Psixologiya yo'nalishi bo'yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchisi Sud psixologik ekspertizasi mavzusini o'qitishda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish BITIRUV LOYIHA IShI Mundarija Kirish Bitiruv loyiha ishining dolzarbligi Respublikamiz hayotining barcha jabhalarida amalga oshirilayotgan tub islohotlar hamda qadriyatlarimizning qayta tiklanayotganligi, milliy, madaniy va ma'rifiy meroslarimizdan xalqimiz hayotida, bolalar tarbiyasida keng foydalanilayotganligi kishilar o'rtasida mehr-oqibat, insoniylik, muruvvatlilik va olijanoblik kabi yuksak fazilatlarning shakllanishiga zamin yaratish bilan bir qatorda yurtimiz fuqarolari turmush faravonligining oshishiga, ularda ertangi kunga nisbatan bo'lgan ishonch hissining shakllanishiga xizmat qilmoqda. Mamlakatimizda iqtisodiy va siyosiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar bilan bir qatorda, o'sib kelayotgan yosh avlodning ta'lim-tarbiyasi, ertangi kuni, jismoniy va aqliy jihatdan barkamol rivojlanishlari borasida ham kishini quvontiradigan darajadagi ishlar amalga oshirilmoqda. O'zbekistonda ta'lim-tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko'tarish, kelajak uchun barkamol avlodni tarbiyalash ishlari Davlat siyosatining ustivor yo'nalishiga aylandi. O'zbekistonda olib borilayotgan islohotlardan asosiy maqsad, yurtimizda sog'lom va barkamol, bilimli, yuksak ma'naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo'lgan avlodni shakllantirishdan iborat. Aynan ana shu maqsadga erishish uchun muhtaram Prezidentimiz I.A. Karimov rahnamoligida yangi davrda yashaydigan, yangicha fikrlaydigan, yangi ishlab chiqarish, ijtimoiy sharoitlarda faoliyat ko'rsatadigan, zamonaviy kasbiy mahoratga ega bo'lgan mutaxassis kadrlar tayyorlashning O'zbek modeli hayotga tadbiq etilmoqda. ta'lim to'g'risidagi Qonun, Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining qabul qilinishi, qolaversa, Prezidentimizning - Mustaqil fikrlaydigan, zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan, o'z yurti, o'z xalqiga fidoiy, biz boshlagan ishlarni davom ettirishga qodir bo'lgan, har tomonlama sog'lom avlodni engib bo'ladimi? Bugun biz o'z oldimizga qo'ygan yuksak maqsadlarga etishda ana shu navqiron avlodimiz hal qiluvchi kuch bo'lib maydonga chiqayotgani barchamizga g'urur va iftixor bag'ishlaydi. Yana bir bor takidlayman, doimo o'rganish, izlanish, yangilikka intilib yashash kerak. Bugungi kunda qaysi davlat yuksak taraqqiyotga erishgan bo'lsa - bu Janubiy Koreya yoki Yaponiya bo'ladimi, Yevropadavlatlari bo'ladimi - bularning barchasidan o'rganish kerak. Bu borada biz uchun hech qanday mafkuraviy cheklashlar yo'q. Biz uchun yagona mafkura - bu O'zbekistonning taraqqiyoti, O'zbekistonning ravnaqi, O'zbekistonning hech kimdan kam bo'lmasligidir - deb takidlashlari yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalashga alohida etibor berilayotganligini ko'rsatib turibdi. Oliy ta'lim muassasalarining ta'lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda ta'lim to'g'risidagi qonun hujjatlari, qonun osti hujjatlari jumladan farmonlar, farmoyishlar, qarorlar va buyruqlar kabi tashkiliy huquqiy hujjatlar qo'llanilmoqda. Yuridik psixologiya fanining nazariy va amaliy muammolari, fanni o'qitishdagi innovatsiyalar, o'quv dasturi, ma'ruza matnlari, keyslar, amaliy topshiriqlar, nazorat savollari shu kunga qadar oliy ta'lim muasasalari professor-o'qituvchilari tomonidan etarli darajada o'rganilmaganligi yuridik psixologiya fani muammolarini, xususan sud psixologik ekspertiza mavzusi muammolarini har tomonlama nazariy va amaliy jihatdan o'rganish va tahlil etishni ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
3.83 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
3.83 MB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: docx