Ta'lim ijtimoiy madaniy fenomen

Ta'lim ijtimoiy madaniy fenomen

O'quvchilarga / Psixologiya
Ta'lim ijtimoiy madaniy fenomen - rasmi

Material tavsifi

Ta'lim ijtimoiy madaniy fenomen Reja: Jamiyatning dastlabki rivojlanish bosqichlarida bola shaxsiga munosabat xususiyati. Ta'lim jarayonini tuzish uchun asos sifatida inson haqidagi falsafiy-psixologik tasavvurlar. Pedagogik jarayon konsepsiyalari va uning psixologik asoslari. Hozirgi zamon ta'limi, kognitiv-oriyentirovkadan shaxsiy oriyentirovkali ta'lim paradigmalari. Sharq allomalari asarlarida ta'lim-tarbiya jarayoni hamda bilishga qiziqish masalalarining yoritilishi. Yuksak tafakkur namoyandalarining asarlarida bilim olishga keng o'rin berilgan bo'lib, o'tmishda ham, hozirda ham, qayerda ta'lim sohasiga e'tibor yuqori bo'lsa, o'sha yerda taraqqiyot doimo ilgan'ab borganligi yaqqol ko'rinadi. Sharqning qomusiy olimlari asarlarida ta'lim-tarbiya, shaxs kamoloti borasidagi fikrlari bilan birga bilim egallash, ilm olish yo'llari xususida qator ilmiy ma'lumotlar keltiriladi. Jumladan, Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy. Burhoniddin Zarnujiy, Mahmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Umar Xayyom, Abu Hamid Fazzoliy, Alisher Navoiy, Muhammad Rizo Ogahiy, Abdulla Avloniy kabi olim va mutafakkirlarning asarlarida yuqoridagi muammolar yuzasidan atroflicha ma'lumotlar keltiriladi. Qomusiy olim Imom al-Buxoriy ham ilm o'rganishni yuqori darajaga qo'yib, o'z asarlarida quyidagi fikrlarni ilgari suradilar: «Kishi ilm bobida nafaqat o'zidan yuqori yoki tengdoshlaridan, balki o'zidan past bo'lganlardan hadis olmaguncha, yetuk muhaddis bo'la olmaydi». Imom Buxoriy ushbu fikri bilan o'quv faoliyatining ijobiy motivlari ustoz-muallim tomonidan shakllantirilishiga urg'u beradi. Abu Nasr Forobiy esa ko'plab asarlarida bilish masalasiga katta e'tibor beradi. U bilishda ikki bosqichni - hissiy va aqliy bilishni farqlaydi hamda bilishda inson aqlining roliga ahamiyat beradi. Forobiy insonlarni ilmli bo'lishga chaqirib, o'quvchining ijtimoiy hayotda tuigan o'rni va uning o'ziga xos xususiyatlari to'g'risida ibratli g'oyalarni ilgari surgan. U o'quvchiga ta'lim berish, uni ilmli qilish uchun o'qituvchi tinmasdan mashaqqatli mehnat qilsagina o'quvchi o'qishga, ta'lim olishga, bilimli bo'lishga intilishi mumkinligini ta'kidlaydi. O'qituvchi o'quvchiga bilim beraman desa, o'quvchi oldida haqiqatgo'y boiishi kerak, o'zi fahm-faro- satli bo'lib, or-nomusini qadrlashi lozim, shogirdlariga nisbatan adolatli bo'lishi, ko'zlagan maqsadiga erishishida qat'iylik ko'rsata bilishi va o'rnak bo'lmog'i joiz, deya ta'kidlaydi mutafakkir. Forobiy tushunishni, bilimning mohiyatini uqib, anglab olishni quruq yodlashdan ustun qo'yadi, o'quvchiga umumiy qonun-qoidalarni o'zlashtirishni tavsiya etadi, chunki qonun-qoidalarni anglash, uning e'tirofiga ko'ra, juda katta ahamiyatga ega. Allomaning mulohazasiga binoan, har qanday o'quvchi o'z xatti-harakatidan xa- bardor bo'lmog'i, ya'ni o'zini anglagani, zamonaviy psixologiya fani terminologiyasiga ko'ra, o'zini refleksiya qilish ko'nikmalariga ega bo'lishi va shu sa'y-harakatlari tufayli baxtga erisha oluvchi insonligini anglamog'i lozimdir. Forobiy o'quvchining shaxsiga xos qator fazilatlarga xolisona sharh bergan olimdir. Qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning fikricha, inson tafakkuri, aqlining kuchi bir necha bosqichdan iborat. Aqliy kuchlar dastlab mutlaq tinch, sokin holatda bo'ladi. Bolalardagi yozishni, oqisnni o'rganishdagi potensial kuchlar shunga misol bo'la oladi. Abu Ali ibn ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.58 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:07 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 26.58 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga