Xotira, xotiraning nerv fiziologik asoslari Reja: Xotira haqida tushuncha Xotiraning nerv fiziologik aoslari Xotira jarayonlari va turlari 1. Xotira haqida tushuncha Xotira - biz ilgari idrok qilgan, boshdan kechirgan va bajargan ishlarimizni yodda saqlash, keyinchalik ularni eslash yoki xotirlash jarayoni. Xotira - shaxs psixik hayotini belgilab beruvchi xususiyat. Uning ahamiyati o'tmish voqealarini qayd etish bilan cheklanmaydi. Axir hozirgi zamondagi hech qanday harakatni jarayonlardan tashqarida tasavvur qilib bo'lmaydi; eng oddiy psixik aktning sodir bo'lishida har bir elementni keyingisiga bog'lash uchun esda saqlab qolish katta ahamiyatga ega. Bunday bog'lanishga layoqatsiz bo'lgan insonning rivojlanishi mumkin emas. Xotira Xotira individning o'z tajribasida esda olib qolishi, esda saqlashi va keyinchalik uni yana esga tushirishi xotira deb ataladi. Xotira haqidagi dastlabki ilmiy qarashlar Sharq mutafakkirlari va yunon faylasuflari (Aristotel va boshqalar) da uchraydi. Xususan, Forobiy Xotiraga bilishdagi aqliy jarayonning tarkibiy qismi sifatida qarab, Xotirani faqat insonga emas, hayvonga ham xos xususiyat ekanini alohida ta'kidlagan. SHunday qilib, xotira - bu inson tomonidan o'tmish tajribasini esda olib qolish, saqlash va keyinchalik eslashning psixik jarayoni 2. Xotiraning nerv fiziologik asoslari Xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po'stida hosil bo'ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bog'lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo'lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo'lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo'ladi. Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to'xtalar ekanmiz, so'nggi yillarda texnikaning g'oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo'lgan ehtiyoj benihoya ko'payib ketganligini ta'kidlash joiz. Bu o'z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o'rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o'zgarishi bilan bog'liq bo'lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko'ra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o'zgarishi bilan bog'liqdir. O'tkazilgan tekshirishlarga ko'ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o'zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo'lgan o'zgarish darrov o'tib ketadigan bo'lmay, ancha mustahkam bo'ladi. SHu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi. Xotira haqida nazariyalar Xotiraning ilk psixologik nazariyalaridan biri XVII asrda yuzaga kelgan, birinchi bo'lib XVII-XIX asrlarda Angliya va Germaniyada ishlab chiqilgan assotsiativ nazariya hisoblanadi. Ushbu nazariya asosida V osnove dannoy teorii lejit ponyatie assotsiatsiya - G. Ebbingauz, G. Myuller, A. Pilseker va boshqalar tomonidan ishlab chiqilgan psixikaning alohida noyob hodisalari o'rtasidagi aloqa tushunchasi yotadi. Bu nazariyaga asosan xotira o'xshashligi, ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:39:39
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
145.06 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:39 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
145.06 KB
Ko'rishlar soni
64 marta
Ko'chirishlar soni
5 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:11 ]
Arxiv ichida: pptx