Mavzu: Til, ong va tafakkur Reja: 1. Til haqida tushuncha 2. Ong haqida tushuncha 3. Tafakkur haqida tushuncha Til haqida tushuncha Til deb murakkab muloqot tizimiga yoki shu tizimni o'rganish va ishlatish qobiliyatiga aytiladi. Til asosan muloqot vositasi hisoblanadi. Tilni o'rganuvchi sohaga tilshunoslik deyiladi. Jahon tillari miqdorini aniqlash uchun til va sheva orasida farq o'rnatish zarur. Shunga qaramay, tillar soni 6-7 ming orasida, deb hisoblanadi. Tabiiy til so'zlashuv yoki imo-ishora orqali tarqaladi, biroq har qanday til eshitish, ko'rish, sezish stimullari yordamida yozuv, braille yoki hushtak kabi ikkilamchi vositaga kodlanishi mumkin. Bu odam tili modallikdan mustaqil bo'lgani uchun ilojli. Keng ma'noda til atamasi ostida biror muloqot tizimining tayinli qoidalari majmuasi tushuniladi. Barcha tillar semiozisga, ya'ni belgilarni tegishli ma'nolarga bog'lash jarayoniga tayanadi. Og'zaki va imo-ishora tillari ramzlar ketma-ketligini so'z yoki morfema qilib shakllantiruvchi fonologik tizim hamda so'z va morfemalar ketma-ketligidan ibora va gaplarni hosil qiluvchi sintaktik tizimni o'z ichiga oladi . Odam tili unumdorlik, rekursivlik va siljuvchanlik xususiyatlariga ega ekanligi hamda ijtimoiy kelishuv va o'rganishga butunlay asoslangani uchun unikaldir. Binobarin, uning murakkab tuzilishi hayvonlar muloqotiga nisbatan juda keng ifoda va qo'llanishlar ko'lamini beradi. Til erta homininlar asta-sekin primat muloqot tizimlarini o'zgartira boshlagan paytda, boshqa onglar nazariyasini shakllantirish qobiliyati va intensionallikni o'rganayotganida yuzaga kelgan, deb taxmin etiladi. Ushbu rivojlanish miya hajmi o'sishiga mos kelgan bo'lishi mumkin; aksariyat tilshunoslar til tuzilishini tegishli muloqot va ijtimoiy vazifalarga xizmat qilish uchun evolutsiyalangan, deb qarashadi. Til odam miyasining turli, xususan Broca va Wernicke sohalarida ishlanadi. Odamlar tilni yosh bolalik paytidagi ijtimoiy o'zaro munosabat orqali o'zlashtiradilar va o'rtacha uch yoshga kelib ravon gapira oladilar. Til ishlatish odam madaniyatiga chuqur singgan. Binobarin, til faqatgina muloqot vositasi bo'lib qolmay, balki individuallik, ijtimoiy stratifikatsiya, parvarish va ermak kabi ijtimoiy va madaniy rollarga ham ega. Tilning tafakkur, ijtimoiy ong bilan aloqasi nihoyatda uzviy, chambarchasdir. Til - jamiyat boyligi, u jamiyat a'zolarining o'zaro aloqasini amalga oshiradi, insonning moddiy va ma'naviy turmushida ro'y beradigan barcha voqeahodisalar haqidagi bilimlarni jamlaydi va ulardan xabardor qiladi; til ayni ma'noda asrlar mobaynida shakllanadi va mavjud bo'ladi. Tafakkur tilga qaraganda birmuncha tezroq rivojlanadi va yangilanadi, leki tilsiz tafakkurni tasavvur etib bo'lmaydi: tilda ifodalanmagan fikr noaniq, tushunarsiz bir narsa bo'lib, insonga borliq voqea-hodisalarini anglab yetishida, fanni rivojlantirish va takomillashtirishida yordam bera olmaydi. Tafakkur tilsiz mavjud bo'lmas ekan, til ham tafakkursiz yashay olmaydi. Biz o'ylab turib gapiramiz va yozamiz, o'z fikrlarimizni tilda aniqroq va tushunarliroq bayon etishga harakat qilamiz. Demak, fikrlar til negizida paydo bo'ladi va unda mustahkamlanadi; til bilan tafakkur ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.37 MB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.37 MB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: pptx