Tarbiya psixologiyasi haqida

Tarbiya psixologiyasi haqida

O'quvchilarga / Psixologiya
Tarbiya psixologiyasi haqida - rasmi

Material tavsifi

Tarbiya psixologiyasi Reja: Tarbiyaviy texnologiyalarning psixologik jihatlari. Turli yosh bosqichlarida tarbiya xususiyatlari. Shaxs shakllanishiga oilaning ta'siri. Shaxs tarbiyasida madaniyat. Tarbiyaviy texnologiyalarning psixologik jihatlari Jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida ham davr talabiga munosib bo'lgan yosh avlodni tarbiyalash muammosi hamisha dolzarb ahamiyatga molik bo'lib kelgan. Tarbiya tarbiyachi tomonidan tarbiyalanuvchida barqaror axloqiy xislat va xulqiy fazilatlarni tarkib toptirish, shakllantirish maqsadida tarbiyalanuvchining ongiga aniq maqsad yo'lida tarbiyaviy ta'sir etish jarayonidir. Tarbiya - bu shaxsning ijtimoiy, ma'naviy va ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlash maqsadida uning ma'naviy, jismoniy kamolotiga muntazam ravishda ta'sir ko'rsatish jarayonidir. Tarbiya - bolaning ijtimoiy muhitda o'z o'rnini topishni o'rganishi hamda insonning hayotiy ko'nikma va malakalarga ega bo'lishidir. Ta'lim jarayonining markazida shaxsning bilish va anglash jarayoni, uning qobiliyati, ilm o'rganishi yotsa, undan farqli o'laroq tarbiya insonni shaxs sifatida shakllanishiga, uning dunyoqarashi va jamiyatga munosabatiga qaratiladi. Tarbiya - bu alohida jarayon emas, balki o'qitishning bir tomo- ni bo'lib, u bilan umumiy va farqli tomonlarga egadir. Bilim berish va tarbiyaga, asosan, insonning ijtimoiy ko'nikma olish mexanizmining o'ziga xos jihatlarini kiritish mumkin. Tarbiya jarayonida shaxsning sifat va xossasi, ijtimoiy xulq-atvori va shakllari nazarda tutilsa, o'qitishda bilim, ko'nikma va malakalar inobatga olinadi. Tarbiya jarayonining ilmiy asoslari bilan, psixologiyadan tashqari falsafa, sotsiologiya va pedagogika fanlari shug'ullanadi. Holbuki, psixologiya fanisiz tarbiyaning asosiy muammolari hal qilinib bo'lmagan holda to'g'ri qo'yilishi ham mumkin emas, chunki ularni anglash negizida shaxs psixologiyasi, insoniy munosabatlar, har xil ijtimoiy jamoalar psixologiyasini bilish yotadi. Barcha uchun umumiy bo'lgan yoki o'quvchilarga individual tavsiyalar berishda umumiy psixologiya va yosh davrlar psixologiyasiga tayaniladi. Tarbiya uning maqsadlarini aniqlashdan boshlanadi. Tarbiyaning bosh vazifasi - jamiyat hayotida zarur bo'lgan kerakli sifatlarni o'zida mujassamlashtirgan shaxsni shakllantirish va rivojlan- tirishdan iborat. Tarbiya jarayonida doimiy va o'zgarmas maqsad qo'yumaydi, chunki o'zgarmas maqsad har qanday jamiyatga ham mos bo'lavermaydi. Jamiyat tuzilishi va ijtimoiy munosabatlar o'zgarishi bilan tarbiya maqsadi o'zgaradi. Tarbiya turli xil davrlarda va turli xil jamiyatlarda o'zgarmas jarayon bo'lib qolmaydi. Tarbiyaning maqsadlari, mazmuni, shakl va metodlari har bir tarixiy davrda o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladi. Inson shaxsini shakllantirish bo'yicha har bir ijtimoiy tuzum yo'nalishiga mos ravishda talablar qo'yiladi. Tarbiyaning barcha tarixiy davrlar uchun xos bo'lgan ba'zi bir umumiy belgilari ham mavjud. Pedagogik g'oyalar va tarbiyaviy ishni rivojlantirishda muayyan darajadagi aloqa va ma'lum bir davomiylik mavjud. Jumladan, asrlar davomida dars maktabda o'quv mashg'ulotlarini tashkil etishning asosiy shakli bo'lib keldi va shunday bo'lib qolmoqda. Qator o'quv predmetlari mazmuni ma'lum darajada saqlanib qolayapti. Ayni chog'da tarbiyada va ta'lim berishda g'oyaviy tomondan betaraf qoladigan jihatlar borligini ham unutmaslik lozim. Tarbiya va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.13 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:08 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.13 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga