Tushkunlik va bezovtalikni boshqarish

Tushkunlik va bezovtalikni boshqarish

O'quvchilarga / Psixologiya
Tushkunlik va bezovtalikni boshqarish - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Tushkunlik va bezovtalikni boshqarish Uraa o'rganamiz Reja: Ruhiy holatdagi muammolar. Tushkunlik qachon muammoga aylanadi. Ruhiy tushkunlikni nima keltirib chiqaradi. Bezovtalik oqibatida tanadagi o'zgarishlar. Inson o'zidagi muammolarni hal eta olishi. Hozir qanday kayfiyatdasiz? Belgilang Dars davomida qanday kayfiyatda bo'lasiz kuzatamiz Ruhiy holatdagi muammolar Hozirda jahondagi har to'rt kishidan bittasi o'z hayoti mobaynida turli ruhiy muammolarga yuz tutmoqda. xalqaro tashkilotlar atigi bir necha yildan keyin ruhiy kasalliklar sog'liq tizimi uchun eng yirik muammoga aylanishini bashorat qilishgan. Bunga sabab nima? Insonlar tobora ko'proq ruhiy kasalliklarga chalinmoqdalarmi, yoki tibbiyot ularning ko'proq turini aniqlab, kasallik sifatida tan ola boshladimi? Bu holat keng tarqalganligiga qaramay, unga chalinganlarni kamsitish yoda ularga yovqarash hanuz saqlanib qolgan. Tushkunlikka tushganlar zaif inson sifatida ko'riladi. Ruhiy holatdagi muammolar Tushkunlik qachon muammoga aylanadi O'z hayoti mobaynida har qanday inson ba'zi hodisalarga javoban qayg'uga tushishi normal holat. Lekin qayg'uli ruhiyat saloamtlik muammosiga aylangan vaqti ham bo'ladi. Klinik ruhiy tushkunlik - depressiya nima?Inson normal holatda hayotning past-balandliklariga bardosh berib, o'zi va yaqinlari g'amini yeyishni davom ettiradigan, o'z mavjud potentsiallaridan foydalanish va jamiyatga foyda keltira oladigan vaziyatda bo'ladi. Har qanday inson qayg'uga botgan yoki asabiylashish holatini boshdan kechiradi. Lekin bu alomatlarning ruhiy kasallikka aylanganligining dastlabki belgisi - bu holatning uzoq, mutassil davom etishi va turtki sifatida biron hodisa yuz bermagan vaqtda ham ro'y berishidir. Tushkunlik asosan ikki keng guruhga bo'linadi Asabiy Psixologik Asabiy Asabiy guruhga inson normal holatining anchayin sezilarli turlari kiradi, masalan depressiya, kuchli mutassil havotir yo-da biron harakatni qayta-qayta qilaverish. (masalan, qo'lni qayta-qayta yuvaverish, hamma narsaning hamisha o'z o'rnida bo'lishiga intilish kabi). Bu kabi alomatlarni o'z hayoti mobaynida taxminan har 10 kishidan bittasi boshdan kechiradi. Psixologik Psixologik turdagi tushkunlikni esa taxminan har 100 kishidan biri boshdan kechirib, ular shaxsning voqelikni qabul qilishi, va shu asosda fikrlashi, qarorlar qabul qilishiga ta'sir ko'rsatadi. Ularga shizofreniya va bipolyar kasalliklari kiradi. Ruhiy kasalliklar keng tarqalgan bo'lsa ham, ko'plar undan halos bo'la oladilar yoki u bilan qanday yashash yo'llarini o'rganadilar. Ruhiy tushkunlikni nima keltirib chiqaradi? Ruhiy tushkunlik, depressiyani aynan nima keltirib chiqarishi noma'lum. Ammo jismoniy, psixologik va atrof-yaqindagi holatlar birgalikda omil bo'lishi aytiladi. Ko'plab ruhiy kasalliklar avlodlar osha qaytalagani uchun irsiy bog'liqlik bor degan taxminlar ham bor. Mutaxassilarning ishonishlaricha, aksar ruhiy kasalliklar bir qator genlardagi o'zgarishlarga bog'liqdir va bu kabi genga ega bo'lganlar ruhiy kasallikka chalinishga moyil bo'ladilar. Ammo bu genning o'zi kasallikni keltirib chiqarmaydi. Demak, inson bu kabi irsiy merosga ega bo'lishi mumkin lekin bu degani albatta kasallik rivojlanadi deganini anglatmaydi. Yaxshilik haqida o'yla Do'stlaring davrasida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.89 MB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:09 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.89 MB
Ko'rishlar soni 80 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga