Tafakkur inson intelektual taraqqiyotidagi o'rni. Tafakko'rning rivojlanish xususiyatlari

Tafakkur inson intelektual taraqqiyotidagi o'rni. Tafakko'rning rivojlanish xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Tafakkur inson intelektual taraqqiyotidagi o'rni. Tafakko'rning rivojlanish xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

TAFAKKUR INSON INTELEKTUAL TARAQQIYOTIDAGI O'RNI. TAFAKKURNING RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Reja: Tafakkur haqida tushuncha Tafakkur turlari Tafakkurning rivojlanish xususiyatlari Tafakkur haqida tushuncha Tafakkur - narsa va hodisalar o'rtasidagi eng muhim bog'lanishlar va munosabatlarning ongimizda aks ettirilishi. Analiz - narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilish. Sintez -narsa va hodisalarning analizda bo'lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo'laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltirish. Abstraksiya - moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo'lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratish. Inson atrof-olam (narsa, hodisalar, insonlarni) va o'zini turli xil faoliyatlarni bajarish va bu obyektlarga ta'sir ko'rsatgan holda ma'lum bir ijtimoiy va shaxsiy ahamiyatga molik maqsadlarga erishish uchun o'rganadi. Sezgi, idrok va tasavvurlar ixtiyorsiz diqqat va ko'rgazma-obrazli xotira bilan hamkorlikda insonga aniq bir obyektlar va ularning bevosita o'rganiladigan xossalari haqida ma'lumot beradilar. Psixik aks ettirishning bu shakllari inson tomonidan obyektiv reallikni bilishning hissiyotli asoslaridir . Lekin alohida jismlar va real olam hodisalarini bilish istalgan amaliy vazifani hal etishda yuzaga keladigan uch ahamiyatga ega bo'lgan savolga javob topish uchun etarli emas. Shunday qilib, tafakkurni voqelikni umumlashtirilgan va vositalangan aks ettirish sifatida ta'riflash mumkin . Bundan tafakkurning muhim belgilaridan biri umumlashtirish dan iboratligi kelib chiqadi . Voqelikni umumlashtirgan holda aks ettirish birgina odam va zamondoshlarining emas, balki, o'tmish avlodlarining ham tajribasini qayta ishlab chiqish natijasidir . Tafakkur Tafakkur jarayonida inson amaliy faoliyat, obrazlar va tasavvurlar, modellar, chizmalar, belgilar, til kabi jismli va ijtimoiy olamning ahamiyatli aloqa va munosabatlariga kirib borish maqsadida, insoniyat tomonidan ishlab chiqilgan turli xildagi vositalardan foydalanadi . Tafakkurning ikkinchi muhim belgisi voqelikni analizatorga bevosita ta'sir ko'rsatmay, ko'pchilik hollarda asboblar ko'magida olingan qo'shimcha belgilar yordamida anglanadiganlarni tushunish va namoyon qilish imkonini yaratuvchi vositali tarzda aks ettirish dir. Hodisalarning qonuniyatlari, ichki aloqalari bizning ongimizda hodisalarning tashqi belgilarida vositali tarzda namoyon bo'lishi bilan inson ichki, barqaror o'zaro aloqalarning belgilarini aniqlab oladi. Tafakkur - bu narsalar mohiyatini ochib beruvchi g'oyalar harakati. Uning natijasi obraz emas, balki ma'lum bir fikrdir. Tafakkur - bu kiritilgan yo'nalishli-tadqiqiy, qayta o'zgarishli va bilish xususiyatiga ega bo'lgan harakatlar va muolajalar tizimini taxminlovchi alohida turga ega bo'lgan nazariy va amaliy faoliyat. Tafakkur moddiy olam qonuniyatlari, tabiat va ijtimoiy-tarixiy hayotdagi sababiy-oqibat aloqalari, insonlar psixikasi qonuniyatlarini tushunish imkonini beradi. Aqliy faoliyat natijalarini qo'llash sohasi bo'lgan amaliyot tafakkur faoliyatining manbai bo'lib xizmat qiladi. Tafakkur psixik faoliyat sifatida miyaning vazifasi hisoblanadi . Oddiy psixik jarayonlar, masalan, sezgilar uchun asos vazifasini o'taydigan yuqoriroq darajadagi miya ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 141.31 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 141.31 KB
Ko'rishlar soni 54 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga