Xotira to'g'risida umumiy tushuncha

Xotira to'g'risida umumiy tushuncha

O'quvchilarga / Psixologiya
Xotira to'g'risida umumiy tushuncha - rasmi

Material tavsifi

XOTIRA TO'G'RISIDa UMUMIY TUSHUNCHA Biz sezgan, idrok qilgan narsalar iz qoldirmasdan yo'qolib ketmaydi, balki ma'lum darajada esda olib qolinadi, ya'ni esimizda saqlanib qoladi va qulay sharoitda yoki kerak bo'lganda esimizga tushadi. Shuningdek, kechirilgan tuyg'u, fikr va qilingan ish-harakatlarimiz ham esimizda saqlanib qoladi va keyinchalik esimizga tushadi. Buni har kim o'z tajribasidan yaxshi biladi. Masalan, o'quvchilar maktabda o'qitilayotgan narsalarini esda olib qoladilar, esda saqlaydilar va esga tushiradilar. Kundalik tajribamiz ko'rsatadiki, esda qolgan narsalarning hammasi ham esimizga tushavermaydi, ulaming bir qismi unutiladi. Unutish ham xotiraga oid hodisadir. Ta'sirotlarning ana shunday esda qoldirish va keyin esga tushirishning fiziologik asosi muvaqqat nerv bog'lanishlaridir, bu muvaqqat bog'lanishlaming hosil bo'lish, mustahkamlanish va keyin jonlanish (tiklanish) jarayonidir. Esda qoladigan narsa xotira materialini, esda saqlanib turadigan va esga tushiriladigan narsa esa xotiraning mazmunini tashkil qiladi. Eng awal bevosita idrok qilingan narsa va hodisalar (uylar, ko'chalar, daraxtlar, hayvonlar va hoka'zolar)ning obrazlari esda olib qolinadi, saqlanib qoladi va esga tushadi. Ko'rgan badiiy surat va rasmlar, eshitgan musiqa kuylari, ashulalar va hoka'zolar esda qoladi Xotiraning ayrim jarayonlarini - esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish jarayonlarini ko'rib chiqaylik Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi. Biz hamisha bir narsa yoki hodisani idrok qilishimiz, biron narsa haqida o'ylashimiz singari hamisha biron narsa yoki hodisani esda olib qolamiz. Esda olib qolish jarayoni eng awal miya po'stida idrok qilinayotgan narsalarning-buyum, surat, so'z, fikr va hoka'zolarning «izlari» hosil bo'lishidan va ayni vaqtda esda olib qolinadigan material bilan kishida mavjud bilim va tajriba o'rtasida, esda qoladigan materialning ayrim qismlari yoki elementlari o'rtasida bog'lanish vujudga kelishidan iboratdir. Esda qolishning nerv-fiziologik asosi bosh miya po'stida yangi muvaqqat nerv bog'lanishlari hosil boiishidan iboratdir. Esda olib qolishning tezligi, to'laligi, aniqligi va mustahkamligi har xil boiishi mumkin. Esda qoldirishning bu sifatlari esga tushirishning tezligi, to'laligi va aniqligiga, shuningdek, nechog'li tez yoki sekin unutilishiga qarab aniqlanadi. Tez, to'la va aniq esga tushirish va tezda unutib qo'ymaslik esda qoldirishning eng yaxshi sifatlaridandir. Jumladan, unutishning tezligiga qarab, esda qoldirishning mustahkam bo'lish-bo'lmasligi aniqlanadi: puxta esda qolgan material sekin unutiladi yoki sira unutilmaydi. Shu sababli esda olib qolishning har xil sifati nimaga bog'liq degan savolning tug'ilishi tabiiydir. Xotiraning sifatini belgilovchi shartlarni bilish pedagogika uchun amaliy ahamiyatga ega, chunki bu shartlami bilganda, eng mustahkam va eng tez esda qoldirishga erishmoq uchun nimalar qilish va nimalami hisobga olish kerak ekani ma'lum bo'ladi. Turmushdagi kuzatishlar pedagogik amaliy va maxsus eksperimental tekshirishlar ko'rsatishicha, esda qoldirishning sifatlari - uning tezligi, to'laligi, aniqligi va puxtaligi, birinchidan, esda qoldirish xillariga, ikkinchidan, esda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1007.2 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1007.2 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 7 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga