Xayol jarayonlari va uning turlari REJA: Xayol jarayonlari. Xayol turlari. Xayol haqida tushuncha. TAYANCH TUSHUNCHALAR: Xayol - odamning ongida ilgaridan bor bo'lgan vaqtli aloqalarning qaytadan tiklanishi va bir-biri bilan yangicha qo'shilishi orqali narsa va hodisalarning yangi obrazlarini hosil qilish. Agglyutinatsiya - «elimlash» degan ma'noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Giperbolizatsiya - obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o'zgartirishdir. Urg'u berish - ayrim belgilarni ta'kidlash orqali obrazlar yaratish. Xayol jarayonlari. Xayol jarayonlari ham idrok, xotira, tafakkur kabi analitik va sintetik xarakterga ega. Analiz idrok va xotiradek ob'ektning ayrim umumiy belgilarini ajratish va saqlash hamda muhim bo'lmagan belgilardan chetlashish imkoniyatini beradi. Analiz va undan keyingi sintez natijasida andaza, etalon hosil qilinadi. Shu etalonga suyangan holda tashqi olam, borliq, predmetlar va hodisalar o'rganiladi. Analiz va sintez xayol jarayonida boshqacha o'ringa va yo'nalishga ega. Analiz va sintez xayol jarayonida boshqacha o'ringa va yo'nalishga ega. Albatta bunda yangilik va eskilik o'rtasidagi izchillik saqlanib qoladi. Xayol jarayonlarida tasavvurlar sintezi turlicha amalga oshiriladi. AGGLUTINASIYA Agglutinasiya - kundalik hayotimizda birlashtirib bo'lmaydigan turli sifatlar, xususiyatlar va qismlarni yopishtirib birlashtirishdan iborat xayol jarayoni. Agglutinasiya yo'li bilan ko'proq ertak obrazlari yaratiladi (suv parisi, tovuq oyog'ida turgan uy, pegas, kentavr va shu kabilar). Agglutinasiyadan texnik ijodda ham foydalaniladi (tank amfibiya, gidrosamolyot). GIPERBOLIZASIYA Giperbolizasiya narsalarni kattalashtirish, kichraytirish, ularning ma'lum qismlarining sonini ko'paytirish, ularning o'rnini almashtirish orqali yangi obrazlar yaratish. Bunga misol qilib ko'p qo'lli xudolarning obrazi (hind afsonalarida), tog'dek katta odam, no'xatdek kichik polvon, etti boshli ajdarlar va shu kabilar giperbolizasiya yo'li bilan yaratilgan obrazlarni keltirish mumkin. URG'U BERISH Fantaziya obrazlarini yaratishning yana bir yo'li narsalarning qandaydir sifatlarini, belgilarga urgu berish, ularga diqqatni turli yo'llar bilan jalb qilishdir. Bu usullar ayniqsa satirik jurnallarda ko'p qo'llaniladi. Bu usul bilan o'rtoqlik hazillari va turli karikaturalar yaratiladi. SXEMATIZASIYA (sxemalashtirish) - biror mavjud narsadan andaza olib, shu andaza asosida obrazlar yaratish. Masalan rassomlar turli o'simliklarning obrazi asosida naйshlar yaratadilar. Yangi xayol obrazlarini yaratishning yana bir usuli, TIPIKLASHTIRISH. Tipiklashtirishdan badiiy adabiyotda keng qo'llaniladi. Bu usul yordamida biror hodisaga, kishilar toifalariga, davrga xos yoki ularda ko'p takrorlanuvchi belgilar ma'lum obrazlarda gavdalantiriladi. Xayol turlari XAYOL TURLARI. Xayol o'zining faolligi va aktivligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga xayol kishini faollikka undovchi kuch, turtki sifatida ham ishlaydi. Lekin ayrim hollarda xayol faoliyatning o'rnida, ya'ni soxta faoliyat sifatida harakat qilishi mumkin. Odam og'ir ahvolga tushganda, biror masalani echa olmaganda, o'z xatolaridan qochishga harakat qilgan kabi hollarda u foydasiz orzularga, real hayotdan uzoq fantastika olamiga kirib ketishi mumkin. Bunday ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
109.84 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
109.84 KB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
14 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: pptx