FAN:YOSH FIZIOLOGIYASI VA GIGIYENASI TAYYORLADI:JUMANIYOZOVA JUMAGUL Tush ko'rish Uyquda ma'lum taasurot va obrazlarni idrok etish holati ko'p uchrab turadi. Ongning o'ziga xos bu holati tush ko'rish deyiladi. Tush ko'rish uyquning tez davrida sodir bo'lishi uning po'stloq hujayralari faolligi natijasida ekanini ko'rsatadi. Bu faollikni doimo mavjud bo'lgan kuchsiz ta'sirotlar (xonaning isib ketishi, yoki sovib ketishi, tovushlar, chanqash, ichki a'zolardan birini kasallanishi, isitma va b.) kuchaytiradi. Ular turli tuyg'ularni keltirib chiqaradi, bu tuyg'ular ko'rilayotgan tushga aralashib ketadi. Tush ongda birin ketin namoyon bo'ladigan ko'ruv eshituv, teri-taktil obrazlaridan iborat. I.P.Pavlovning fikricha tush ko'rishning asosi avval kechirgan qo'zg'olishlarning uyqu vaqtida o'ziga xos faollikdan bo'lgan po'stloq hujayralari qayta tiklanishidir. Ma'lumki, ko'rgan eshitganimiz po'stloq hujayralarida qayd qilinadi, nerv tizimida iz qoldiradi. Bedorlik holatida bu izlar paydo qiladigan ko'zg'alishlar ko'pincha tormozlangan bo'lib, faqat eslaganda tormozlanishidan chiqishi mumkin. Tushimizda bo'lib o'tgan voqealarni bevosita ko'rayotgandek bo'lamiz. Tush ko'rish boshdan kechirgan voqealar izlarining miyada qayta tiklanishini asosi bo'lishini ba'zi dalillar isbotlaydi. Masalan, ko'r bo'lib tug'ilgan bola tushida hech qachon ko'ruv obrazlarini ko'rmaydi. es-xushini tanib olgandan keyin ko'r bo'lgan odamning tushida ko'ruv obrazlari namoyon bo'ladi, tushda avval boshdan kechirilmagan, ko'rilmagan, eshitmagan hodisalar uchramaydi. Bo'lib o'tgan hodisalar izining markaziy nerv sistemasida tiklanishi turli xarakterga ega bo'lishi mumkin. Ba'zan tushda o'tgan hodisalarning vaqtdagi va fazodagi tartibi saqlanib qoladi. Ko'pincha tushda ancha ilgari sodir bo'lgan hodisalar kecha-bugungi hodisalarga aralash-quralash bo'lib ketadi. Tushda umuman ko'rilmagan odam yoki tabiatda uchramaydigan hayvon qiyofasini, boshdan o'tmagan hodisalarni ham ko'rish mumkin. Uyquning ultra paradoksal, paradoksal va tormozlanish fazalari farq qilinadi. Odam ko'pincha tushning ultra paradooksal fazasida tush ko'radi. Bu chuqur uyquga ketish yoki odam uxlashdan uyg'onishga o'tayotgan vaqtga to'g'ri keladi. uyg'onishdan va uxlashdan biroz oldin ko'rilgan tushlar esda qoladi. Chuqur uyqu davrida ko'rilgan tushlar ko'pincha esda qolmaydi. Ba'zi odamlar butun umri mobaynida tush ko'rmasligi mumkin. Ba'zi odamlar juda ko'p tush ko'radi. Hayvonlar ham tush ko'radi. Chaqaloq ham tush ko'radi. Gipnoz I.P.Pavlov ishlari shundan darak beradiki, uyqu shuningdek gipnoz vaqtida bosh miya katta yarim sharlar tormozlangan holatda bo'ladi. tabiiy uyqu bilan gipnotik holatning farqi miya po'stlog'idagi tormozlanishning tarqalishidadir. Gipnotik uyquda va gipnotik holatning bir necha fazalari ko'zatiladi. Gipnozda miya po'stlog'ining harakat markazlari tormozlanadi. Masalan, hayvonni birdaniga, kuchli, keskin harakat bilan orqasiga agdarib qo'yilsa, hayvonda harakat markazlari tormozlanadi, u ancha vaqtgacha ko'zini ochib harakat qilolmaydi. Uyqudan gipnozning asosiy farqi gipnozda miya po'stlog'ining ayrim markazlari tormozlanadi. Odamni gipnoz qilinganda nutqning nerv markazlarii uyg'oq qoldirish muhim ahamiyatga ega. Bu markaz orqali vrach yoki gipnozchi bilan gipnoz qilingan odam orasida bog'lanish hosil qilinadi. Gipnoz ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:38:50
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.07 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:09
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:38 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.07 MB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
7 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:09 ]
Arxiv ichida: pptx