XAYOL XUSUSIYATLARI VA FENOMENLARI Xayol va uning fiziologik asosi haqida tushuncha. Xayol turlari va jarayonlari. Xayol va ijodkorlik. Xayolning individual xususiyatlari va rivojlanishi Insonning yer sayyorasida yashovchi birorta mavjudotga xos bo'lmagan sifat - yangilik yaratish qobiliyatini o'rganib, inson psixikasining yana bir noyob hodisasi bilan to'qnashamiz. Uning mohiyati insonning o'z ongida real voqelikda hali mavjud bo'lmagan obrazni yaratishdan iborat, bunday obraz yaratishning asosini esa o'tmish tajribasi tashkil etadi. Idrok, xotira va tafakkur bilan bir qatorda inson hayotiy faoliyatida xayol ham muhim o'rinni egallaydi. Xayol bilish jarayoni bo'lib, unda voqelik vositali tarzda aks etadi. Aks ettirishning vosita materiallari sifatida idrok obrazlari, xotira taassurotlari namoyon bo'ladi. Tafakkur kabi xayol ham o'tmish tajribasini qayta ishla bilan yangi bilimlarni yaratishga qaratilgan. Xayol - bu real voqelikni aks ettiruvchi taassurotlarni, qayta tuzish va shu asosda yangi taassurotlarni yaratish jarayoni. Xayol - bu obraz, tasavvur yoki g'oya shaklidagi yangilik yaratishning psixik jarayoni. Xayol obrazlari idrok obrazlari va xotira tasavvurlaridan ularda inson hali duch kelmaganlari aniqlanishi va shu tarkibda bo'lishi bilan farq qiladi. Bular inson ko'z o'ngida sodir bo'lmagan va bo'lishi mumkin bo'lmagan hodisalar, dalillar, voqealardir. Xayol obrazlari o'zida sodir bo'lishi kutilgan voqea va hodisalarni tutishi mumkin. SHu bilan birga, xayollarda kashf etilgan yangilik doimo haqiqatda mavjud bo'lganlar bilan u yoki bu darajada bog'langan bo'ladi. Xayol - bu real voqelikni aks ettiruvchi taassurotlarni, qayta tuzish va shu asosda yangi taassurotlarni yaratish jarayoni. Xayol - bu obraz, tasavvur yoki g'oya shaklidagi yangilik yaratishning psixik jarayoni. Xayol obrazlari idrok obrazlari va xotira tasavvurlaridan ularda inson hali duch kelmaganlari aniqlanishi va shu tarkibda bo'lishi bilan farq qiladi. Bular inson ko'z o'ngida sodir bo'lmagan va bo'lishi mumkin bo'lmagan hodisalar, dalillar, voqealardir. Xayol obrazlari o'zida sodir bo'lishi kutilgan voqea va hodisalarni tutishi mumkin. SHu bilan birga, xayollarda kashf etilgan yangilik doimo haqiqatda mavjud bo'lganlar bilan u yoki bu darajada bog'langan bo'ladi. Xayol obrazlari idrok obrazlariga, shuningdek, xayolda chuqur o'zgarishlarga uchraydigan xotira tasavvurlariga ham tayanadi. Xayol turlari tasniflanishining bir necha xillari mavjud, ularning har biri asosida xayolning ahamiyatga molik belgilari: faollik, inson maqsadlari bilan aloqasi, yangi obrazlar yaratish mustaqilligiga egadir. Faollik belgisi bo'yicha xayol faol va sust xayolga bo'linadi. Xayol jarayonlari - Xayol jarayonlari insonning tajribasi va bilim doirasi, shuningdek o'tmish tajribalari bilan belgilanadi. Agglyutinatsiya - «elimlash» degan ma'noni bildirib, unda turli qismlarni bitta qilib yangi obraz yaratiladi. Masalan: yalmog'iz kampir, suv parisi, kentavr, ssfinks obrazlari va boshqalar. Giperbolizatsiya - obrazlarni kattalashtirish yoki kichiklashtirish shuningdek, alohida qismlarni o'zgartirishdir. Masalan: Gulliver, liliput, Alpomish, Rustam pahlavon ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
507.41 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:10
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
507.41 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:10 ]
Arxiv ichida: pptx