lsalarda, sport musobaqalarida tajovuzkor harakatlar ko'rsata olishmaydi. Lekin shu jamoadagi do'sti o'rtacha jismoniy tayyorgarligi bilan musobaqada tajovuzkor harakatlar yordamida yuqori natijalarga erisha oladi. Shuningdek, ba'zi sportchilar o'qish va mashqlar jarayonida kattalar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.3 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 27.3 KB
Ko'rishlar soni 37 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga