1. Tafakkur haqida tushuncha 2. Tafakkur filo,sotsio,ontogenezi 3. Tafakkur va nutqning o'zaro bog'liqligi 4. Tafakkurni o'rganishga turlicha yondashuvlar Tafakkur filo, sotsio, ontogenezi Tafakkur Inson aqliy faoliyatining yuksak shakli, obyektiv voqealikning ongda aks etish jarayoni. U sezgi, idrok, tasavvurga qaraganda voqelikni to'la va aniq aks ettiruvchi yuksak bilish jarayonidir. Tafakkur jarayonida insonda fikr, mulohaza, g'oya, faraz kabilar vujudga keladi va ular shaxsning ongida tushunchalar, hukmlar, xulosalar shaklida ifodalanadi. Agar hayot va amaliyot davomida odam yangi maqsad, yangi muammo, yangicha ahvol va yangi faoliyat sharoitlari paydo bo'lsa, odamda dastlab tafakkur qilishga zarurat tug'iladi. Inson tafakkuri markazida uning yashashga bo'lgan intilishini, erishilgan tajribani mulohaza qilib undagi zarur jihatlarni ajratib olish orqali vaziyatga ta'sir etish yotadi. Ilk insonda dastlab tashqi dunyo jarayonlari o'rtasidagi aloqni anglash, yuzaki qiyoslash va muvofiqligini bilish tasodifiy yuz bergan deb hisoblanadi. Ibtidoiy kishilar tafakkuri moddiy ifodasini tilda topgan. Tafakkur ko'pgina fan sohalari (falsafa, mantiq, jamiyatshunoslik, fiziologiya, kibernetika, biologiya)ning tadqiqot obyekti hisoblanadi. Insonning inson tomonidan idrok qilinishi ham tafakkur bilan uzviy aloqadordir. Psixologiyada tafakkurning filogenetik (insoniyat paydo bo'lish davri), ontogenetik (kishi umri davomida) bilishga oid tarixiy jihatlarni ham o'rganadi. Tafakkur filogenezida faoliyat motivlarining 2 turi ifodalanadi. -maxsus bilish motivlari -maxsus bo'lmagan motivlar Maxsus bilish motivlarida shaxsni tafakkur faoliyatiga undovchi va uni harakatga keltiruvchi kuchlar bilish ehtiyojlarida namoyon bo'ladigan qiziqish va motivlardan iborat bo'ladi. Maxsus bo'lmagan motivlarda tafakkur sof bilish bilan bog'liq bo'lmagan qiziqishlar ta'sirida emas , balki ozmi-ko'pmi tashqi sabablar ta'sirida boshlanadi. Absrakt tafakkur- mavhum narsalar haqida fikr yuritish Tafakkurning mazmundorligi avvalo u yoki bu narsalar, hodisalar to'g'risidagi voqelikning u yoki bu muhokamalar va tushunchalarda odamlarning ongida qanchalik o'rin olganligidan kelib chiqadi. Sotsiogenez tizimida inson shakllanishining uning ruhiyatida qaror topayotgan tafakkuri bilan aloqadorligi ham muhim hisoblanadi. Shakllanayotgan tafakkur inson sotsiogenezi omillaridan sanalgan holda o'z tashuvchisi bo'lgan insonga to'laligicha tegishli. Masalan: talaba o'z oldiga maqsad qo'yib bilishga qiziqib unga ehtiyoj sezib a'lo baholarga o'qisa unda maxsus bilish motivlari hosil qilinadi. Agar talaba 2 olib stependiya ololmasligidan qo'rqib o'qisa (tashqi ta'sir) unda maxsus bo'lmagan bilish motivlari amal qilmaydi. Lekin tafakkurning dastlabki motivlari qanday bo'lmasin tafakkur qilish jarayonida xuxusiy qilish motivlari ta'sir qila boshlaydi. Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi. ABSTRAKSIYA- shunday bir fikrlash jarayonidirki, bunda tafakkurda aks etilayotgan bir yoki bir necha obyektlarning biror belgisi ( xususiyati, harakati, holati, munosabati) shu obyektlardan fikran ajratib olinadi. Bu jarayonda obyektdan ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
257.6 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:07
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
257.6 KB
Ko'rishlar soni
65 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:07 ]
Arxiv ichida: pptx