Suhbat metodi. Suhbat metodining umumiy xarakteristikasi. Turmushda va kasbiy suhbat RYeJA: 1. suhbat metodi, uning mohiyati, mazmuni va vazifasi. 2. suhbat turlari va ularning mazmuni, talablari. 3. suhbat jarayonida qo'llaniladigan usullar: ko'rsatma-lilik, kuzatish, o'yin. 4. Turli yosh guruhda suhbat uchun mavzu tanlash va unga qo'yilgan talablar Pedagogikada suhbat metodi og'zaki metodlar majmuasiga kiritilgan bo'lib, barcha ta'lim shakllarida keng kullanuvchi eng samarali metod hisoblanadi. suhbat metodi aniq mavzu yuzasidan bilim va tarbiya berishga yo'naltirilgan savol-javobdan iborat bo'lib, diologik nutqni o'stirishning eng kulay metodidir. suhbat metodida bolalar tarbiyachining, tengdoshlarining savollarini tinglab tushunishlari, savolga mos javobni uylashi, fikrni ifodalovchi gapni grammatik jihatdan to'g'ri tuza olishi, gapga mos so'zlarni tanlay bilishi talab etiladi. suhbat metodi kadimiy metodlardan biri bo'lib, sharq komusiy olimlari tomonidan sinalgan, ishonchli metod sifatida talqin etilgan. sharq mutafakkiri Burxoniddin Zarnuji dars me'yorlari, ta'lim berish usullari haqida fikr yuritib ko'rsatmalilik, tajriba metodlari bilan birga suhbat metodini tavsiya etadi. Uning fikricha narsa, buyum, vokea-hodisalar haqida suhbat qilish uning mazmunini tezrok tushunishga imkon yaratadi. Buyuk mutafakkir Ibn Sino bolalarni guruhlarda o'qitish haqida fikr yuritib, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda suhbat, tushuntirish metodidan foydalanish lozimligini, suhbatning o'qitish, ta'lim berishda samara berishini takidlaydi. Abu Nasr Farobiy fikricha inson tabiatan doimo uziga yaqin kishilar davrasida bo'lish, o'zaro suhbatlashish orqali ma'naviy, axloqiy kamolotga erishadi. Bu urinda Farobiy suhbat metodining jamiyat hayotidagi o'rni, ma'naviy xususiyatini talqin etmokda. suhbat metodida bolalar berilgan savollarni tezda tushunadilar, unga javobni topish va aytishda faollik kursatadilar, bolalar o'zaro bir-birlarining nutqidagi kamchiliklarni tez paykay oladilar, xatolarni tuzatish imkoniga ega buladilar. Demak, suhbat biror mavzuga yo'naltirilgan ikki va undan ortik kishilar o'rtasidagi diologik nutq bo'lib, u bolalar tafakkuri, xotirasi, diqqati, so'z boyligi, nutqning grammatik tomonini bilishi bilan bog'liq bo'lib, nutqiy muloqot vositasi hisoblanadi. suhbat metodining asosiy maqsadi berilgan savolni tushunish, unga javob berishga o'rgatish, shu asosda diologik nutqni o'stirishdan iboratdir. Demak, suhbatni tashkil etish uchun savol tuzish zarurdir. suhbat metodining asosiy vazifasi diologik nutqni shakllantirishdan iborat bo'lib, suhbat uchun mavzu tanlash, u yuzasidan savollar tuzish, savolga beriladigan javobni oldindan uylash kabi jarayonlarni takoza etadi, suhbatga bolalarni tayyorlashni talab etadi. Kirish suhbatining asosiy maqsadi bolalarni mashg'ulot, sayr, ekskursiya, kuzatish jarayonidagi topshiriqlarni bajarishga kiziktirish, ular diqqatini jalb etish, o'quv faoliyatini tashkil etishdan iborat bo'ladi. Yani tarbiyachi kirish suhbatida bolalarning motivatsion-ichki bilish faoliyatini tashkil etadi, kirish suhbatidagi bu faoliyat asosiy suhbatga yul ochadi. Asosiy suhbat yangi bilim berishga mo'ljallangan bo'lib, mashg'ulotning asosiy kismini tashkil etadi, bolalar mavzu bo'yicha bilimlarni suhbat orqali egallaydilar. Asosiy suhbat tarbiyachidan suhbat uchun savollarni ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
258.45 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:06
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
258.45 KB
Ko'rishlar soni
109 marta
Ko'chirishlar soni
19 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:06 ]
Arxiv ichida: pptx