Treningda aqliy hujum va bahs-munozara usuli Reja: Treningda aqliy hujum usuli Treningda bahs-munozara usuli Aqliy hujum (breynstorming) usuli Trening jarayonida eng ko'p qo'llaniladigan usullardan biri Aqliy hujum usulidir. Aqliy hujum munozaraning eng erkin shakli hisoblanadi. Bu usulning asosiy vazifasi - g'oyalar generasiyasini ta'minlashdan iborat boTib, ishtirokchilar taklif etayotgan fikr va qarorlar hech qanday tahlilsiz va muhokamasiz qabul qilinadi. Bu shunday usulki, ta'limdagidan farqli o'laroq, muhokama qilinayotgan mavzu yuzasidan har bir ishtirokchi o'z fikrini va qarashlarini bildirishi shart. Trener esa har bir javob variantlarini diqqat bilan tinglashi va e'tirozsiz qabul qilishi zarur. Bunda muhimi bildirilayotgan fikrga balm berish emas, balki ulaming hammasini qabul qilish va har bir ishtirokchi aytayottan fikmi doska yoki flipchart qog'ozga yozib borishdir. Aynan shu usuldan treninglarda juda ko'p foydalaniladi. Chunki bu usul ishtirokchilaming o'z mustaqil fikrini bildira olishining eng qulay yo'lidir. Bu usuldan trening mashg'ulotining boshidayoq foydalanish maqsadga muvoftqdir. Ayniqsa, guruh kayfiyatini bilish, ulaming bilim darajasini aniqlab olish va treningdan nima kutayotganliklarini bilib olishda Aqliy hujum - eng qulay usul hisoblanadi. Aqliy hujum natijasida olingan ma'lumotlar guruh bilan olib boriladigan keyingi ishlar uchun yo'llanma bo'lishi mumkinligini ham trenerlar unutmasliklari kerak. Ya'ni guruhning keyingi ishlari jarayonida guruhning yoki aynan kimningdir awalgi bildirgan fikriga qaytish, aynan guruhning vakuniy xulosasiga qarab ish yo'nalishini o'zgartirish kabilar shular jumlasidandir. Bu usulning trening jarayonida foydali jihatlari ko'p boiib, u ayniqsa quyidagi hollarda juda qo'l keladi: nozik va munozarali savollami muhokama qilish uchun; o'ziga ishonmaydigan ishtirokchilami munozaraga tortish va ularni qiziqtirish uchun - qisqa vaqt mobaynida ko'proq fikr yig'ish uchun. Aqliy hujum usulining muvaffaqiyati ikkita asosiy prinsipga amal qilinishiga bogTiq. Birinchi prinsip, energetika nazariyasi bilan bogiiqdir. Uning mohiyati quyidagicha: insonlar individual holda ishlagandagiga nisbatan guruhiy, birgalikdagi faoliyatda ijobiy va yaxshi g'oyalar tez va oson paydo bo'ladi. Negaki guruhda kimdir tomonidan bildirilgan yaroqsiz g'oya butun guruh tomonidan qo'shimcha fikrlar bilan to'ldiriladi va qayta ishlab chiqiladi. Demak, bu prinsipga asosan, guruhdagilarning fikrlariga hujum qilinsa, ulardan yaxshi va original g'oyalar ko'p chiqadi. Ikkinchi prinsipga ko'ra, agar guruh g'oyalar generasiyasi holatida bo'lsa, u holda о'sha kreativ tafakkumi turli sabablar bilan to'xtatish kerak emas. Chunki bunday holat yangi-yangi g'oyalaming yuzaga kelishiga asos boiadi. Aqliy hujumning afzalliklari: -Ijodiy tafakkurni rivojlantiradi -Standart tafakkur chegaralaridan chiqib ketishga imkon beradi - Oddiy, lekin chiroyli g'oyalar yuzaga kelishi oson amalga oshadi. Aqliy hujumning afzalliklari qatoriga yana uning oson tushuniladigan va oson qoilaniladigan usul ekanligini hamda u yuqori texnologiyali asbob-uskunalami yoki uzoq muddatli o'qitishni talab qilmsligini, shuningdek uning natijalarini osonlik bilan baholash mumkinligini ham qayd ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.34 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
25.34 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: doc