Uyqu, tush ko'rish, gipnoz Reja: 1 Uyqu, tush ko'rish, gipnoz. 2 Uyquning buzilishlari. 3 Tush ko'rish. 4 Gipnoz Uyqu ovqatlanishdan zarur bo'lgan fiziologik jarayondir. Odam ovqatlanmasdan bir necha kecha-kunduz yashashi mumkin, lekin uch kun uxlamasa avtomatik ravishda uxlab qoladi. Odam umrining deyarli uchdan bir qismini uyquda o'tadi. Uyqu yuqori darajada rivojlangan hayvonlar uchun ham zarur. It ovqatsiz ancha uzoq yashashi mumkin, ammo uyqudan mahrum qilinganda tez xalok bo'ladi. Uyqu vaqtida odam xushidan ketadi, markaziy nerv sistemaning, xususan miya po'stlog'ining faolligi pasayadi, muskul tonusi va sezgirlik susayadi. Shartsiz reflekslar kuchsizlanadi, shartli reflekslar esa tormozlanadi. Ichki a'zolar faoliyati ham sustlashadi. Uyquning bir necha turi bor 1) kecha-kunduzgi davriy uyqu, 2) faslga bog'liq ravishda uyqu, 3) narkotik uyqu, 4) gipnotik uyqu, 5) patologik uyqu. Davriy uyqular-oddiy sharoitdagi fiziologik holatdir. Narkotik, gipnotik va patologik uyqular maxsus nofiziologik ta'sirotlar natijasida rivojlanadi. Gipnotik uyqu-ko'pchilikda qiziqish uyg'otadi Bu uyqu maxsus sharoitda gipnozchi tomonidan ishontirish yo'li bilan paydo qilinadi. Gipnoz vaqtida miya po'stlog'i faoliyati tormozlansa-da tashqi muhit bilan aloqa qisman saqlanib qoladi, gipnozlangan shaxs gipnozchi ko'rsatmalarini bajaradi. yashash sharoiti og'ir bo'lgan hududlarda uchraydigan hayvonlarga faslga bog'liq uyqu xos. Masalan, O'rta Osiyo sahrolarida yashovchi qo'shoyoq (tushkanchik) bahor va yoz boshlarida juda faol bo'lib, ko'p ovqat yeydi, semiradi. Kun haddan tashqari isib, o'simliklar qurib qolganda, fasliy uyquga ketadi. Fasliy uyqu boshqa sharoitda yashovchi hayvonlarga ham xos (ayiq). Narkotik uyquni maxsus narkotik moddalar paydo qiladi. Davriy uyqu har kungi uyqu bo'lib, katta yoshli odamlarda bir bosqichli bo'ladi tunda bir marta yetib, uxlab turiladi. Bolalarda bir uyqu ko'p bosqichli. endi tug'ilgan chaqaloq bir kecha-kunduzda 21 soat, 6 oydan 12 oylik bo'lgan bola 14 soat, 4 yoshda-12 soat, 10 yoshda-10 soat uxlaydi. Kattalarning tungi uyqusi 7-8 soat davom etadi. Bedorlik holatidan uyquga o'tish asta-sekin emas bir zumda sodir bo'ladi Bedor bo'lgan katta yoshli odamning eeG sida chastotasi 13Gts yuqori bo'lgan kichik amplitudani to'lqinlar qayd qilinadi. Osoyishta ko'zini yumib o'tirgan odamning eeG si alfa-ritm qiyofasiga kiradi (8-12 Gts li kichik amplitudali tulqinlar 1-bosqichli). Odam uxlashi bilan teta-ritm paydo bo'ladi, to'lqinlar chastotasi 3-7 Gts dan oshmaydi (2-bosqich). Uyqu chuqurlashganda, tetv-ritmga 12-15 Gts li, davomi 1s bo'lgan uyqu duklari qo'shiladi (3-bosqich). Uyquning chuqurlashuvi yanada davom etadi, endi yuqori amplitudali, 0,5-2 Gts chastotaga ega bo'lgan to'lqinlar delta-ritm qayd qilinadi Uyquning 5-bosqichiga ko'z soqqalarining tez harakatlanishi xos. Shuning uchun, uni uyquning tez davri deb atashgan. eeG da yuqori chastotali, kichik amplitudali, to'lqinlar paydo bo'ladi. Miya po'stlog'ining elektr faolligi desmixronizatsiyaga uchraydi. Shu vaqtda uxlab yotgan odam uyg'atilsa, u tush ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.18 MB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.18 MB
Ko'rishlar soni
77 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: pptx