Xarakter aksetuansiyasini o'rganish

Xarakter aksetuansiyasini o'rganish

O'quvchilarga / Psixologiya
Xarakter aksetuansiyasini o'rganish - rasmi

Material tavsifi

XARAKTER AKSETUANSIYASI O'RGANISH Reja Xarakter aksentuatsiyasi to'g'risida ma'lumot berish. Xarakter aksetuansiyasi tesi Xarakter aksentuatsiyasi turlarini tadqiq Etish Xarakter aksentuatsiyasi (urg'u berish) - bu xarakter sifatlarini birortasini kuchaytirish, urg'u berish bo'lib, buning natijasida ma'lum psixogenlik nozik tanlolganlikni namoyon qilinadi va shu vaqtning o'zida boshqa xarakter sifatlari barqaror bo'lib, qolaveradi. (A.E.Lichko). A.E.Lichko qo'llagan tizimda P.B.Gannushkin, CH.E.Suxarova klassifikatsiyasi va K.Leongardning kattalarda xarakter aksentuatsiyasi turlariga asoslanadi. Ammo A.E.Lichkoning tizimi o'zining ikki xususiyat bilan ajraladi. Birinchidan, u maxsus o'smirlarga mo'ljallangan. Ikkinchidan, u psixontiyani, ya'ni xarakter va uning aksentuatsiyasini patologik o'zgarishlarini barcha normaning xillarini hisobga oladi. A.E. Lichko quyidagi aksentuatsiya turlarni (II turlar) ifodalaydi: 1. Gipertim turlari - ushbu turdagi o'smirlar harakatchan, kirishimli, sho'x bo'ladilar, ular bor joyda doimo shovqin suron bo'ladi. Umumiy qobiliyatlarini asosida ular barqarorlik, tartib - intizomsizlikni namoyon qiladilar, bir tekis o'qimaydilar. Kayfiyatlari doimo yaxshi. Ularda tez-tez kattalar bilan kelishmovchiliklar paydo bo'lib turadi. Ularning qiziqishlari turli - tumandir, lekin ular yuzaki va tez o'tadigandir. Ushbu turdagi bolalar o'z qobiliyatlariga ortiqcha baho beradilar, o'zlarini ko'rsatishga intiladilar, maqtanchoq, boshqalarda o'zlari haqida yaxshi fikr uyg'otishni istaydilar. . Sikloid turi. Yuqori darajada asabiylashuvchan, apatiyaga moyil. Ular uyda yolg'iz bo'lishga intiladilar. Noxushliklarni boshdan og'ir kechiradilar, o'zlarida mavjud kamchiliklar haqida gapirilganda asabiylashadilar. Ularning kayfiyatlari tez ko'tarilib, tez pastga tushadi. Labil turi. Ushbu tur kayfiyat jihatidan juda o'zgaruvchan va oldidan aytib bo'lmaydigan xususiyatlarga ega. Ularni kayfiyatini o'zgarishiga hattoki juda arzimas turli sabablar ko'rsatish mumkin. Ularning hammasi jiddiy muvaffaqiyatsizlik va noxushliklarsiz ham g'amgin, xafa, ma'yus bo'lib qolishga moyildir. (A.E.Lichko). Ularning kayfiyati xulq-atvor bilan bog'liqdir. Shuning uchun ham ular kayfiyatlaridan kelib chiqqan holda kelajaklarini goh yorqin, goh aksincha tasavvur qiladilar. Bunday o'smirlar ko'pincha psixologik yordamga muhtojdir. Ular atrofdagilarni ularga bo'lgan munosabatlarini yaxshi his qiladilar. Astenonervotik turi. Ushbu tur shubxalanuvchan, tajang, qaysar, tez charchovchi, asabiylashadigandir. Ayniqsa qiyin aqliy ish ularni toliqtiradi. Senzitiv turi. Ularga sezgirlik xosdir. Ushbu o'smirlar katta davralarni, tavakkalchilikni, harakatchanlikni va sho'x o'spirinlarni yoqtirmaydi. Ularga uyatchanlik xos bo'lib, ko'p hollarda ular odamovi kishilar kabi qabul qilinadilar. Ular faqat o'zlariga yaxshi tanish kishilar, bolalar bilan ochiq munosabatda bo'ladilar. Ular bo'ysinuvchan bo'lib, o'z ota-onalariga juda bog'langanlar. O'spirinlikda qoniqmaslik kompleksi yuzaga kelishi mumkin. Ular mas'uliyat hissi, o'ziga va atrofdagilarga bo'lgan axloqiy talablarni erta anglaydilar. O'z qobiliyatidagi kamchiliklarni murakkab faoliyat turlarini tanlab to'ldiradilar. Ushbu o'smirlar do'stlarni tanlashda o'ta talabchan, do'stga bog'langan, o'zlaridan katta do'stlarini hurmat qiladilar. Psixoastenik turi ushbu yoshlarga ilk intellektual rivojlanish, o'ylovchanlik, o'z-o'zini tahlil qilish, boshqa odamlarga, ularni xatti - harakatlariga baho berish xosdir. Ular ishdan ko'ra so'zda o'tkirlar. Ulardagi o'z-o'ziga bo'lgan ishonch ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.25 MB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:10 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.25 MB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga