O'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va psixololgik-pedagogik tashxis markazi Umumiy o'rta ta'lim maktablarida PSIXOLOGIK XIZMAT XONASI Umumiy o'rta ta'lim maktablarida PSIXOLOGIK XIZMAT XONASI Umumiy o'rta ta'lim maktablarida psixologik xizmat xonasi «ta'lim to'g'risida»gi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 13 maydagi «O'zbekiston Respublikasida umumiy o'rta ta'limni tashkil etish to'g'risida»gi 203-sonli qarori hamda Xalq ta'limi vazirligining 2002 yil 1 avgustdagi 118-sonli buyrug'i bilan tasdiqlangan «Xalq ta'limi tizimida psixologik xizmat to'g'risida muvaqqat Nizom» asosida tashkil etiladi. Psixologik xizmat xonasi - O'zbekiston Respublikasi hududidagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida o'quvchilarning shaxsiy va intellektual jihatdan rivojlanishini tashxis qilish, ta'lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, mavjud kamchilik va buzilishlarning oldini olish, shuningdek, o'quvchilarning qobiliyatlari, kasb-hunarga moyilliklari, qiziqishlari va ko'nikmalarini hisobga olgan holda, ularga akademik litsey yoki kasb-hunar kollejlaridagi ta'lim yo'nalishini tanlashda ko'maklashish maqsadida tashkil etiladi. Mazkur xonani tashkil etish to'g'risidagi tavsiyalar xalq ta'limi vazirligining 2001 yil 6 noyabrdagi «Umumiy o'rta ta'lim fanlari uchun ko'rgazmali qurollar texnik vositalar va boshqa texnik jihozlarni yaratishni takomillashtirish to'g'risida»gi 160-sonli buyrug'i asosida ishlab chiqildi. Psixologik xizmat xonasining jihozlanishi barcha psixologik, fiziologik, pedagogik, sanitariya-gigiyena, texnika xavfsizligiga rioya qilib, psixologik xizmat uchun kirgan har bir shaxsga (o'quvchi, o'qituvchi va ota-ona) fikrlarini jamlashga, erkin harakatlanishiga va psixologik xizmat ko'rsatish uchun barcha shart-sharoitlar mavjudligi bilan boshqa fan xonalaridan farq qiladi. Psixologik xizmat xonasining asosiy maqsadlari: - shaxs manfaatlari va ta'lim ustuvorligi, uzluksiz ta'lim jarayonida milliy o'zlikni anglash, milliy qadriyatlarni o'zlashtirish, barkamol insonni shakllantirish, ta'lim ehtiyojlarini qondirish, o'quv jarayonida o'quvchining qobiliyatlari, imkoniyatlari, o'ziga xos (individual) xususiyatlarini o'rganish, maqsadli yo'naltirish va rivojlantirish; - o'quvchilarning shaxsiy va intellektual rivojlanishini tashxis qilish, ta'lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, o'quvchilarning aqliy taraqqiyotida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday salbiy og'ishlarni o'z vaqtida oldini olish; - maktab pedagogik jamoasini hamda o'quvchilar va ota-onalarni psixologik bilimlarni egallashga jalb etish, ularning psixologik madaniyatini oshirishga qaratilgan turli mashg'ulotlar, o'quvlar, ma'ruzalar, treninglar, individual suhbatlar uyushtirish kabi ishlarni amalga oshirish O'quv jarayonida o'quvchining qobiliyatlari, imkoniyatlari, o'ziga xos xususiyatlarini o'rganish, maqsadli yo'naltirish va rivojlantirish Shaxsiy va intellektual rivojlanishni tashxis qilish, ta'lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, o'quvchilarning aqliy taraqqiyotidagi salbiy og'ishlarni o'z vaqtida oldini olish Psixologik madaniyatni oshirishga qaratilgan turli mashg'ulotlar, o'quvlar, ma'ruzalar, treninglar, individual suhbatlar uyushtirish Psixologik xizmat xonasining asosiy maqsadlari Psixologik xizmat xonasining asosiy vazifalari: - o'quvchilar, o'qituvchilar va ota-onalarga psixologik maslahat berish, psixologik tashxis, psixologik korreksiyaga oid tadbirlarni o'tkazish; tarbiya va axloq haqida o'qituvchilar va murabbiylar bilan hamkorlikda maxsus kechalar, davra suhbatlari, ko'rik tanlovlar, korreksion mashg'ulotlar, psixologik treninglar va o'quvchilar orasida tushuntirish ishlarini tashkil etish; shaxs va jamoaga ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.51 MB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
5.51 MB
Ko'rishlar soni
55 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: ppt