Sportchini jismoniy tayyorlashning psixologik asoslari

Sportchini jismoniy tayyorlashning psixologik asoslari

O'quvchilarga / Psixologiya
Sportchini jismoniy tayyorlashning psixologik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Sportchini jismoniy tayyorlashning psixologik asoslari Reja: Sportchilarni jismoniy tayyorlash Jismoniy sifat to'g'risidagi tasavvurlar Tezlik Davomiylik Kuch Tezlik Yuqori ko'rsatkichlar sportida oliy natijalarni qo'lga kiritish uchun sportchilarda zarur jismoniy sifatlarni shakllantirish va tarbiyalash uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishni taqozo etadi. Sportchilarni jismoniy tayyorlash - bu shunday o'ziga xos pedagogik jarayon bo'lib, u sportchilardagi jismoniy sifatlarni takomillashtirishga va ularning oliy sport natijalarini qo'lga kiritishlariga yo'naltirilgan bo'ladi. Jismoniy tayyorgarlik jarayoni o'ziga xos tarkibga ega bo'lib, u o'zida quyidagilarni qamrab oladi: insonning jismoniy sifatlari to'g'risida tushuncha; kishining o'z jismoniy sifatlari to'g'risidagi tasavvuri; jismoniy sifatlarni ularning kompleks namoyon bo'lishida ixtisoslashgan idrok etish. Insonning jismoniy sifati to'g'risidagi tushunchalar avvalo uning harakat faolligi jarayonida va ana shu harakat jarayonining o'ziga xos, muhim jihatlarini hisobga olgan holda egallab boriladi. Jismoniy tarbiya fanining nazariyasi va amaliyotida o'ziga xos tarzda shakllangan bir qator tushunchalar mavjud bo'lib, ulardan kuch, chidamlilik, tezlik, odamning epchilligi, tezlikdagi chidam, kuchning chidamliligi kabilarni alohida tilga olish mumkin. Ushbu tushunchalar ma'lum ma'noda umumiylik kasb etadi. Ularning aniq va oydinlashtirilishi sportdagi harakat faoliyatining turi va maxsus xususiyatlariga bog'liq ravishda amalga oshiriladi. Aniqlashtirish natijasida shtangaga beriladigan kuch, portlovchi kuch, tezlikdagi chidam, harakatlar sur'ati, kuch chidamliligi va hokazo tushunchalar paydo bo'ladi. Kishining o'z jismoniy sifatlari to'g'risidagi tasavvurlari undagi asosiy jismoniy sifatlarning konkret timsollari ko'rinishida namoyon bo'ladi. Jismoniy sifat to'g'risidagi tasavvurlar tarkibiga ular tarkibining alohida elementlaridagi farq darajasi hamda o'lchami kiradi. Bundan tashqari uning tarkibiga sport bilan mashg'ul bo'layotgan shaxsning organizmi funksiyalarini o'zgarishini anglash ham kiritiladi, masalan: zo'riqish va mushaklarning bo'shashishi, nafas olishning tezligi va chuqurligi hamda boshqa jihatlar. Shuni ham ta'kidlash kerakki, kishining o'z jismoniy sifatlari to'g'risidagi tasavvurlari dinamik darajasi bilan xarakterlanadi. Biroq, bu ko'rsatkichlar doimiy barqaror bo'lmaydi. Zero ular kishining funksional imkoniyatlaridan, shuningdek mashq qilganligi darajasidan kelib chiqib doimiy ravishda o'zgarib turadi. Ularni shakllantirish uchun kishidan muskul-harakati hamda organik sezgilarini yuqori darajada faollashtirishi talab etiladi. Jismoniy sifatlarni idrok qilish o'ta murakkab jarayondir, bunda har bir jismoniy sifatning mohiyati umuman uning yuzaga kelishida hamda bajarilayotgan xatti-harakatlar sharoitida o'z ifodasini topadi. Sportchining jismoniy sifatlariga uning tezligi, kuchi, chidamliligi hamda epchilligi kiradi. Jismoniy sifatlarning har bir guruhi o'ziga xos psixologik xususiyatga va psixologik tuzilishga - strukturasiga egadir. Tezlik harakatning vaqtga oid belgilari majmui bilan ifodalanadi (davomiyligini, sur'atini, harakat ritmini). Davomiylik jismoniy sifatlarning eng variativ elementi bo'lib, u sportchi tanasining ayrim qismlari va umuman butun tanasining fazodagi bir joydan ikkinchi joyga ko'chish vaqti bilan o'lchanadi. Sportda ayrim xatti-harakatlar juda qisqa vaqt oralig'ida amalga oshiriladi, bu esa harakatlar tezligi to'g'risida fikr yuritish imkoniyatini beradi. Harakatlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.74 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:06 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 18.74 KB
Ko'rishlar soni 49 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga