Umumiy psixologiya fanining predmeti, vazifalari va metodlari Reja: Psixologiya fanining predmeti, maqsadi va vazifalari. Psixologiya fanining tamoyillari. Psixologiyaning asosiy metodlari. Hozirgi mustaqillik sharoitida psixologiyaga bo'lgan talab-ehtiyoj juda kuchayib ketdi. Yoshlar ma'naviyatini boyitish uchun ularning dunyoqarashi, tafakkuri, irodasi, umuman olganda ongini o'stirish zarur. Buning uchun eksperimental ishlarni kuchaytirishi, ta'lim jarayonini yangi texnologiyalar asosida qayta qurishi lozim. hozirda Respublikamiz universitetlarining psixologiya bo'limlari, kafedra, laboratoriyalari ilmiy fikrlar markaziga aylantirildi. Mazkur muassasalarda psixologik tadqiqotlar o'tkazilib, psixik jarayonlar, holatlar, shaxsning individual xususiyatlari, hissiy-irodaviy sohasiga doir nazariy va amaliy bilimlar ho'lga kiritildi. Ayniqsa, fan sohasida tadqiqotlar shu darajada ko'paydiki, ular ma'lum qonun qoidaga tayanishi lozim. Shu bois olib borilayotgan izlanishlarga asos bo'lishi uchun tamoyillar ishlab chiqildi. Shunga ko'ra psixologiyaning tamoyillari quyidagicha: 1. Determinizm tamoyili; 2. Ong va faoliyat birligi tamoyili; 3. Psixika va ongning faoliyatda rivojlanishi tamoyili. Psixologiya tamoyillarining jadval ko'rinishi. Tamoyil - ma'lum faoliyatni bajarishda tayaniladigan dastlabki qoidalar tizimidir. Determinizm tamoyiliga ko'ra, psixika yashash sharoiti bilan belgilanadi va sharoit o'zgarishi bilan o'zgaradi. hayvonlar psixikasining taraqqiyoti tabiiy saralanish bilan, odam psixikasi taraqqiyoti esa ijtimoiy taraqqiyot qonunlari bilan belgilanadi. Ong va faoliyat birligi tamoyiliga ko'ra, ong va faoliyat bir-biriga qarama-qarshi ham, aynan bir narsa ham emas. Ular bir butunlikni tashkil etadi. Ong faoliyatni ichki rejasini, dasturini tashkil etadi. Bu tamoyil psixologlarga inson xulq-atvori, xatti-harakatlari va faoliyatlarini o'rganish orqali xatti-harakatlardan ko'zlangan maqsadlarga, muvaffaqiyatlarga erishishni ta'minlovchi ichki psixologik mexanizm, ya'ni psixikani obyektiv qonuniyatlarini ochishga imkon beradi. Psixika va ongning faoliyatda taraqqiy etish tamoyiliga ko'ra, psixikaga taraqqiyot mahsuloti va faoliyat natijasi deb qaralsa, uni to'g'ri tushunish hamda tushuntirib berish mumkin. Bu tamoyil L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, V.M.Teplov kabi psixologlar ishlarida o'z aksini topgan. L.S.Vigotskiy ta'lim psixikani rivojlantirishga yo'naltirishini, P.P.Blonskiy esa tafakkurning kichik maktab yoshida o'yinlar bilan o'spirinlik yoshida o'qish bilan bog'liq tarzda rivojlanishini tahlil qildi. S.L.Rubinshteyn Ong faoliyatda paydo bo'lib, faoliyatda shakllanadi degan edi. Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy tadqiqot metodlari Malumki, har qanday fan o'z predmetiga ega. Psixologiyaning predmeti psixika bo'lib, u obyektiv olamni psixik hodisalar asosida aks ettirib, yuzaga kelgan va shakllangan obraz subyekt faoliyatini, xulq-atvorini maqsad sari yo'naltiradi. Bundan tashqari har qanday fan qandaydir hodisa qonuniyatlarini bilish uchun malum bir metodlardan foydalanadi. I.P.Pavlov Metodning qo'lida tadqiqot taqdiri yotadi degan edi. Metodlar tizimi fanning umumiy metodologiyasiga birlashadi. Metodologiyani keng manoda oladigan bo'lsak, u malum tizimga ega bo'lgan va bilimlarni izlab topishga qaratilgan, mantiqan ketma-ketlikka ega bo'lgan metodlardir. Ko'pchilik olimlar bu atamani ilmiy metod tushunchasiga mos tarzda tushunadilar va foydalanadilar, metodologiya faqat ilmiy tarzda qabul qilinishi deb takidlaydilar. Metodologiya (yunoncha methodes - ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.71 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
34.71 KB
Ko'rishlar soni
68 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: doc